So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  0 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  7 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  818 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

APL. "Everton" – "Liverpul", "Man Siti" – "Arsenal” va boshqa bahslar uchun prevyu Yangiliklar

APL. "Everton" – "Liverpul", "Man Siti" – "Arsenal” va boshqa bahslar uchun prevyu

Teglar :  Prevyu APL
Bugun Angliya chempionatida 5-turga start beriladi.

Nihoyat, terma jamoalar o'yinlari tugadi va APL yana biz bilan!

Beshinchi tur 3 kun davom etadi va har kuni eng zo'r to'qnashuvlardan bir nechtasi o'tkaziladi.

Uning prevyusiga o'tishdan avval, to'rtinchi tur voqealarini xotirlaymiz: 

Birinchi kun "CHelsi" va "Everton" o'z uchrashuvlarida g'alaba qozonishdi, "Sautgempton" umuman ojiz "Vest Bromvich"ni mag'lub etdi va "Lids" "Manchester Siti" bilan durang o'ynadi.

Ikkinchi kun hayratlanarliroq kechdi. "Tottenxem" "Manchester Yunayted"ni mehmonda 6:1 hisobida tor-mor etdi, "Vest Xem" safarda "Lester"ni uyatga qo'ydi – 3:0 (g'alaba). Barchani aqldan ozdirgan o'yin "Aston Villa" – "Liverpul" o'yini bo'ldi: 7:2. Dahshat!  Xullas, bularning barini unutishning iloji yo'q. Demak, "keyingi bekat" – beshinchi tur!

Turning asosiy intrigalari

Beylning qaytishi

Garet Beyl "Tottenxem"ga qaytdi – bu g'alabami yoki nostaljik utopiya? Bu savolga hali bizda javob yo'q. Taxminchilar uelslik futbolchining bir yildan ko'proq vaqtdan beri futbol o'ynashdan voz kechib, boshqa sport turini afzal ko'rganiga ishora qilmoqdalar. Qarama-qarshi tomon esa futbolchi o'zining yulduzli onlariga qaytishiga ishonyapti.

"Tottenxem"dagilar Beyl albatta, ikkinchi yoshligini o'tkazadi, degan fikrda. Londonlik insayderlarning fikriga ko'ra, klub o'yinchining mashg'ulot jarayonidagi ishtiyoqidan mamnun.

Har qanday holatda ham barcha javoblarni futbol maydonidagi "chiqish" ko'rsatib beradi. Mourinyu Beyl yakshanba kuni "Tottenxem" safida debyut qiladimi yoki yo'qmi degan savolga noaniqroq bo'lsa-da, javob berdi. 

"Ha, ehtimol bu yakshanba kuni sodir bo'lishi mumkin, agar unday bo'lmasa, unda payshanba kuni", – dedi portugaliyalik Evropa Ligasi doirasidagi LASKga qarshi o'yinga ishora qilib.

"Manchester Siti" g'alabalar "tami"ni eslaydimi?

Gvardiola jamoalari Rojersning "Lester" jamoasi tarixiy yutuqni qo'lga kiritmaguncha, hech bir ligada bitta o'yinda beshta gol o'tkazib yubormagan. "Lids"ga qarshi o'yin ijobiy o'tmadi, bu o'yinda ham, natijada ham to'liq aks etdi. Pep jamoasi "Arsenal"ga qarshi o'yinda APLning ketma-ket uchinchi o'yinida g'alabasiz qolish xavfi bor va bunday natijaning ehtimoli juda katta. Gvardiolaning aytishicha, Kevin de Bryuyne va Gabriel Jezus maydonga tushmaydi. Serxio Aguero o'zining ushbu mavsumdagi birinchi uchrashuvini o'tkazishi so'roq ostida qolmoqda.

Gvardiola bitta muammoli poziciyadagi "teshik"ni yopishi bilanoq, boshqasida yangi "tuynuk" paydo bo'ladiganga o'xshaydi. Ular mudofaa uchun juda katta miqdordagi mablag'ni sarfladilar va shundan so'ng hujumda inqiroz boshlandi. Va hatto dunyodagi eng boy futbol klublaridan biri ham bu muammoni ichki resurslar yordamida hal qila olmayapti. Agar "Manchester Siti" ochko yo'qotishda davom etsa, hayron bo'lmang. 

"Lids" – "Vulverxempton" uchrashuvi

"Lids" o'zini Premer-liganing yangi azosi sifatida tutmayapti. Minimal vazifani bajarib,  shunchaki yuqori ligada o'z o'rnini saqlab qolish?  Yo'q, bu Marselo Belsaga tegishli emas. 

Belsa shogirdlari "Liverpul" bilan hazilakamiga kurash olib borishmadi (3:4), "Fulxem" bilan "otishma" sodir bo'ldi (4:3), "SHeffild Yunayted"ni engishdi (1:0) va mo'jiza tufayli "Man Siti"dan g'alabani tortib olishmadi (1:1). Natijada hozir 7 ochko bilan sakkizinchi o'rinda borishmoqda.

"Vulverxempton" o'zining beqarorligi bilan ajablantirmoqda. "Bo'rilar" ikkita g'alaba va shuncha mag'lubiyat bilan muvozanatni saqlab turishibdi. Nunu Eshpiritu Santu hozircha ushbu ko'rsatkichlarni bir tarafga og'dirishga muvaffaq bo'lmadi. "Lids"ga tashrif esa vaziyatni yaxshilash uchun eng yaxshi vaqt emas.

"Man Siti" – "Arsenal" va "Everton" – "Liverpul" kabi uchrashuvlar fonida "Lids" – "Vulverxempton" to'qnashuvi biroz "xira" ko'rinadi, ammo ishoning, bu alohida etiborga loyiq uchrashuvdir.

1:6 va 2:7 dan keyin nima gaplar?

Biz "Liverpul" haqida alohida gaplashsak bo'ladi, ammo Kloppning "Aston Villa" bilan o'yindan keyin aytgan so'zlariga etibor bermaslik mumkin emas. Nemis mag'lubiyatdan keyingi kechada unga oson bo'lmaganligini tan oldi.

Ertalab u futbolchilar bilan gaplashishi kerakligini tushundi va ularga xabar yozdi.

"SHundan so'nggina men o'zimni ancha yaxshi his qildim, endi faqat oldinga borishimiz kerak. Biz buni engib o'tish uchun etarli vaqtga egamiz. Albatta, hech qachon yutqazishni xohlamaysiz, ayniqsa, 2:7 hisobida yutqazgandan so'ng, siz o'zingizni yanada yomonroq his qilasiz, lekin bazida bu foydali bo'lishi mumkin va biz shunday ekanligini tasdiqlab, isbotlashimiz kerak" – Yurgen Klopp.

So'nggi yillarda "Liverpul"da ishlar shunchalik yaxshi ketyaptiki, "Aston Villa"dan uchralgan 2-7 hisobidagi mag'lubiyat tasodifga o'xshaydi. "Tottenxem"ga 1-6 hisobida yutqazgan "Manchester Yunayted" klubiga esa bu doimiy inqirozining bir qismi sifatida qaralmoqda.

Sulsherni tanqid qilish har bir chegarani yorib o'tib ketadi. "Nega keksa Kavani sotib olindi?", "Maguayr yana muammoga duch kelib, Angliya zarariga yarim soat ichida ikkita sariq kartochka ishlab oldi", "norvegiyalik murabbiy va Brunu Fernandesh o'rtasidagi munosabat yaxshi emas" va hokazo.

Yuqoridagi yozuvlarning barchasi shuni ko'rsatadiki, MYUda hali hammasi yaxshi emas. "Nyukasl" bilan o'yinda mankunianlarning ishonchli g'alabasiga ishonib bo'lmaydi.

"Everton" – "Liverpul" (17.10 16:30)

"Everton" har doimgidan va "Liverpul"danda yaxshi holatda. Tabiiyki, "Liverpul"ning "qoqilishi" jamoaning chuqur inqirozi haqida o'ylashga majbur qila olmaydi, biroq himoyadagi muammolar... CHempionlar iyundagi chempionat restartidan beri o'z darvozalaridan 23 ta to'p olib chiqishdi. Xuddi shuncha muddatda Premer-liga klublari orasida faqat ikkita jamoa ko'proq gol o'tkazib yubordi – "Kristal Pelas" (25 ta) va "Brayton" (24 ta).

SHu bilan birga, "Everton" "Tottenxem" va "Lester" qatori mavsum boshidan buyon APLda eng ko'p gol urdilar. Ehtimol, "irislar" o'tgan o'n yil ichida birinchi marta derbida g'alaba qozonish uchun eng yaxshi holatda turishibdi.

"CHelsi" – "Sautgempton" (17.10 19:00)

Oktyabr oyi boshida Kepadan futbol maydonidagi o'z o'rnini yo'qotishiga qanday toqat qilmoqchi ekanligi haqida so'rashdi. Ispaniyalik diplomatik tarzda u adolatli raqobatga tayyorligi va o'z maqsadiga erishishini takidladi. Bir kun o'tib, Eduard Mendi jarohat oldi. Tasodifmi? 

Senegallik darvozabon terma jamoa ixtiyoridan jarohat olib qaytdi va endi bir necha hafta davomida tiklanib boradi. Lempard Ziesh va Pulishichning oxirigacha tiklanishini kutib turgan bir paytda, unda yangi muammolar paydo bo'ldi. Mendidan tashqari CHiluell termadan jarohat olib qaytdi. Tiago Silva ham yomon holatda etib keldi. Londonliklar murabbiyi N'Golo Kanteni do'stining to'yiga qo'yib yubormadi. Matbuot darhol bu haqda yozishni boshladi – "francuz klubni tark etadi, u murabbiy bilan ziddiyatga borgan". Franciyalik yarim himoyachi, albatta, ziddiyatli odamlardan biri emas va shunga qaramay, muhit yoqimsiz bo'lib qoldi. Lempard barcha yo'qotishlarni hisobga olgan holda kimni asosiy tarkibda maydonga tushirish haqida o'ylashi kerak. 

"Sautgempton" tanaffus paytida tarkibni Teo Uolkott bilan kuchaytirishga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, franciyalik yarim himoyachi Ibragim Diallo ham jalb qilindi.

Malumot uchun, "CHelsi" "Sautgempton"ni so'nggi o'nta o'yindan ettitasida mag'lub etgan.

"Manchester Siti" – "Arsenal" (17.10 21:30)

"Manchester Siti"ning kadrlar bilan bog'liq asosiy muammolarini aytib o'tgan edik. "Arsenal"ning jarohat olgan "armiyasi" hali ham bo'sh emas – Mari, Mustafi, Martinelli, CHembers va Smit-Rou o'yindan tashqari holatda. "Kanonirlar"da Obameyang haqida xavotir bor edi, chunki u terma jamoaning ixtiyorida engil jarohat oldi. Ammo hammasi iziga tushdi va gabonlik allaqachon jamoa bilan mashg'ulot o'tkazgan. 

Londonliklar bilan bog'liq asosiy intriga — bu Partining debyut qilish-qilmasligi. Yarim himoyachi uzoq vaqtdan keyin qatiyat bilan "to'pchi"ga aylandi. Barcha ixlosmandlar yarim himoyachini Premer-liga doirasidagi bahsda ko'rishni kutib o'tirishibdi. "Arsenal" so'nggi uchrashuvda "Man Siti"ni mag'lub etdi, biroq bu Angliya kubogi edi. CHempionat – bu butunlay boshqa masala. "Kanonirlar" APLda ketma-ket 6 ta uchrashuvda "shaharliklar"ga yutqazishgan. So'nggi g'alaba besh yil oldin sodir bo'lgan.

Balki "Manchester Siti"ning hujumdagi muammolari va Arteta boshchiligidagi "Arsenal"ning o'yin darajasi oshganini hisobga olib, mehmonlardan qandaydir ishonchli natija kutsak bo'ladi. Xullas, burchasini o'yin ko'rsatadi, kutamiz.

"Nyukasl" – "Manchester Yunayted" (17.10 23:59)

Stiv Bryus o'yindan oldin "Manchester Yunayted" bilan xohlagan paytda uchrashishni istashini, ammo "Tottenxem" bilan mag'lubiyatdan keyin buni xohlamasligini aytib o'tdi. Murabbiyining so'zlarida mantiq bor, chunki top-klublar yuzlariga "tarsaki" qabul qilib olganlaridan keyin o'zlarini muxlislar oldida oqlashga astoydil intilishadi. Balki xalqaro o'yinlardan so'ng qasos olish hissi susaygandir va kadrlar bilan bog'liq muammolar mavjudligini inobatga olmasa, "Nyukasl"da imkoniyat bor. Longstaff, Klark va Dammett o'ynashga tayyor, ammo Sent-Maksimen, Yedlin, Lassels va Lyuis shubha ostida. "Manchester Yunayted" ham etarlicha nyuanslarga ega. Tellesda debyut qilish imkoniyati mavjud. Hali ham karantinda bo'lib turgan Kavani esa o'ynamaydi. Marsyal diskvalifikaciya tufayli ishtirok etmaydi, Maguayrning maydonga tushishi nomalum masala.

"Nyukasl" "Manchester Yunayted"ni o'z uyida mag'lub etishni o'rgandi. Ularning so'nggi uchta uyinidan ikkitasi mezbonlar foydasiga bo'ldi. Mehmonlar yana ochko yo'qotishsa ajablanmaymiz.

"Tottenxem" – "Vest Xem" (18.10 20:30)

"Tottenxem" Beylning debyutini kutmoqda, "Vest Xem" esa so'nggi lahzada "Brentford"dan Said Benraxmni transfer qildi. Hozircha faqat ijaraga va o'yindan bir kun oldin. So'nggi turda ikki jamoa ham barchani ajablantirdi. "Vest Xem" o'tgan mavsum turnir jadvalida yuqori pog'onalarni egallagan klublarni "g'ajib tashlamoqda". Ular dastlab, "Vulverxempton"ni (4:0), so'ngra "Lester"ni mag'lub etishdi (3:0).

"Tottenxem" birinchi turda "Everton"ga yutqazgandan beri mag'lub bo'lmadi. "Vest Xem" ham o'z vaziyatini o'nglab oldi – jamoalar turnir jadvalida bir ochkolik farqqa ega.

Mourinyu Dayerdan foydalana olmasa kerak, uning o'rniga Tobi maydonga tushishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Lo CHelso va Bergveynning ishtiroki ham shubha ostida. "Vest Xem"da katta yo'qotish yo'q.

"Tottenxem" "Vest Xem"ga qarshi oxirgi 10 ta uchrashuvidan atigi 5 tasida g'alaba qozongan. Hozirgi kunda Keyn, Beyl va Son sog'-salomat va ular g'alabani tashkil etishga qodirlar.


SHuningdek, ushbu turda quyidagi o'yinlar bo'lib o'tadi: 

18.10 16:00 "SHeffild Yunayted" – "Fulxem"  

18.10 18:00 "Kristal Pelas" – "Brayton" 

18.10 23:15 "Lester " – "Aston Villa"

19.10 21:30 "Vest Bromvich" – "Byornli"

19.10 23:59 "Lids " – "Vulverxempton"


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Eplmanager.com. Bugun "League #10" sovrinli ligasi start oladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика