So’nggi yangiliklar

08:08Қизил карточка учрашув тақдирини ўзгартириб юборган "Бунёдкор" - "Насаф" учрашувидан ГАЛEРEЯ  0 07:34U-20 Осиё кубоги саралаши. Бугун ёшларимиз ҳал қилувчи баҳсда майдонга тушади  2 02:00Ла Лига. "Барселона"нинг ғалабали серияси 8-ўйинга келиб якунланди, "Осасуна" Каталония жамоасига 4та гол урди  123 01:25Давид Сильва: "Футбол роботлашиб қолди, иқтидорларда эркинлик кам. Бугун тики-такани кўриш қийин"  0 00:10Эрон чемпионати. "Фулад" ва Юсупов ўз уйида "Зоб Ахан"дан устун келди  1 00:00РПЛ. "Акрон" меҳмонда "Ростов"дан устун келди, Шерзод Эсанов эса...  2 23:40Бундеслига. "Бавария" ва "Байер" ўртасидаги марказий ўйинда дуранг қайд этилди  4 23:30АПЛ. Салоҳнинг голи "Ливерпуль" меҳмонда "Вулверхэмптон" устидан ғалабани тақдим этди  4 23:03Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда мағлубиятга учради, Алиқулов 90 дақиқа ҳаракат қилди  2 22:57А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Женоа"ни йирик ҳисобда таслим этди  3 22:33Карло Анчелотти: "Атлетико" кучлироқ бўлди, улар "Реал" ва "Барселона" билан чемпионлик учун курашишади"  0 22:00Лига 1. "Ланс" ўз майдонида "Ницца" билан дуранг қайд этди, Ҳусанов доимгидек ўйиннинг энг яхши ўйинчиси бўлди  15 21:34Илёс Зейтуллаев: “Дуранг биз учун жуда қониқарли натижа эмас”  6 21:26Рўзиқул Бердиев: “Биринчи голдан сўнг эътиборсизликка йўл қўйдик”  14 21:14АПЛ. "Арсенал" "Лестер"га қарши ўйинда 90+2 ва 90+9 дақиқаларда урган голлари эвазига ғалабага эришди  8

APL - bu yaxshiliklar ligasi. 2020 yilda klublar va futbolchilar tarixdagi eng katta xayriya marafonini o'tkazishdi Yangiliklar

APL - bu yaxshiliklar ligasi. 2020 yilda klublar va futbolchilar tarixdagi eng katta xayriya marafonini o'tkazishdi

Ular pul, etibor va bilim bilan yordam berishdi.

Bu erda biz odamlar, voqealar va hodisalar haqida gaplashamiz. Ular bizni eng yaxshilarga ishonishimizga yordam berishdi, hayratda qoldirishdi va tabassum qilishga undashdi, hattoki atrofda deyarli hech qanday xushxabar bo'lmagan bo'lsa ham. Quyida biz butun koinot kuchli bo'lishi kerak bo'lgan yilda Premer-liga qanday qilib yaxshilik qilgani haqida hikoya qilamiz.



Premer-liga azaldan shafqatsiz korporaciya obrazidan ajralmas edi. U hanuzgacha sport hikoyalariga to'la va har yili yangi namunalar paydo bo'ladi. Bu erda dramalar "Warner Bros." tomonidan ishlab chiqarilganidan ko'ra tezroq tug'iladi. Ammo har yili shak-shubhasiz bu ulkan sovuq hisoblash inson taqdiri uchun muhim.

Futbolchilarga engillik qilish uchun yangi mavsumda Liga kubogi yoki "Boxing Day"ni bekor qilish? Ananalarni buzish mumkin emas. Maoshlarni qisqartirish? Maskotdan boshlaylik, yirik kompaniyalarda ular har doim eng avvalo kambag'allarni ishdan bo'shatishadi.

Har bir yangi kun shunchakidek tuyilar edi. Tomoshabinlarsiz futbol uchrashuvlari esa klublarning harakatga kelishiga undadi: ular iloji boricha futbolsiz va muxlislarsiz yashash naqadar qiyin ekanligiga ishora qilar edilar.

Bir funt ishlab chiqaradigan mashina o'rniga Premer-liga global xayriya tashkiloti sifatida paydo bo'ldi. Klublar va futbolchilar maktab o'quvchilaridan tortib keksalarigacha, hammaga yordam beradigan fondlarning filiallariga aylandilar. Muhimi: ularning barchasi nafaqat haqiqiy pulni xayriya qildilar, balki g'ayrioddiy formatlarni ham o'ylab topdilar - barchasi xavf ostida bo'lganlarning hayotini biroz osonlashtirish uchun edi.


Quyida eng diqqatga sazovor tadbirlar haqida hikoya qilamiz

Premer-ligada sog'liqni saqlash bo'yicha enciklopediya yaratildi, hakam Entoni Teylor ixtiyoriy ravishda volontyor bo'ldi, futbolchilar esa #PlayersTogether kampaniyasi harakatini boshlashdi

Liga mart oyining boshida to'xtadi va bir oy davomida nima qilish kerakligi haqida o'ylash kerak edi. Futbolchilar esa ish haqi kamaytirilishiga ishontirildi. Aprel oyining boshida ular nafaqat o'zini balki, atrofdagi dunyoni ham qutqarish kerakligini anglashdi. Oyning birinchi kunlarida NHS (Buyuk Britaniyaning Milliy sog'liqni saqlash xizmati) hisobiga 20 million funt sterling tushdi. "Liga, klublar, futbolchilar va menejerlar bunday qiyin sharoitda muhim ishlarni olib boradigan NHS xodimlarining qahramonlik harakatlariga katta minnatdorchilik bildiradilar", - deyiladi Premer-liganing tushuntirish xatida.

Puldan tashqari, liga bilimlarni o'rtoqlashdi - #StayWell sog'liqni saqlash enciklopediyasini ishlab chiqdi. Hali ham uni Premer-liga saytida o'rganishingiz mumkin. Klub shifokorlari, futbolchilar va sog'liqni saqlash bo'yicha mutaxassislarning bepul, foydali maslahatlari to'plami ikki qismga bo'lingan: ruhiy salomatlik va ovqatlanish. Har bir qism o'nlab bo'limlardan iborat bo'lib, uning ichida aqldan ozmaslik va pandemiyada sog'liqni saqlash bo'yicha qisqa mahorat darslari mavjud.



Masalan, "Kristal Pelas"dan kelgan Andres Taunsend bir daqiqali videoda uydan chiqish taqiqlangan bo'lsa ham, kunni qanday rejalashtirish kerakligini tushuntiradi. Yurgen Kloppning futbolchilarga qilgan qo'ng'iroqlari misolida, qatiy izolyaciyasida nima uchun muloqot muhim ahamiyatga ega ekanligi tushuntiriladi ("Vest Xem" posboni Devid Martin: “Men muloqot orqali tashvish tuyg'usini engdim", - deb aytadi). Doktor Jonni Bloomfeld uyqu haqidagi eng mashhur savollarga soddagina javob beradi. Va uotfordlik Troy Dini qiyinchilikda o'tgan bolaligidagi xotiralar tufayli ruhiyati bilan bog'liq muammolar bilan kurashganini eslaydi - Dinining ahvoli shu qadar yomon ediki, u hatto ichishni ham boshlagan edi (u uchun eng qiyin narsa muammoni qabul qilish edi).

Bahorda birinchi shaxsiy tashabbuslar paydo bo'ldi. Hukumat NHSga ko'ngillilarni jalb qilishni elon qildi. Ushbu xizmatning barqaror ishlashi uchun qo'shimcha 250ming kishi talab qilinardi. 24 soat ichida kerakli miqdordagi odamlar javob berishdi (va bir necha kun ichida 750 ming kishi ko'ngillilar safiga qo'shilishdi). Ular orasida qamoqning sobiq noziri, endi FIFA elita guruhidagi ikki ingliz hakamidan biri bo'lgan Entoni Teylor ham bor. "Opam shoshilinch tibbiy yordam shifokori. Pandemiya paytida u haftada deyarli etti kun ishlaydi. U ishiga shunchalik ko'milib ketganki, menda boshqa iloj yo'q edi. SHifokorlarning ishini engillashtirish uchun ozgina vaqt sarflash - bu virusga qarshi kurashda hamma qila oladigan kichik bo'lsada, muhim hissa", - deya tushuntirdi Teylor. Unga ko'ra, uning ishi kuniga bir necha soat davom etardi. U shifoxonalarga dori-darmon va asbob-uskunalarni, qiyin ahvolda qolgan aholiga oziq-ovqat etkazib berdi. Ertalab it bilan ananaviy yugurish paytida bajargan vazifalarining bir qismi - endi shu tarzda davom ettirgan Entoni futbolsiz o'z sport formasini ushlab turdi. U faqat iyun oyining o'rtalarida futbol ishiga qaytdi va tig'iz taqvimda hakamlik qildi: deyarli har turda ikkita o'yin. Mavsum oxirida Entoniga Angliya kubogi finali, sentyabrda - UEFA superkubogi ishonib topshirildi. Ushbu yozda, ehtimol 42 yoshli Teylor (Evropa chempionati hakamlari ro'yxati bahorda elon qilinadi) Evropa chempionatiga yo'l oladi va final uchrashuvini boshqarishi mumkin bo'lgan hakamlardan biri bo'ladi. 



Klublar, ayniqsa, qaysar futbolchilar bilan ish haqining necha foizini qisqartirish kerakligi haqida bahslashayotgan bir paytda 20 sardor birlashib, #PlayersTogether kampaniyasi harakatini boshladilar. Uning mohiyati shundaki, NHSga pul o'tkazmasi ligadan emas, balki futbolchilardan amalga oshirilishdir. "Futbolchilarning aksariyati ijtimoiy ongga ega bo'lgan yigitlardir. Biz ushbu og'ir paytlarda sog'liqni saqlash xodimlari va muhtojlarga yordam berish uchun o'z hissamizni qo'shmoqchimiz", - deydi "Byornli" sardori Ben Mi.

Ushbu tashabbus quyidagicha paydo bo'lgan edi: barchasi Jordan Xenderson, Garri Maguayr va boshqa Angliya futbolchilari o'rtasidagi WhatsApp yozishmalaridan boshlandi. Tez orada ular Kevin De Bryuyne, Sezar Aspilikueta va Kasper SHmeyxelni munozaraga olib kelishdi. Tezda qaror qilindi. Bu - futbolchilar o'rtasida flesh-mob boshlash edi. Har bir inson umumiy qozonga tushadi, jamoa sardorlari tashviqot ishlari uchun masuldir va NHS bilan bog'lanishadi. Xizmat muammoli joylarni ko'rsatib beradi va hozirda qanday pul talab qilinishini xabar qiladi. 



"OAV har bir futbolchining oylik ish haqi 30 foizga tushiriladi", - deb aytdi, ammo bunday emas. Jurnalistlar bu raqamni klublar bizdan saqlamoqchi bo'lgan raqam bilan aralashtirib yuborgan bo'lishi mumkin. Biz raqamlarni bermadik, chunki ular har bir o'yinchi uchun individualdir. Ammo biz oxir-oqibat bankda munosib miqdordagi mablag' bo'lishiga kafolat bera olamiz", - deb davom etdi Ben Mi.

Bir necha kundan so'ng, ommaviy axborot vositalari #PlayersTogether harakatining birinchi to'lqini 4 million funt sterling keltirganligini aniqladilar.

Rashford 400 ming bolani yakka o'zi ovqatlantirgan va hatto hukumat qarorini o'zgartirgan. Buning uchun u Bosh vazir tomonidan maqtovga sazovor bo'ldi


"Manchester Yunayted" hujumchisi APLning asosiy xayriyachisidir. U har hafta yaxshi ishlaydi: kasalxonalardagi bolalarni borib ko'rib keladi, eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun sherlar tanlovining hakamlar hayati azosi, buvisi yashagan Karib dengizidagi er − Cent-Kits orolidagi bolalar uyiga oziq-ovqat va zarur buyumlarni yuboradi.

O'tgan Rojdestvoda Markus akciya tashkillashtirdi: odamlar 1200ta poyabzal qutilarini to'pladilar. U inson kunlik ehtiyojiga kerak bo'lgan narsalar ro'yxatidagi (masalan, shlyapalar, dezodorantlar, antiseptiklar, tish cho'tkalari, isitgichlar) buyumlarni onasi bilan birgalikda barchasini Manchesterdagi bolalar uylariga olib bordi.
Pandemiyada Markus maktab o'quvchilari oldiga bordi. "Do'stlar, Buyuk Britaniyada 32 mingga yaqin maktab mavjud. Ertaga ularning barchasi yopiladi. Kam taminlangan oilalarning ko'plab bolalari ovqat ololmaydilar. Maktablar bepul nonushta tarqatadi - men o'zim ularni bolaligimda onam ishdan kelguniga qadar, yani soat 20:00ga qadar istemol qilganman. Qanday qilib bolalar ovqatsiz qolishlari mumkin?" - deb so'radi Rashford.



Va u darhol o'z oldiga maqsad qo'ydi - eng ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni oziq-ovqat bilan taminlash uchun 100 ming funt yig'ish (Buyuk Britaniyada, turli hisob-kitoblarga ko'ra, 200 dan 400 minggacha). Futbolchi birinchi bo'lib 50 ming funt sterling qo'shdi. Xayrixohlar va homiylar darhol unga qo'shilishdi va ikki kun ichida 140 ming funt xayr-ehson yuborishdi. Bir necha hafta ichida − 7 million. Uch oy ichida − 20 million.

Hamma uchun pul etarli edi, ammo keyinchalik yozgi tatil boshlandi. O'quv soatlari davomida hukumat bolalarga haftasiga 15 funt sterlinglik vaucherlar berib, ularni supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlariga almashtirdi. Iyun oyida bu to'xtatildi. Rashford yana aralashishga majbur bo'ldi.

"Bu yil yozda biz terma jamoamiz bilan faxrlanishimiz mumkin edi: ota-onalar va bolalar "Uembli"da bayroqlar ko'tarishardi. Ammo stadionni bepul ovqatdan mahrum bo'lgan bolalar bilan ikki marta to'ldirish mumkin. Qorinlari ochlikdan gumburlaganda, bu 200 ming bola o'z yurti bilan faxrlanadimi?" – deya ijtimoiy tarmoqlarda Markus yana murojaat bilan chiqdi, faqat endi bu murojaat hukumatga edi. U yozda ham davlatdan qarorini o'zgartirishi va vaucherlar berilishini talab qildi: "Butun mamlakat sizni kuzatmoqda - siz hali ham qonunni o'zgartirishingiz mumkin. Gap siyosat haqida emas, insonparvarlik haqida. Bizning qarashlarimizdan qatiy nazar, biz hammamiz biron bir bola och yotishiga yo'l qo'yishimiz kerakmi?"

Bosh vazir Boris Jonsonning birinchi javobi rad etish bo'ldi. Unga ko'ra, hukumat allaqachon kam taminlangan oilalarga 63 million funt ajratgan va yo'llanmalarni qaytarish uchun ikki baravar ko'proq mablag' talab etiladi. Keyin Rashford yana "hujum"ga o'tdi: u tvitterda uni qo'llab-quvvatlashni va vaucherlarning yangilanishini qo'llab-quvvatlaydiganlarning yozuvlari bo'lishini so'radi. 40 daqiqada xabarni 10 ming kishi, bir kunda 65 ming martadan ko'proq qo'llab-quvvatladi.

Futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi bu "qo'ng'iroq"ni BBC efirida va "The Times"ga ochiq olib chiqdi. Rashfordni faol futbolchilar, parlament azolari va hattoki Boris Jonsonning tarafdorlari qo'llab-quvvatladilar. "Gap partiya siyosati haqida emas, balki yozgi tatilda bolalar och qolmasligi bilan bog'liq", - deya ular mantiqni tushuntirdilar.

Iyun oyining o'rtalariga kelib hukumat taslim bo'ldi va 150 million funt ajratdi. Kundalik brifingda hattoki Jonson ham Markusni maqtadi: "Bugun men Markus Rashford bilan suhbatlashdim va uni tabrikladim, rostini aytsam, avval bilmagandim. Men unga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildiraman". Forvard tvitterda qisqacha javob qaytardi: "Men nima deyishni ham bilmayman. Birgalikda nima qilishimiz mumkinligini ko'ring. Bu 2020 yildagi Angliya".



Oktyabr oyida Elizaveta II 22 yoshli Rashfordga MBE unvonini berdi va Britaniya imperiyasi ordenini topshirdi. "Bu mening oilam uchun juda muhim lahza, ayniqsa, ushbu mukofotga loyiq bo'lgan onam uchun", - deya izoh berdi Markus.

"Everton" raqamli xayriya platformasini yaratdi, "Liverpul" xodimlari begona itlar bilan yurishdi, "Vulverxempton" yolg'izlikka qarshi kurashdi

SHu nuqtaga etib kelib, etiroz bildirish mumkin: stop-stop, yuqorida yozilganlarning barchasi har qanday chempionatda faollar uchun yoqimli narsaku, ammo yaxshiliklar ligasi bunga nima aloqasi bor?

Har bir klub uchun qilingan xayrli ishlar ro'yxatini tomosha qiling. Ichkarida - 500 dan ortiq satr. Ularning har biri haqida to'liq xabar yozishingiz mumkin bo'lgan alohida hikoya. Masalan, Devid Moyesni olaylik, u aprel oyida kutilmaganda London sharqidagi Spitalfilds bozorida ko'rina boshladi. Malum bo'lishicha, "Vest Xem" ustozi meva-sabzavot etkazib beradigan kurer sifatida ishga joylashdi.

"Bir marta do'konga borganimda, ular uylaridan chiqib ketmasliklari va o'zlarini xavf ostiga qo'ymasliklari uchun atrofdagi barcha odamlarga sabzavot va mevalarni etkazib berish uchun haydovchilar kerakligi to'g'risida elonni ko'rdim. Men bunga ixtiyoriy ravishda murojaat qildim, chunki rafiqam yo'q edi - men yolg'iz qoldim. Men meva va sabzavotlarni eshikka tashladim, taqillatdim va ketdim. Ular chindan ham rang-barang chiroyli katta qutilar edi. "Qanday ajoyib!", - deb o'yladim. "Men etkazib berishdan zavqlandim, do'konga yana bir partiyaga qaytdim va yana etkazib berdim".

Bazi mijozlar murabbiyni tanigan, ammo ko'pchilik tanimagan. Bir xonim hattoki unga maslahat qoldirgan: "U qutidan 16,80 funt qarzdor edi. Ammo u menga 20 funtlik pulni berdi va "O'g'lim, pulni o'zing uchun saqla" dedi. Birinchi maslahatimni mana shunday oldim!"



"Liverpul" xodimlari uydan chiqa olmaydigan odamlarning uy hayvonlari bilan yurishdi. O'sha kunlarda "qizil"larning futbolchilari Mersisayd kasalxonalari ishchilariga dalda beruvchi videoxabarlarni yuborishdi va Yurgen Klopp izolyaciyada bo'lgan muxlislarga shaxsan o'zi telefon qildi.

"Vulverxempton" o'zlarini yolg'iz his qilgan qariyalar uchun "Ishonch telefoni"ni ishga tushirdi. Agar biror kishi muloqotdagi bo'shliqni to'ldirmoqchi bo'lsa, u klubning pochtasiga yozishi yoki raqamga qo'ng'iroq qilishi kerak edi. U erda uning ahvoliga qarab, mutaxassislar yoki aloqa tufayli bir-biri bilan bog'langan yolg'iz odamlar u bilan suhbatlashdilar.
Yolg'izlik va ruhiy salomatlik mavzusi Britaniyada karantin paytida asosiy mavzulardan biriga aylandi. NHS malumotlariga ko'ra, mamlakatda har to'rtinchi katta odam va har o'ninchi bola ruhiy kasalliklarga chalinadi. SHu maqsadda, karantindan oldin ham "Nyukasl" #BeGameChanger dasturini ishga tushirdi, bu kabi kasalliklardan xabardorlikni oshirish maqdasida. Klub nafaqat forma ustidagi heshtegni tasvirlab, xavf haqida ogohlantiradi, balki bir necha yuzlab maktab bilan hamkorlik qiladi, marifiy maruzalar, sport festivallarini o'tkazadi, bu erda mutaxassislar muammoni aniqlash va hal qilishga yordam berishadi. Pandemiyada klub xayriya jamg'armasi xodimlari NHS ko'ngillilar harakatiga qo'shilishdi.



"Everton" tezda "Blue Family" raqamli ikki tomonlama harakat platformasini ishga tushirdi. Bazi odamlar pul bilan yordam berish uchun ro'yxatdan o'tganlar, boshqalari - ularga yordam berish uchun (oziq-ovqat, dori-darmon, mobil telefondagi pul, gaz yoki elektr energiyasi uchun to'lovlarni yopish, sog'liqqa oid savollarga javob berish). Yil davomida klub "Gudison Park" yaqinidagi 10 ming aholiga yordam berdi va shu kungacha yordam berib kelmoqda. Klub saytida muntazam ravishda yangi hayotiy hikoyalar paydo bo'ladi. Masalan, oktyabr oyida "Everton" yanvar oyida skleroz tashxisi qo'yilgan 42 yoshli Doroti haqida gapirdi.



Izolyaciya holda, ayolning ahvoli sezilarli darajada yomonlashdi va turmush darajasi pasayib ketdi. Dastlab, klub unga bepul oziq-ovqat etkazib berishda yordam berdi, keyin standart choralar etarli bo'lmasligini anglashdi. Kasallik tufayli Doroti avvalgidek faol bo'lmagan, shuning uchun "Everton" tozalashni buyurgan kompaniya uning uyida katta tozalash ishlarini olib borgan. Keyin klub bog'dorchilik uskunalarini sotib olish uchun pul to'laydigan boshqa xayriya tashkilotiga murojaat qildi. Masalan, Doroti toza havodan nafas olish uchun tashqariga chiqishi va bir necha kun qamalib o'tirmasligi uchun qulay o'rindiq. Ammo bu hammasi emas: klub Liverpul shahar kengashi bilan bog'lanib, undan ayolga yordamchi so'radi. SHuning uchun unga doimiy ravishda do'konga boradigan va boshqa uy ishlarida yordam beradigan odam tayinlandi.
"Everton"dan yana bir voqea - katta va kambag'al oiladan chiqqan 12 yoshli Xolli. Qiz yomon o'qishi va hissiyotlarni jilovlay olmasligi sababli maktabdan haydalish arafasida edi. Maktab "Everton" xayriya tashkilotiga murojaat qilishni maslahat berdi. Xolli 12 haftalik o'quv dasturiga qabul qilindi, u erda o'qituvchilar, psixologlar va dasturning boshqa ishtirokchilari odamlar bilan ishlashadi. 4 oydan so'ng qizning xatti-harakatlari yaxshilandi (maktabda ham, uyda ham), u yangi do'stlar topdi va u hali ham fond xodimlari bilan doimiy aloqada.

Premer-liga necha o'limining oldini olgani va klublar budjetining necha foizini xayriya uchun ajratganligini hisoblashning iloji yo'q. Va bularning barchasi unchalik muhim emasligi aniq. Oddiy odamlarga yordam berish uchun klublarning qo'shgan munosabati bundan ham muhimroqdir. Ular 20 million funt sterlingda to'xtab, har oy yoki har chorakda xayriya qilishlari va talab qilinganidan ko'proq masuliyatni o'z zimmalariga olishlari mumkin edi.
Buning o'rniga, APL hamma muhtojlarga hayotni biroz osonlashtirishning yangi usullarini o'ylab topdi.

SHuning uchun ham Premer-liga katta hurmatga sazovor bo'ldi.



sports.ru saytidan Xurshida Abdikulova tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика