So’nggi yangiliklar

11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  1 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  6 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  3 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  11 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  18 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  15 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13

APL. CHempion startga chiqadi, Runi eski uyiga qaytdi, Gvardiola shogirdlari debyutantga "apperkot" beradimi? (Prevyu) Yangiliklar

APL. CHempion startga chiqadi, Runi eski uyiga qaytdi, Gvardiola shogirdlari debyutantga "apperkot" beradimi? (Prevyu)

Teglar :  APLPrevyu
Bugun APLda 1-tur davom ettiriladi. Championat.asia sayti xodimi Tolibjon Qosimovdan Premer-liga o'yinlariga bag'ishlangan prevyularni o'qishda davom eting.

Kecha tunda APL katta jo'shqinlik bilan kirib keldi. "Arsenal" va "Lester" jamoalari muxlislarga super tomoshabop o'yin namoyish etib berishdi. Bugun esa dastlabki tur bellashuvlari davom ettiriladi. Quyida bugungi kundan o'rin olgan o'yinlarga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz. Eslatib o'tamiz, "Uotford" – "Liverpul" to'qnashuviga yozilgan prevyuni saytimiz orqali oldinroq o'qigan edingiz.

APL, 1-tur
"CHelsi" – "Bernli"

12.08.2017, 19:00
"Stemford Brij"
Bosh hakam:
Kreyg Pouson (London)

Tumanli albionning amaldagi chempionlari yangi mavsumni uyda kamtar "Bernli"ga qarshi bahs bilan boshlashadi. Antonio Konte yozda himoyada raqobatni vujudga keltirish uchun "Roma"dan Antonio Ryudigerni olib keldi. Bundan tashqari, "Borussiya" (Myunxengladbax) safida ijarada o'ynagan Andreas Kristensen qaytdi. Hozircha, Ryudiger asosiy himoyachilarga raqobatda yutqazmoqda. Begovich o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun "Bornmut"ga o'tib ketgach, uning o'rniga zaxira kiperi sifatida Villi Kabalero sotib olindi. Tayanch va markaziy yarim himoyada o'ynay oladigan Temua Bakayoko ("Monako"dan olindi) ham "ko'klar"ni kuchaytirishi mumkin. Lekin, Temuaga Kontening o'yin uslubiga moslashib olishi uchun vaqt kerak. "Aristokratlar"ning asosiy xaridi "Real" forvardi Alvaro Morata bo'ldi. Bir oyog'i bilan MYUga o'tib bo'lgan Alvaro so'nggi pallada Madridda qoldi. "Qizil iblislar" uning o'rniga Romelu Lukakuni sotib olishdi. O'z navbatida, Lukakuni Mourga berib qo'ygan Konte nima qilib bo'lsada Morataning sotib olinishiga erishdi. Hozircha, ispaniyalik hujumchi asosiy tarkibga kirib olganicha yo'q. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

"Bernli" o'tgan yil uy o'yinlaridagi ijobiy natijalari bilan ko'pchilikning etiborini tortgan edi. SHon Daych shogirdlari uyda hatto chempion bo'lgan "CHelsi"dan ham ochko tortib olishgan edi. Lekin, safardagi o'ta muvaffaqiyatsiz o'yinlar va "Bernli" mavsumni 16-pog'onada yakunlagan edi. Aynan uydagi natijalar sabab APLning 2016-2017 yilgi o'yinlariga bag'ishlangan prevyularimizda "Terf Mur mo'jizasi" iborasini bot-bot ishlatgan edik. Rasmiy o'yinlar oldidan asosiy hujumchisi Andre Greyni "Uotford"ga sotib yuborgan "Bernli" bu yil ham uy o'yinlarida hammani ajablantiradimi yoki yo'q? Buni endi vaqt ko'rsatadi.

Antonio Konte o'tgan mavsum "Arsenal"dan 0:3 hisobida qaqshatqich mag'lubiyat qabul qilib olganidan keyin umuman tavakkal qarorlar chiqarmadi. Hatto, o'rtamiyona klublarga qarshi hisobda oldinda borayotganida ham 2-bo'limda zaxiradan himoyachilarni tushirib boraverdi va yakunda chempion bo'ldi. Bu yil vaziyat yanada murakkablashadi. Sababi, raqobatchilarning deyarli hammasi tarkibni ancha kuchaytirib olishdi.



"Kristal Pelas" – "Xaddersfild"
12.08.2017, 19:00
"Selxerst Park"
Bosh hakam:
Jonatan Moss (Yorkshir)

Bir yil oldin turnir jadvalida xavfli zonaga tushib ketgan "Kristal Pelas"ni Sem Ellardays qabul qilib oldi va jamoani 14-o'ringa olib chiqdi. Katta Sem quyiga sho'ng'ib ketayotgan jamoalarni botqoqdan olib chiqish bo'yicha mutaxassis desak ham bo'ladi. Yangi mavsumda "Pelas" yana o'sha ikkinchi o'ntalikdan joy olsa kerak.

"Xaddersfild" esa Premer-ligaga o'tish o'yinida afsonaviy Yap Stam boshqaruvidagi "Reding"ni taslim etib elitaga chiqqan. Bu jamoa yaxshi tanish emas. Bu narsa esa raqiblarga ham muammo tug'dirib qo'yishi mumkin.


"Everton" – "Stok Siti"
12.08.2017, 19:00
"Gudison Park"
Bosh hakam:
Nil Suorbrik (Lankashir)

Ingliz klublari orasida yozgi transfer oynasida eng faollardan bo'lgan "Everton" uyda "Stok Siti"ni qabul qiladi. "Irislar"ikkita jiddiy yo'qotishga duch kelishdi. Lukaku MYUga, Deulofeu esa "Barselona"ga ketdi. Lekin, Ronald Kuman ularning o'rnini bosadigan futbolchilarni olib keldi. Pikford darvozaga, Maykl Kin himoyaga, Devi Klaasen yarim himoyaga, Ueyn Runi, Sandro Ramires va Genri Onekur hujumga olindi. Bundan tashqari, "Suonsi" etakchisi Gulfi Sigurdsson uchun kurash davom etmoqda. Bu yil liverpulliklar oldilariga kamida ECHL yo'llanmasini vazifa qilib qo'yishgan bo'lsa kerak. Har holda tarkib bunga imkon beradi.

"Stok Siti" bu yil ikki nafar asosiy hujumchisini sotib yubordi. Jonatan Uolters "Bernli"ga, Marko Arnautovich esa "Vest Xem"ga yo'l oldi. Ularning o'rniga "SHalke-04"dan Erik-Maksim CHupo-Moting xarid qilindi. Jo Allen etakchiligidagi "Stok" o'rtamiyona nomini saqlab qolsa kerak.



"Sautgempton" – "Suonsi"
12.08.2017, 19:00
"Sent-Meris"
Bosh hakam:
Maykl Jons (CHester)



"Vest Bromvich" – "Bornmut"
12.08.2017, 19:00
"Xautorns"
Bosh hakam:
Robert Medli (Yorkshir)



"Brayton" – "Manchester Siti"
12.08.2017, 21:30
"Falmer"
Bosh hakam:
Maykl Oliver (Nortumberlend)

"Brayton" oldingi yil uzoq vaqt mobaynida CHempionshipda karvonboshilik qildi. Lekin, hal qiluvchi pallaga kelganda "Nyukasl" ulardan o'tib ketdi. Jamoaning asosiy yulduzlari Glen Marrey va Antoni Nokaer. Bugun "Siti" tezkor gol urib olsa, unda "Brayton"ga havas qilib bo'lmaydi. Agar mezbonlar himoyani ushlay olishsa unda juda kuchli raqibni biroz qiynab qo'yishlari mumkin.

Yozda eng jiddiy transferlarni amalga oshirgan "Manchester Siti" yangi mavsumda chempionlik uchun asosiy favoritlardan biriga aylanishi turgan gap. Gvardiola istagan o'yinchilar jamoaga olib kelindi. Dunyoning eng qimmat darvozaboni Ederson va himoyachisi Benjamin Mendi "Siti"ga o'tdi, hujumkor yarim himoyachi Bernardu Silva "Monako"dan sotib olindi. O'ng qanot himoyaga esa birdaniga ikki nafar o'yinchi sotib olindi. "Tottenxem"dan Kayl Uoker va "Real"dan Danilo keldi. Gvardiola shuncha transferlardan keyin nimadir yutishi kerak. Sarflangan juda katta mablag' sovrin bilan yuvilmasa muxlislar norozi bo'lishi tabiiy. Yangi mavsum "shaharliklar" hujumida Gabriel Jezus asosiy figura bo'ladi. Braziliyalik buni o'tgan mavsum ikkinchi qismida ko'rsatib qo'ygan edi.



Eplmanager.com: Barcha bilishi shart bo'lgan o'zgarishlar haqida malumot


Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика