So’nggi yangiliklar

09:10Футзал. Абдулла Бўриев: "Ўзбекистон терма жамоаси аввалги натижасини яхшилашига умид қиламан"   0 08:40 Мундиал-2026. Рустам Ашурматов: Менда "Рубин"дан ташқари ўша вақтнинг ўзида Қатардан ҳам шартнома бор эди"   0 08:10Ўзбекистон сўнгги бор меҳмонда Қирғиз Республикасига қарши қандай натижа қайд этган?   4 07:35ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикаси меҳмони бўлади   7 01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  1 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  2 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  5 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  8 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4

APL boshlanmoqda: “Liverpul” chempion bo'la oladimi? (tahlil) Yangiliklar

APL boshlanmoqda: “Liverpul” chempion bo'la oladimi? (tahlil)

O'tgan mavsumda Angliya Premer ligasi va Evropa CHempionlar Ligasida ikkinchi bo'lgan Yurgen Klopp boshqaruvidagi jamoa Sadio Manesiz muvaffaqiyat qozonmoqchi.

Mutaxassislar kelayotgan mavsumda APLda “Liverpul”dan o'tgan yilgidan yaxshiroq natija kutayotgani yo'q. Jamoani asosiy o'yinchilardan biri tark etgan bo'lsa da, ochkolar keskin kamayib ketishiga ishonmaymiz. Sababi raqiblar bundan ko'proq o'yinchilarning bahridan o'tib yubordi. Jamoaning g'oliblik tojini qo'lga kiritish imkoniyati – 40 foiz. Qolganini vaqt ko'rsatadi.


Istiqbollar

Bu safargi bir yillik oldidan “Liverpul” borasida shubha va so'roqlar etarlicha ko'paydi. Qiziq jihati, Yurgen Klopp so'zsiz eng katta yo'qotish, deya baholanayotgan Sadio Manesiz o'ynashni boshlab yubordi. Uning o'rnini to'ldirish uchun esa murabbiy Darvin Nunes boshchiligidagi yosh iqtidorlar “ko'lmagini” ishga solmoqchi. Germaniyalik mutaxassis tez orada tarkibni o'zi uchun optimal ko'rinishga keltirib olishiga umid qilamiz. “Liverpul” “Manchester Siti”ning APLda chempionlik bo'yicha xet trikiga mone bo'la oladigan “yaxshi qurollangan” yagona jamoa ekani shubhasiz.

O'tgan mavsumning so'nggi etti kunida misli ko'rilmagan to'rtlik orzulari bug'lanib ketdi. SHu bilan birga klubda ijobiy o'zgarishlarga ham guvoh bo'ldik. Klopp va uning shtabi vinger Luis Dias va markaziy himoyachi Ibraima Konatelarning ilk mavsumdayoq jamoaga yaxshi qo'shilib keta olganidan mamnun. Yozda klub transfer siyosatini amalga oshirishda faol bo'ldi va Sadio Maneni ketishiga qo'yib berishdan avval Nunes bilan shartnoma imzoladi, vanihoyat, shartnomaga to'sqinlik qiluvchi har qanday kamchiliklar bartaraf etilib Muhammad Salah bilan o'rtadagi shartnoma yana uch yilga kafolatlab qo'yildi. 4 million funt evaziga Kelvin Remzi bilan o'ng qanot yanada mustahkamlandi. Klub sport direktori Maykl Edvards “Enfild”ni tark etganiga qaramay. Uning yaxshi faoliyat yuritgani Neko Uilyamsni to'rt baravar qimmatroqqa pullab yuborganida yaqqol namoyon bo'ldi.

Mane Roberto Firmino Salah erasi o'z nihoyasiga etdi. Kloppga “Liverpul” hujumida unga juda yaxshi xizmat qilgan 4 3 3 tizimidan kolumbiyalik Dias va Fabio Karvalolarni qo'shganda yanada ko'pqirralilikni taqdim eta oladigan taktikaga o'tish imkoni hosil bo'ldi. Xarvi Elliot va Kertis Jons kabi yosh aktivlar ham katta naf keltirishi mumkin. Nunes zimmasiga katta masuliyat tushadi. 23 yoshli futbolchining Premer ligadagi birinchi mavsumida “Enfild”ga qanchalik moslashib keta olishi xuddi Erling Xolandning “Manchester Siti”da o'ynab keta olishi yoki aksi bo'lishi kabi jamoaning kelayotgan mavsumdagi qayd etajak natijasida hal qiluvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Jamoa so'nggi besh mavsumda bir marta APL chempioni unvonini o'ziniki qilgan bo'lsa, yana ikki karra vice chempionlik va uchinchi hamda to'rtinchi natijalar ham qayd etildi.


Murabbiy

Hech qachon yolg'iz yurmaydigan klub murabbiyi Yurgen Klopp o'tgan yili “Liverpul”ning o'yini, to'rtta frontda titul uchun kurash olib borgani va ko'pchilik muxlislarning yana jamoaga ishona boshlaganidan yosharganini aytib o'tdi. Buni eshitib birdaniga Fenway Sports Group(ushbu kompaniya “Liverpul”ga egalik qiladi) hujumga o'tdi. Kloppning rafiqasi Ulla Sandrokning daldasi va undovi bilan “Liverpul” egalari eng aqlli va aqlbovar qilmas harakatni amalga oshirib klubning eng muhim aktivi bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirdilar. Aprel oyida jamoaning 11 yillik boshqaruvini o'z qo'liga olar ekan Klopp bu faqat boshlanishi ekanini aytdi. U klub qo'lga kiritishni maqsad qilganiga erishayotgani mutaxassis tomonidan takidlandi. “Liverpul” chindanda buning uddasidan chiqdi – mamlakat Kubogida ikki marta zafar quchdi, besh mavsumda uch marta ECHL finaliga chiqdi va barcha ehtimoliy g'alaba imkoniyatlaridan foydalanib ham chempionat yakuniga bir kun qolganida bir ochko farq bilan ortda qolib ketdi. U taslim bo'lmay ushbu maqsadiga etish uchun yana mavsumni ko'tarinki kayfiyatda boshlashga harakat qilmoqda. Bunda Premer ligada eng uzoq vaqt faoliyat olib borayotgan murabbiylardan biri bo'lgan Klopp tarkibni qayta shakllantirish ustida bosh qotirmoqda.


Transferlar

“Liverpul”ga Evropa futbolidagi tarkibda ko'rish eng ko'p orzu qilingan yosh hujumchilardan biri Nunes transferini 85 million funt sterling evaziga yakunlash va Maneni uni istayotgan potencial klubga sotib yuborish uchun 3 haftadan kamroq vaqt kerak bo'ldi. O'sha vaqtda Nunes anchadan buyon Kloppning radarida bo'lib kelgan. Biroq o'tgan mavsumda CHempionlar Ligasi chorak finalida jamoa “Benfika” bilan to'qnash keldi va portugal klubi musobaqadan chiqarib yuborilgan bo'lsa da, urugvaylik yosh hujumchi ikkala o'yinda ham “Enfild” egalari darvozasini ishg'ol qildi. Nunesni yaqindan ko'rgan Klopp tezlik bilan katta qadam tashlash kerakligini tushunib etdi. U haqida Kloppning o'zi shunday deydi: “Kuch va texnikaning beqiyos aralashmasi, g'ayrat, aqlli harakatlar va uning bizga tug'dirgan muammolar – biz bu ikki o'yinda uni sevib qoldik!”.

O'tgan mavsumda “Liverpul” 28 ta o'yinda g'alaba qozonib, yana 8 o'yinda durang qayd etib 2 bor mag'lubiyat alamini tatib ko'rgan.


Jahon CHempionati tasiri

Eng nufuzli turnirda ishtirok etadigan “Liverpul”ning asosiy tarkibi yarmidan ko'pi chempionat tufayli xavf ostida bo'ladi. Garchi Salah, Dias va Endi Robertsonlar bunday deb hisoblamasa da Klopp uchun tasalli – Misr, Kolumbiya va SHotlandiyaning saralashdan o'ta olmaganidir. “Liverpul” mavsumni Boksing Deyda “Aston Villa”ga qarshi o'tkazadi. 


Liboslar savdosi

Salahning global miqyosda super yulduz maqomi uning “Liverpul” bilan so'nggi shartnomasi bilan bog'liq kechikishlar va murakkabliklarni qisman izohlaydi. Iyul oyida haftasiga 350 ming funt sterlingdan ko'proq maosh oladigan yangi uch yillik shartnoma imzolaganida bularning barchasi kechirildi va unutildi. Bu 30 yoshli futbolchini klub tarixidagi eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylantirdi. Bu shunchaki Salahning mashhurligi va tijoriy jozibasi edi va bu unga to'lanadigan mablag'larni oqlaydi. Misr terma jamoasi futbolchisi “Liverpul” safida 254 ta o'yinda maydonga tushib ajoyib 156 ta gol kiritdi. U uzoq kutilgan shartnoma muddati uzayishidan keyin ham mana shunday samaradorlikda davom etish uchun borini beradi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda...

#SalahStays(Salah qoladi) bu yozda “Liverpul”ning ijtimoiy media kanallaridagi eng mashhur xeshteglardan biriga aylandi. Futbolchining Instagram ijtimoiy tarmog'idagi 52 mln obunachilari uning klub bilan yangi shartnoma imzolashi jarayonini kuzatib bordi. Rasman bitim tuzilgani haqidagi ikkita TikTok videosi 10 milliondan ortiq ko'rildi. CHap qanot uchun har manodagi yana bir nomzod – Kelvin Xarrisdir. Super yulduz DJ CHempionlar Ligasi finalidan keyingi uyga qaytish paradida “Liverpul” jamoasi avtobusida ziyofatni boshlab yubordi. Virjil van Deyk, Endi Robertson va Jordan Hendersonlarning Xarrisning “One Kiss is All It Takes” qo'shig'iga jo'r bo'lishi TikTokda 24 million marta ko'rildi.


Mansurbek Nematov tayyorladi 

Original manba

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика