So’nggi yangiliklar

02:30Европа лигаси. "Рома" дуранг ўйнади, "Аякс"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  5 02:07Расман: Машарипов клуби бош мураббийсиз қол(а)ди  0 01:18Рой Кин: "Арсенал" кичик жамоа каби ўйнади"  1 00:43Эрик тен Хаг муаммо нимадалигини айтди  5 00:26Европа лигаси. "Тоттенхэм" - "Қорабоғ" баҳси кеч бошланиши сабаби маълум бўлди  0 00:05Европа лигаси. Моуринью жамоаси ғалаба билан бошлади  0 23:50Марокаш терма жамоаси дарвозабони: "Бразилияни мағлуб этиш учун боримизни берамиз"   0 23:38Иван Бошкович: “Сафарда кучли рақибни мағлуб этиш ёқимли, лекин майдон ҳолати ўйин сифатига таъсир кўрсатди”  3 23:20Сергей Лушчан: “Мухлислардан узр сўрайман. Финал олдидан бугун антифутбол ўйнадик”  6 23:11Амалдаги жаҳон чемпионлари Андижондан уйига равона қилинган учрашувнинг энг ҳиссиётли ГАЛЕРЕЯСИ  0 23:02Қозоғистон футзал термаси устози: "Португалия жарима майдончамиз томонда кўплаб ҳужумлар уюштиришини ва бунга сабр қилишимиз кераклигини билардик"  0 22:45АПЛ ярим автоматик оффсайд аниқлаш тизими борасида бир қарорга кела олмаяпти  0 22:13"Милан" ва Тео келиша олмаяпти  1 21:50Футзал бўйича ЖЧ. Қозоғистонликлар келди! Игита етакчилигидаги терма жамоа амалдаги ЖЧ ғолибининг кунини кўрсатди!  15 21:44Февзи Давлетов: “Қизил карточка ўйиннинг боришига таъсир кўрсатди”  4

APL. "CHelsi" o'z maydonida yirik g'alabaga erishdi, Zieshdan 2 ta assist Yangiliklar

APL. "CHelsi" o'z maydonida yirik g'alabaga erishdi, Zieshdan 2 ta assist

Angliya chempionati 8-turidan o'rin olgan uchrashuv matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


CHelsi – SHeffild Yunayted 4:1 

«Stemford Brij»

Gollar: Abraxam 24', CHiluell 35', Tiago Silva 77', Verner 80' - Makgoldrik 9'

CHelsi – Mendi, Jeyms, Zuma, CHiluell, Tiago Silva, Kovachich (Jorjino, 71), Maunt, Kante, Ziesh, Verner (Jiru, 87), Abraxam.

SHeffild Yunayted – Remsdeyl, Lou, Stivens, Bashem, Boldok, Landstrem, Berge, Norvud (Osborn, 63), Igan, Makgoldrik, Bryuster (Makberni, 63).

Ogohlantirishlar: Igan (37), Berge (75).


Bahs yakunlandi. "CHelsi" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz!  Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+1. Zarba!  Mauntning zarbasi Remsdeyl tomonidan qiyinchilik bilan qaytarildi. 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

88. Mehmonlar ketma-ket 2 ta burchak to'piga ega bo'ldi, ammo bu shunchaki statistikaga yozildi, xolos va jamoaga naf keltirmadi.  

87. "CHelsi"da almashtirish: Verner o'rniga Jiru o'yinni davom ettiradi.  

84. Makgoldrik chap qanotda o'yinda ekanligini eslatib qo'ydi. Irlandiyalik forvard Jeyms va Silva bilan kurashda hech bo'lmasa "aut" ishlashga urindi, ammo "CHelsi" sardori bunga rozi bo'lmadi.

82. Meyson Maunt Bergega nisbatan qo'pollik ishlatdi.

80. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL! Verner!  4:1!  Timo birga-bir holatdan unumli foydalandi. 

77. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL! Tiago Silva! 3:1!  Zieshning jarimadan uzatgan pasidan keyin Tiago Silva bosh bilan raqib darvozasiga to'p kiritdi.

75. Kantega nisbatan qoidani bazgan Berge ogohlantirildi. 

73. Londonliklar yana bir gol urishsa, o'yinda barchasi hal bo'ladi, ammo shu bilan bir qatorda mehmonlar hali taslim bo'lgilari yo'q.

71. "CHelsi"da o'zgarish: Kovachich o'rniga Jorjino tushdi. 

70. Hakam o'yinni to'xtatdi, Kovachich jarohat olgani bois maydonda yotibdi. Uni Jorjino almashtirish kutilmoqda. 

69. Zieshning pasidan so'ng Maunt zarba berdi, ammo to'p darvozaga qadar etib bormadi va himoyachilarga tegdi. 

66. Zarba! Uuux!  Kovachichning 18 metrdan yo'llagan zarbasi o'tkir burchakka yo'naltirildi, sal noaniq. 

64. Zarba!  Jeymsning jarima to'pidan yo'llagan zarbasi kuchli chiqdi, biroq raqib posboni Remsdeyl qaytara oldi.   

63. "SHeffild YU"da 2 ta o'zgarish: Norvud o'rniga Osborn, Bryuster o'rniga Makberni tushirildi.  

60. Stivens qaytdi, hammasi joyida. 

59. Jarohat olib maydonda yotgan Stivensga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

58. "CHelsi" burcha to'pini amalga oshirdi, birin-ketin zarba yo'llandi, oxirgi zarbani Abraxam berdi, biroq zarba himoyachilar tomonidan "bloklab qo'yildi". 

57. Zarba!  Zieshning aylantirma zarbasi yo'liga Igan to'g'anoq bo'lib, to'p maydon tashqarisiga yo'l olishiga sababchi bo'ldi. 

54. Ris Jeyms Bryusterdagi to'pni olib qo'ydi, London klubi maydon markazida to'p bilan muomala qilish bo'yicha "master klass" ko'rsatib beryapti.

53. Zuma markazda Bryusterga nisbatan qoidani buzdi, Norvud jarimadan tepgan to'p bo'sh tribuna tomon uchdi. 

51. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 68% - 32%

49. "Ko'klar" o'yinga kiritgan burcha to'pi samara keltirmadi.

47. Landstrem Makgoldrik tomon yaxshi pas berdi. Irlandga esa bu vaziyatda tezlik etishmadi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 2:1. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

45. "CHelsi" futbolchilari o'z jarima maydonlari tarafda to'p bilan muomala qilishyapti, ammo Frenk Lempard bunga qarshi va shogirdlarini faol tarzda oldinga borishga chaqirmoqda. 

43. Zarbaaa!  Landstremning chap oyoqda yo'llagan zarbasini dastlab ilib olomagan Mendi, ikkinchi urinishda ushlab oldi. 

41. O'yinda birinchi marta Lou Ris Jeymsga tezlik bo'yicha yutqazmadi. Natijada "SHeffild YU" himoyachisi "podkat" orqali Jeymsdagi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

39. Uuuxx! CHiluellning qaltis ko'rinish olgan, yani darvozaning o'tkir burchagi tomon ketayotgan to'pni Remsdeyl urib yubordi. 

37. Qarshi hujumga o'tib ketayotgan Timo Vernerni yiqitgan Igan sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

35. GOOOOOOOOOOOOOOOLL!  CHiluell!  2:1!   Zieshning ajoyib uzatmasidan so'ng CHiluell to'pni darvozaga joylab qo'ydi. 

34. Jeymsning ichkariga oshirgan uzatmasini Remsdeyl maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, burchak zarbasi. 

31. Uuuxx! Vernerning kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. 

28. Ris Jeyms Louni ortda qoldirib, Abraxamga to'pni oshirishga kirishdi, ammo angliyalik hujumchini Stivens so'nggi soniyada quvib o'tishga erishdi.

26. Mehmonlar jarima to'piga ega bo'lishdi, uni Norvud ijro etdi, ichkariga oshirilgan uzatmadan keyin Igan Tiago Silvaga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

24. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL! Abraxam hicobni tenglashtirdi – 1:1!  Kovachichning qulay pasidan keyin Abraxam taxminan 12 metrdan darvozani ishg'ol etdi.   

22. Zarba!  Maks Louning olis mafsoadan bergan zarbasini Mendi ushlab oldi. 

19. Ziesh bu gal CHiluellning tezligiga ishonib yaxgshi uzatma qayd etdi, biroq bu uchun CHiluell bir necha 10 sekund oldin harakatni boshlashi lozim edi. 

18. "CHelsi"ning kombinacion o'yini Zieshning tushunarsiz uzatmasi bilan yakun topdi. 

16. Zarba!  Mauntning uzatmaga o'xshash zarbasi Remsdeylga etib keldi, u hech bir qiyinchiliksiz to'pni ilib oldi. 

13. Zarba!  Abraxam bir nechta muvaffaqiyatli harakatdan so'ng zarba berdi, lekin ancha kuchsiz chiqdi, to'p Remsdeylda. 

11. Oliver Norvudning havolatib uzatgan pasini Eduar Mendi ushlab oldi. 

9. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!  Makgoldrik!  0:1!  Dastlab Berge zarba yo'lladi, to'p yo'l-yo'lakay Makgoldrikka tegdi va darvozadan joy oldi, bu vaziyatda Makgoldrikning harakatini alohida etirof etish joiz. 

7. Verner CHiluell tomon bosh bilan pas berdi, biroq Ben ofsaydda ekanligi malum qilindi.  

5. Xavfli vaziyat!  O'ynindagi ilk xavfli holat. CHiluellning chamasi 7 metrdan yo'llagan zarbasini Remsdeyl qaytarib, jamoasini qutqardi. 

4. Bir nechta paslardan keyin to'p Ris Jeymsga qadar etib keldi. "CHelsi" himoyachisining zarbasi yo'liga Lou to'g'anoq bo'ldi, "aut".

2. Uchrashuvdagi dastlabki hujumni mehmonlar amalga oshirishdi, to'p oldirilgach, Norvud Timo Vernerni yiqitishga majbur bo'ldi.

2. Frenk Lempardning kayfiyati alo, uning hamkasbi Kris Uaylderda esa aksincha, chunki uning jamoasi "Byornli" bilan durang o'ynagach, oxirgi o'rinda boryapti.

1. O'yin boshlandi! 

- Maxsus marosimlar o'tkazilmoqda.

- Futbolchilar yashil maydonga tushib kelishdi. 

Stadion o'yinga shay holatda 

Kiyinish xonasidan suratlar

- Bahs Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun APL 8-turida "CHelsi" – "SHeffild Yunayted" o'yini guvohiga aylanamiz. O'yinni yaqin 2 soat ichida siz bilan birga kuzatib boramiz. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика