APL. "CHelsi" - "Liverpul" va "Manchester Yunayted" - "Lids" o'yinlari qoldiriladi
12 sen 2022 21:56
Yangiliklar


APL. "CHelsi" - "Liverpul" va "Manchester Yunayted" - "Lids" o'yinlari qoldiriladi
Britaniya qirolichasi Elizaveta II ning dafn marosimi Angliya Premer-ligasining 8-tur uchrashuvlariga ham tasir qiladi.
Yaqin soatlarda "CHelsi" - "Liverpul" va "Manchester Yunayted" - "Lids" o'yinlari qoldirilishi kutilmoqda. Boshqa muddatga ko'chiriladigan o'yinlar ro'yxati kengayishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, o'tgan dam olish kunlari Angliyada futbol bahslari o'tkazilmagandi. Sababi, 8 sentyabr kuni Britaniya qirolichasi Elizaveta II vafot etgandi.
SHuningdek, dushanba kuni tushdan keyin Evropa ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan “Arsenal” – PSV o'yini boshqa muddatga qoldirilgani malum bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar