So’nggi yangiliklar

02:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, мадридликлар ўйинни бир киши кам бўлиб тугатишди  12 01:10Февзи Давлетов: "Ўйинга тузган режамиз иш берди, аммо бироз реализация етишмади"  1 01:01Виталий Левченко: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак"  8 00:55Ҳаким Фузайлов: "Шундай юқори талаблар орқали ўзбек футболи тартибланиб боради"  1 00:10"Барселона" Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 23:37Вадим Абрамов: "Бу ташкилотнинг ички иши, ушбу ишларни сизлар муҳокама қилиш ва ёзишларингиз керак"  1 23:27Сергей Лушчан: "Биринчи бўлимда деярли юз фоизлик вазият бўлди, аммо..."  4 23:17Рўзиқул Бердиев: "Бундай ўйинларда кўп вазиятлар яратилмайди"  9 22:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" "Окленд Сити"ни "кўмиб қўйди". Германия чемпионлари Янги Зеландия жамоасига жавобсиз 10 та гол урди  29 22:33Жака итальян грандига ўтадими?  0 21:59Суперлига. "Насаф" Чераннинг пенальтидан урган голи эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  175 21:55Суперлига. "Динамо" "Хоразм" билан камбэк амалга ошириб, мағлубиятсиз сериясини давом эттирди  26 21:53Суперлига. Термиздаги баҳсда "Нефтчи" "Сурхон"ни мағлуб эта олмади  31 21:47"Наполи" "Ал Насср" юлдузига қизиқмоқда  0 21:12"Рома" Шомуродовни сотишга тайёр, унга даъвогар ҳам бор  40

APL. "CHelsi"dan dahshatli kambek: 90+10 va 90+11-daqiqadagi gollar "Manchester Yunayted" ustidan g'alaba keltirdi! Yangiliklar

APL. "CHelsi"dan dahshatli kambek: 90+10 va 90+11-daqiqadagi gollar "Manchester Yunayted" ustidan g'alaba keltirdi!

Angliya Premer-ligasining 31-turidan o'rin olgan "CHelsi" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"CHelsi" — "Manchester Yunayted" 4:3

Gol: Gallaxer (4, 1:0), Palmer (20-p, 2:0), Garnacho (34, 2:1), Fernandesh (39, 2:2), Garnacho (67, 2:3), Palmer (90+10, 3:3), Palmer (90+11, 4:3).

CHelsi – Petrovich, Gyusto (Gilkrist, 75), Disasi (CHaloba, 75), Badyashil, Kukurelya, Gallaxer (Madueke, 89), Mudrik (Sterling, 71), Fernandes, Palmer, Kaysedo (CHukvumeka, 71), Jekson.

Manchester Yunayted – Onana, Diogu Dalot, Varan (Evans, 46; Kambvala, 66), Maguayr, Uan-Bissaka, Kazemiro (Maktomini, 75), Brunu Fernandesh, Maynu, Antoni, Garnacho (Maunt, 85), Xeylund (Reshford, 66).

Chelsea

Conor Gallagher - 4', Cole Palmer - 19', Cole Palmer - 90', Cole Palmer - 90'

Premier League . 31-tur

05/04/2024, 01:15

3
:
4
Tugadi

Manchester United

Alejandro Garnacho - 34', Bruno Fernandes - 39', Alejandro Garnacho - 67'

Stadion: Stamford Bridge, 39694 tomoshabin

Bosh hakam: Jarred Gillett

45'
90'
4'  Conor Gallagher
19'  Cole Palmer
32'  Malo Gusto
35'  Enzo Fernandez
71'  Mykhaylo Mudryk (Raheem Sterling)
71'  Moises Caicedo (Carney Chukwuemeka)
75'  Malo Gusto (Alfie Gilchrist)
75'  Axel Disasi (Trevoh Chalobah)
89'  Conor Gallagher (Noni Madueke)
90'  Cole Palmer
90'  Cole Palmer
90'  Enzo Fernandez
90'  Moises Caicedo
34'  Alejandro Garnacho
39'  Bruno Fernandes
39'  Diogo Dalot
46'  Raphael Varane (Jonny Evans)
66'  Rasmus Hoejlund (Marcus Rashford)
66'  Jonny Evans (Willy Kambwala)
67'  Alejandro Garnacho
67'  Antony
75'  Casemiro (Scott McTominay)
86'  Alejandro Garnacho (Mason Mount)
90'  Harry Maguire

90+11. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! DAHHSHAAAAATTTTTTT!!!!! PALMEEERRRRRR!!!

90+10. GOOOOOOOOOLLLLL!! PALMEERRRR!! "CHelsi" so'nggi daqiqada mag'lubiyatdan qutulib qolmoqda!

90+8. Penalti VAR orqali ko'rildi va borligi tasdiqlandi.

90+7. PENALTI! "CHelsi" so'nggi daqiqada mag'lubiyatdan qutulib qolishi mumkin!

90+3. "Yunayted" to'pni ushlab turgan holda hujum qilmaslikka harakat qilmoqda.

90+1. Maduekening zarbasini Onana ushlab oldi.

O'yinga 8 daqiqa qo'shib berildi.

89. Londonliklar yana standart amalga oshirishdi. Lekin zarbagacha etib kela olishmadi. Enco offsaydda qolib ketdi (lekin offsayd yo'q edi)

85. "CHelsi" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarib yubordi. Bu orada Maunt jonajon stadionida maydonga tushmoqda.

79. UUXXXXX!!! Kambvala tushishi bilan zo'r o'ynamoqda. Bir tomonda esa Maktomini jarohat olgandek bo'lib turibdi.

78. "CHelsi" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba berildi. Noaniq.

74. UXXXXXX!!! Palmer jarimadan darvozani ishg'ol qilmoqchi bo'ldi. Onana vaqtida reakciya ko'rsatdi.

71. Pochettino bir yo'la ikki o'zgarish qildi. Ko'ramiz, bu qanchalik o'zini oqlarkan.

67. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!! GAR-NA-CHOOOOOO!!! ANTONIdan super pas! Mana bu kambek! Argentinalikdan portugalcha gol nishonlash!

66. Evans ham jarohat olib, maydonni tark etdi. APLdagi so'nggi 6 o'yinida gol urgan Rasmus ham o'yindan olindi.

64. UXXXXX!!! Antoni jamoadoshlariga zo'r vaziyat yaratib bermoqchi bo'ldi. Raqib darvozasi yoniga, bo'sh qolgan darvozaga gol urish uchun to'pni tashlab berdi. Biroq biror sherigi topilmadi.

60-daqiqaga kelib, "CHelsi"dagi umumiy zarbalar soni 16, "Yunayted"da esa 18ni tashkil qilmoqda. 1 soat ichida 34 zarba. Zo'r o'yin bo'lyapti.

58. ZARBAAAAAA!!! Palmerning kuchli zarbasini Onana qiyinchilik bilan qaytardi!

57. Xoylund gol urishga yaqin keldi. Uning zarbasiga Disasi to'siq bo'ldi.

55. BRUNUUUUU!!! "Yunayted" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Lekin Brununing kuchli zarbasi darvoza tepasiga yo'l oldi.

53. ZARBAAAAAAA!! Palmerning kuchli zarbasini Onana mushtlari bilan urib yubordi.

49. "CHelsi" hujumga o'tdi. Palmerning zarbasini Maguayr qaytardi.

47. UXXXXX!!! "Yunayted" ikkinchi bo'limni ham yuqori suratda boshladi. Avvaliga Brunu, keyin Garnacho, so'ngra Maguayrning zarbasi golga aylanmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Kutilgan o'zgarish amalga oshirildi: Varan o'rniga Evans.

Birinchi bo'limdan keyin zarbalar soni: 11-13. Tasavvur qiling, qanday otishma bo'lmoqda bu o'yinda...

Birinchi bo'lim yakunlandi, tanaffus!

45+5. ZARBAAAAAA!!! Gallaxerning kuchli zarbasi darvoza ustunini titratdi! 

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

Birinchi bo'limdan hulosalar juda zo'r. Tomonlar ochiq o'yin ko'rsatishmoqda va himoyani o'ylayotgani ham yo'q. Zarbalar juda ko'p, bunday o'yinlar kam bo'ladi. O'zbekiston chempionatida esa umuman)

42. "Yunayted"da standart. Fernandeshning uzatgan to'pini Maguayr darvoza tomon yo'llashga harakat qilib ko'rdi. Lekin aniq zarba bo'lmadi.

41. Varan o'zini yomon his qilmoqda. O'z navbatida Evans mashg'ulotlarni boshlab yubordi.

39. MANA GOOOOLLLL!! Hisob  tenglashdi!!! Brunu boshi bilan bergan zarbasi orqali o'z nomini tabloga yozdirib qo'ymoqda!

38. ZARBAAAAAA!! Enconing zarbasini Onana qaytardi!

37. Tomonlar ochiq o'yin ko'rsatmoqda. Vaziyatlar juda ko'p. Zo'r o'yin bo'lyapti. Brununing zarbasi noaniq ketdi.

36. "Yunayted" standartga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni Maguayr maydonga qaytarishga harakat qildi. Biroq urinish o'xshamadi.

34. GOOOOOOLLLL!! Garnacho hisobni qisqartirdi!

33. ZARBAAAAAAA!!! Maynuning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan ushlab oldi.

28. ZARBAAAAAAA!!! Mudrik o'tkir burchakdan xavfli zarba yo'lladi. To'p darvoza to'rining tashqi tomonidan tegdi.

25. UXXXXXXX!!! "CHelsi" hisobni yiriklashtirishi mumkin edi. Jarimadan uzatilgan to'pga Disasining bergan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

22. "CHelsi" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni Maguayr qaytarib yubordi.

20. GGOOOOOOOLLLLLL!! G(K)ol Palmer penaltishunosligini yana bir bor isbotladi!

18. PENALTI! Antoni o'z jarima maydonchasi ichida Kukurelyani yiqitdi. Hakam ikkilanmasdan 11 metrlikka ishora qildi.

16. Kaysedo hujumga o'tdi. Maguayrni ortda qoldirgan futbolchining yo'liga Varan chiqdi. Moyses pas berdi, biroq to'p avval Varanga, keyin o'ziga tegib, maydondan chiqib ketdi.

14. "CHelsi" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Uzoq bosimdan keyin Kukurelya darvozaga zarba berdi. To'p anchagina noaniq ketdi.

10. "Yunayted" yana hujumda. Xoylundning pasidan keyin Garnachoning zarbasiga himoyachi blok qo'ydi.

8. Antoni uzoq masofadan Petrovich darvozasini nishonga olib ko'rdi. Posbon to'pni ushlab oldi.

4. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!! GOLLAXER!) Gallaxerning kuchli zarbasi darvozadan o'rin oldi!

1. UXXXXX!! 40-soniyadayoq hisob ochilishi mumkin edi, Antonining zarbasini himoyachi qaytarib yubordi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bahs startiga oz vaqt qolmoqda.

- Uchrashuv startiga hali vaqt bor. Dastlabki hushtakni kutishda davom etamiz.

- Hurmatli futbol ishqibozlari, etiboringizni muxlislarga to'lib toshgan, qaynoq "Stemford Brij"ga taklif qilamiz. Ushbu stadionda mavsumni yaxshi o'tkaza olmayotgan, lekin tarixi buyuk va muxlislari juda ko'p ikki jamoa - "CHelsi" hamda "Manchester Yunayted" o'zaro bahs olib boradi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика