APL. “CHelsi” safarda irodali g'alabaga erishdi va 4-o'rinni mustahkamlab oldi
21 iyu 2020 22:15
Yangiliklar


APL. “CHelsi” safarda irodali g'alabaga erishdi va 4-o'rinni mustahkamlab oldi
Uchrashuvda hisob ilk taym oxirlarida mezbonlar himoyachisi Kornti Xos tomonidan ochildi. 60-daqiqada Kristian Pulishich oradagi farqni tiklagan bo'lsa, biroz o'tib Olive Jiru raqib darvozasini ishg'ol etib, muvozanatni “aristokratlar” tomoniga og'dirdi. Ikkala golda ham pasni o'z hisobiga Sesar Aspilikueta yozdirgan. SHu tariqa, o'yin mehmonlarning irodali 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi.
Aston Villa – CHelsi 1:2 (1:0, 0:2)
«Villa Park»
Gollar: 1:0 – 43 Xoz, 1:1 – 60 Pulishich, 1:2 – 62 Jiru.
Aston Villa – Nyuland, Konsa, Mingz, Targett, Xoz, Xurixeyn (Nakamba, 70), Duglas Luis, Grilish, Makginn (Xota, 87), El-Gazi (Trezege, 70), Devis (Samatta, 57).
CHelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, Kristensen, Alonso, Kante, Kovachich (Barkli, 55), Maunt, Loftus-CHik (Pulishich, 55), Villian (Djeyms, 90), Jiru (Abraxam, 80).
Ogohlantirishlar: Konsa (45), Kante (90), Grilish (90).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar