APL klubi bazasi koronavirus tufayli yopildi
07 jan 2021 20:15
Yangiliklar
Manbaga ko'ra, klubda koronavirus bilan bog'liq holatlar keskin ortgani tufayli mashg'ulot bazasi yopib qo'yildi. Jamoa Angliya Kubogi 1/32 bosqichi doirasida 8 yanvar kuni “Liverpul”ga qarshi o'ynashi kerak edi.
“Aston Villa” bergan bayonot bo'yicha, COVID-19 uchun topshirilgan ilk test natijalaridan so'ng, futbolchilar va klub xodimlari orasida virusni ko'pchilik yuqtirgani malum bo'ldi. Ularni izolyaciyaga olishdi. Ikkinchi sinovdan so'ng esa yangi holatlar aniqlandi.
Klub shifokorlar, Angliya futbol associaciyasi va APL vakillari bilan muntazam aloqada.
Birmengemliklar chempionat 17-turidan keyin 26 ochko to'plagan holda 8-o'rinda bormoqda. Qayd etish joiz, jamoa hisobida 2 ta zaxira o'yini ham bor.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar