APL. “Centre-back”larning gollari “Man Siti”ga navbatdagi g'alabani taqdim etdi
27 fev 2021 19:40
Yangiliklar


APL. “Centre-back”larning gollari “Man Siti”ga navbatdagi g'alabani taqdim etdi
Mezbonlar safida markaziy himoyachilar Ruben Diash va Jon Stounz gol urgan bo'lsa, javob to'pini Mikail Antonio kiritdi.
Bu Pep Gvardiola qo'l ostidagi “Siti”ning barcha musobaqalarda qo'lga kiritgan ketma-ket 20-g'alabasi bo'ldi. Jamoa APL jadvalida 62 ochko bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
"Manchester Siti" – "Vest Xem" 2:1 (1:1, 1:0)
"Etixad Stedium"
Gollar: 1:0 – 30 Ruben Diash, 1:1 – 43 Antonio, 2:1 – 68 Stounz.
"Manchester Siti" – Ederson, Uoker, Ruben Diash, Stounz, Zinchenko, Gyundogan (Rodri, 89), Fernandino, Maxrez, de Bryuyne, Ferran Torres (Foden, 65), Aguero (Gabriel Jezus, 61).
"Vest Xem" – Rendolf, Jonson (Bouen, 84), Diop, Douson, Coufal, Fornals, Rays, Lingard, Souchek, Kressuell, Antonio (Benraxma, 84).
Ogohlantirishlar: Jonson (28), Fernandino (90).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar