APL futbolchisi o'zi bilmagan holda 18+ saytga kirganini sezdirib qo'ydi
02 apr 2020 02:20
Yangiliklar


APL futbolchisi o'zi bilmagan holda 18+ saytga kirganini sezdirib qo'ydi
Buni Premer-liganing bosh audio-homiysi talkSPORT sezib qoldi.
Gap shundaki, hozirda barcha kabi uy karantinida bo'lgan “Norvich” sardori Timm Kloze instagram'dagi sahifasining “stories” bo'limiga rasm joylagan, unda o'z noutbuki orqali Netflix platformasidan multfilm tomosha qilayotgani aks etgan.
Ammo, futbolchi ehtiyotsizligi natijasida brauzeridan katta yoshlilar (18+) uchun mo'ljallangan saytning vkladkasini (yorlig'ini) o'chirishni unutdi va bu britaniyaliklar tomonidan kulgi ostida kutib olindi. Keyinroq, Kloze “stories”dagi rasmlarini olib tashlagan.
P.S. talkSPORT tomonidan berilgan original rasm bu erda, o'sha sayt nomini keltirmadik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar