So’nggi yangiliklar

20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  0 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  1 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  5 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  4 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  8 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  18 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  5 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0

APL. "Arsenal" mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi, Gabriel va Villiandan qoyilmaqom debyut! Yangiliklar

APL. "Arsenal" mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi, Gabriel va Villiandan qoyilmaqom debyut!

Angliya chempionati 1-turidan o'rin olgan dastlabki bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Fulxem – Arsenal 0:3 

"Kreyven Kottej"

Gollar: Lyakazett 9', Gabriel 49', Obameyang 57'

Fulxem – Rodak, Brayen, Odoi, Xektor, Rim, Onoma (Bobbi Rid, 75), Kebano (Zambo-Angissa, 63), Kerni, Rid, Kavaleyru, Kamara (Mitrovich, 63).

Zaxira: Areola, Kristi, Le Marshan, Nokar.  

Arsenal – Leno, Belerin, Gabriel, Xolding, Meytlend-Naylz, El-Nenni, Jaka (Sebalos, 79), Villian (Pepe, 75), Tirni, Obameyang, Lyakazett (Nketia, 87).

Zaxira: Meysi, Kolashinac, Uillok, Saka.

Ogohlantirishlar: Gektor (26), Obameyang (39), Belerin (55), Kerni (61).


O'yin yakunlandi. "Arsenal" APL yangi mavsumini chiroyli g'alaba bilan boshladi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!  

90+2. Mitrovich o'yin qoidasini buzdi. 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Pepe ajoyib xatti-harakatlari orqali burchak to'pi ishladi. 

89. "Arsenal" to'pni "Fulxem"ga umuman bermasdan o'zida saqlab turibdi.  

87. "Arsenal"da o'zgarish: Lyakazett o'rniga Nketia maydonga tushdi.  

84. Uux! Pepe juda xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi, Ammo himoyachilar to'pni qaytarishdi. 

84. "Arsenal" to'liq ustunlikk ega va "kanonirlar" oldinga intilmoqdalar. 

82. Yana o'sha Gektor Lyakazettni yiqitdi, jarima to'pi o'yinga kiritildi. 

81. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 47% - 53% 

79. "Arsenal"da o'zgarish: Jaka o'rniga Sebalos tushdi. 

78. Uuuxx! Belerinning ajoyib pasi Obameyangni darvozabon bilan birga*bir holatga olib chiqdi, u darvozabonni aldab o'tib, zarba berdi, ammo himoyachilar to'pni qaytarishdi. 

75. "Arsenal"da almashtirish: Villian o'rniga Pepe tushirildi. 

75. "Fulxem"da o'zgarish: Onoma o'rniga Bobbi Rid tushdi. 

74. Jaka jarohat olib, maydonda yotibdi, Gektor unga nisbatan qo'pol o'ynagandi.  Granit Jakaga tibby yordam ko'rsatildi. 

72. Gektor chap qanotdan oldinga borayotgan Obameyangni yiqitdi, jarima to'pi. 

71. Uuux! Qanday vaziyat!  Obameyangdan pas, Lyakazettdan zarba! Rodak to'pni qaytardi.  Ushbu vaziyatdan keyin ofsayd qayd etildi.  

69. Kerni Obameyangga nisatan qo'pollik ishlatdi, jarima. 

67. Zarba! Mitrovichning zarbasi Lenoga qiyinchilik tug'dirmadi. 

64. Obameyangdan pas, ammo Rodak darvozasidan chiqib kelib, to'pga o'z vaqtida ega chiqdi.

63. "Fulxem"da 2 ta o'zgarish: Kamara o'rniga Mitrovich, Kebano o'rniga Zambo-Angissa tushdi. 

61. Villianni yiqitgan Kerniga sariq kartochka ko'rsatildi. 

60. Belerinning yaxshi o'ylangan pasi yo'liga Rid to'g'anoq chiqdi.

59. Ektor Belerin raqib hujumini qaytarib qoldi.  

57. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Obameyang! Qanday ajoyib gol! "Asrenal" sardori hisobni 0:3 ko'rinishiga keltirdi! 

55. Belerin Kavaleyruga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

52. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 47% - 53% 

49. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!  Gabriel bosh bilan gol urdi!  Assistent - Villian. Ikki debyutant - ikki braziliyalikka shunchaki tasanno! 

49. Xolding himoyachi ekanligiga qaramasdan ajoyib harakatlarni amalga oshirdi va Lyakazettni oldinga boshladi, uning pasini himoyachilar qaytarishdi, burchak to'pi. 

47. Obameyang tezlik bilan raqib jarima maydoni ichiga kirib borib, pas berdi, ammo to'p himoyachilarga tegib qoldi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus!  

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

45. Kebano o'ng qanotdan hujumga o'tdi, Tirni uni yiqitdi va jarima to'pi belgilandi. 

42. "Arsenal" markaziy himoya chizig'i, yani Xolding-Gabriel jufligi ishonchli o'yin namoyish etmoqdalar.   

40. Uuuxx! Meytlend-Naylzning qanotdan uzatgan pasi xavfli chiqdi, ammo Lyakazett bu to'pga ulgurmadi. 

39. Obameyang Odoiga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirish oldi. 

38. Kebanodan uzatma, Tirni to'pni qaytardi. 

37. Zarba! Obameyang ijrosidagi zarbani Rodak qaytarib qola oldi. 

35. "Fulxem"da Odoi boshqalarga nisbatan ko'proq ajralib turibdi, 

33. Meytlend-Naylzdan ajoyib pas, biroq Lyakazett to'pga ulgarmadi. 

32. Tirni Lakazettga pas berdi, u esa Belerinni oldinga boshladi, oxir-oqibat to'p Villianga qadar etib keldi, uning uzatmasini himoyachilar qaytarishdi. 

31. Villian va Gabrielning debyuti chakki emas, har ikki braziliyalikning o'yini yuqori saviyada. 

30. "Arsenal" to'pni oldirib qo'ydi, "Fulxem" hujum tashkil etishga urinyapti. 

27. Uuuux! Villan ijrosidagi jarima zarbasi darvoza ustuniga tegdi.

26. Gektor Lyakazettga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi, jarima zarbasi. 

25. Villian qo'l bilan o'ynadi deb topildi va to'p endi "Fulxem"da. 

24. Onoma Jakani maydonga qulatdi, jarima zarbasi belgilandi.

22. Lyakazett Kerniga nisbatan qoidani buzdi, biroq o'zi jabrlandi, jarima to'pi. 

21. Zarba!  El-Nennining zarbasi himoyachiga tegib qaytdi, qaytgan to'pga Jaka zarba berdi, ammo noaniq. 

19. Brayen to'pni ichkariga uzatdi, Leno to'pni ilib oldi. 

17. Meytlend-Naylz Odoining yo'liga to'g'anoq bo'lib, "podkat" tashladi. Odoi ozroq lat edi. 

15. "To'pchilar" to'p nazoratini o'z qo'llariga olishgan. Tirni faol tarzda qanotdan hujumga intilmoqda.

12. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 54% - 46% 

10. Gol VARda ko'rildi va bosh hakam golni inobatga oldi. 

9. GOOOOOOOOOOOOOL! Lyakazett hisobni ochdi - 0:1! Villianning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni Aleksandr Lyakazett darvoza to'riga joylab qo'ydi. 

7. Zarba! Odoi zarba berdi, Leno o'z o'rnida!  

6. Bugun APLning eng yosh murabbiylari to'qnashuviga guvoh bo'lmoqdamiz. Ko'ramiz, ulardan qay biri ustun kelarkan. 

4. Gabriel markazda Kamarani yiqitdi. 

2. Kamara birga-bir holatga chiqib ketdi, yaxshi hamki, Leno o'z vaqtida darvozadan chiqib kelib, to'pga ega chiqdi.  

1. O'yin boshlandi! 

- Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. 

Villian bugun "Arsenal" safida rasmiy o'yindagi debyutini o'tkazadi 

O'yinoldi suratlar

O'yin Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun "Fulxem" - "Arsenal" o'yini bilan Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi start oladi. Uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика