APL. Ilk 2 o'yinida eng ko'p gol urgan futbolchilar
19 avg 2019 19:15
Yangiliklar


APL. Ilk 2 o'yinida eng ko'p gol urgan futbolchilar
APL tarixida dastlabki ikki o'yinida qaysi futbolchi ko'proq gol urgani haqida malumot elon qilindi.
Bu borada Teemu Pukki birinchi o'rinda. Finlyandiyalik 29 yoshli hujumchi joriy mavsumda APLda debyut uchrashuvlarini o'tkazdi. Birinchi turda "Liverpul" darvozasini bir bor ishg'ol qilgan Pukki, ikkinchi turda "Nyukasl" darvozaboni Dubravkani 3 marta ranjitdi.
APLda dastlabki 2 o'yindan so'ng eng ko'p gol urgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing.
1. Teemu Pukki ("Norvich") - 4 ta gol
2. Alan SHirer ("Sautgempton") - 3 ta gol
Yurgen Klinsmann ("Tottenxem") - 3 ta gol
Fabricio Ravanelli ("Midlsbro") - 3 ta gol
Milan Barosh ("Liverpul") - 3 ta gol
Zlatan Ibragimovich ("Manchester Yunayted") - 3 ta gol
Yana 11 ta futbolchi... - 3 ta gol
O’xshash yangiliklar

Fikrlar