APL autsayderi joriy mavsumda ikkinchi murabbiyni istefoga chiqarishga tayyor
02 may 2023 10:54
Yangiliklar
APL autsayderi joriy mavsumda ikkinchi murabbiyni istefoga chiqarishga tayyor
Jamoa natijalari deyarli yaxshilanmadi.
"The Telegraph" xabariga ko'ra, "Lids" bosh murabbiyi Xavi Grasiyani istefoga chiqarish haqida o'ylamoqda.
Ispaniyalik mutaxassis fevral oyida Jessi Marsh o'rniga jamoani qabul qilib oldi. O'shanda "Lids" APL turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turgan bo'lsa, hozir "oq-sariqlar" 16-pog'onada, quyi ligaga tushib ketish bir ochko oldinda.
Jamoa rahbariyati Xavi Grasiya boshchiligida jamoa olg'a siljiganiga ishonmayapti.
Fikrlar