APL. Atkinson va Frend bitta tur bosh hakam bo'lmaydi
24 fev 2015 18:41
Yangiliklar

APL. Atkinson va Frend bitta tur bosh hakam bo'lmaydi
Martin Atkinson va Kevin Frend Angliya Premer-Ligasining navbatdagi turida hech bir o'yinda bosh hakam bo'lmaydi.
O'tgan hafta Atkinson "CHelsi" va "Bernli" uchrashuvida, Frend "Sautgempton" va "Liverpul" o'rtasidagi o'yinda ishlagandi.
Ikkala hakamga ham bir qator etirozlar bildirildi. Masalan, Atkinson "Bernli" hujumchisi Eshli Barns raqib futbolchisi Nemanya Matichga ishlatgan qo'polligi uchun hech qanday jazo bermadi, Frend esa har ikkala jamoa darvozasiga ham penalti belgilashni istamadi.
Keyingi turda Martin va Kevin faqatgina to'rtinchi hakam bo'lishadi. Atkinson "Manchester Yunayted"- "Sanderlend", Frend esa "Vest Xema" - "Kristal Pelas" o'yinida zaxira hakami bo'ladi.

Fikrlar