So’nggi yangiliklar

10:49ФИФА кунлари бошланди. Миллий жамоа Кувайт ва Уругвайга қарши. Қолган ёш тоифасидаги терма жамоаларимиз кимлар билан ўйнайди?  3 10:48Жеррард мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  0 10:24ОФК ЎФАни катта миқдорда жаримага тортди  20 10:23"Бавария" Англия терма жамоаси футболчиси билан музокараларни бошлади  1 09:56Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаваронинг тайинланиши ҳақида: "Ассоцация қандай мезонларга таянганини билмайман"  18 09:20Туркиялик футболчининг трансфер нархи 80 миллион евро этиб белгиланди  0 08:59ФИФА президенти яна бир бор Ўзбекистон ҳақида фикр билдирди  3 08:15"Челси" январда 50 миллион фунтлик трансферни амалга оширмоқчи  0 07:45Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаварони терма жамоаси устози бўлгани ҳақида фикр билдирди  7 01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  5 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  1 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  41

APL. Ortiqcha izoh shart emas, "Aston Villa" "Liverpul"ni sharmanda qildi! Yangiliklar

APL. Ortiqcha izoh shart emas, "Aston Villa" "Liverpul"ni sharmanda qildi!

Angliya Premer-ligasi 4-tur doirasidagi "Aston Villa" - "Liverpul" o'yini bo'lib o'tdi.

"Aston Villa" - "Liverpul" 7:2

Gollar: 1:0 – 4 Uotkins, 2:0 – 22 Uotkins, 2:1 – 33 Salah, 3:1 – 35 Makginn, 4:1 – 39 Uotkins, 5:1 – 55 Barkli, 5:2 – 60 Salah, 6:2 – 66 Grilish, 7:2 – 75 Grilish.

"Aston Villa": Martines, Targett, Konsa, Mingz, Kesh, Duglas Luis, Makginn, Grilish, Barkli, Trezege, Uotkins.

"Liverpul": Adrian, van Deyk, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, Fabino, Keyta, Salah, Veynaldum, Diogu Jota, Firmino.


ANGLIYA PREMER-LIGASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING

Aston Villa

Ollie Watkins - 4', Ollie Watkins - 22', John McGinn - 35', Ollie Watkins - 39', Ross Barkley - 55', Jack Grealish - 66', Jack Grealish - 75'

Premier League . 4-tur

05/10/2020, 00:15

2
:
7
Tugadi

Liverpool

Mohamed Salah - 33', Mohamed Salah - 60'

Stadion: Villa Park, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Atkinson

45'
90'
4'  Ollie Watkins
4'  Jack Grealish
22'  Ollie Watkins
22'  Jack Grealish
35'  John McGinn
39'  Ollie Watkins
39'  Trezeguet
46'  Douglas Luiz
55'  Ross Barkley
55'  Jack Grealish
66'  Jack Grealish
66'  Ollie Watkins
75'  Jack Grealish
75'  John McGinn
80'  Douglas Luiz (Marvelous Nakamba)
80'  Matty Cash (Ahmed El Mohamady)
87'  Trezeguet (Bertrand Traore)
90'  Marvelous Nakamba
33'  Mohamed Salah
38'  Virgil van Dijk
46'  Naby Keita (Takumi Minamino)
60'  Mohamed Salah
60'  Roberto Firmino
61'  Joseph Gomez (Curtis Jones)
68'  Roberto Firmino (James Milner)


O'YIN YAKUNLANDI!


90+2. Nakamba Salahni yiqitgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

90. Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. "Aston Villa"ning 8-golini urishga Traore yaqin edi, ammo Milner vaziyatni bartaraf etdi.

87. Mehmonlar tarkibida so'nggi o'zgarish: Trezege ketdi va uning o'rnida Traore harakat qiladigan bo'ldi.

85. Uotkins pokerga erishishi mumkin edi, ammo darvoza to'sini bunga yo'l qo'ymadi.

83. Emiliano Martines Diogu Jotaning bosh bilan bergan kuchsiz zarbasini ilib oldi.

80. "Aston Villa"da ikki o'zgarish: Luiz - Nakamba, Kash - Elmuhammadi

75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL! Grilish birga-bir vaziyatdan gol urdi. 7-2 (!)

72. Uotkins to'rtinchi golini urishi mumkin edi, ammo "Liverpul"ga "rahmi keldi". Albatta hazil, "Liverpul"da axir Adrian borku!!! Seyv!

71. "Liverpul" futbolchilarining o'zi ham o'yinni qutqarish haqida o'ylashmayapti. Klopp va uning jamoasi bugun chin manoda sharmanda bo'lmoqda! Raqib top-klub emas, oddiygina "Aston Villa"

66. "Aston Villa" rikoshetdan uchinchi golni, umumiy oltinchi golini urmoqda. Bu safar Jek Grilishning zarbasi kutilmaganda golga aylandi.

65. "Aston Villa" qarshi hujumlarga urg'u bermoqda, "Liverpul" esa hujumlar uyushtirishga harakat qilmoqda, ammo ular doim ham muvaffaqiyatli chiqmayapti.

61. Klopp navbatdagi o'zgarishni amalga oshirdi: Gomesning o'rniga maydonga Jons tushirildi.

60. GOOOOOL! Salah gol urdi, hisob esa 5:2

59. "Liverpul"ning o'yini umuman qovushmayapti. O'yin taqdiri hal!

55. GOOOOL!! Barkli nihoyat gol urdi va bunda unga rikoshet ham yordam berib yubordi.

52. Ha, "Liverpul" keskin hujumlar uyushtira olmayapti, "Aston Villa" bugun "Liverpul"dan kuchli o'yin namoyish etmoqda.

48. "Liverpul" ikkinchi bo'limni kutilganidek hujumlar bilan boshladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- "Liverpul"da o'zgarish: Minamino Keytani almashtirdi.



BIRINCHI TAYM YAKUNLANDI

45+1. Martines yaxshi seyv ijro etdi, zarbani esa mehmonlar himoyachisi Endryu Robertson bergandi.

45. Hakam birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi.

43. Ha, "Liverpul" himoyasida muammolar etarlicha. "Aston Villa" bundan tashqari ham yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lgandi, ammo... Xullas, "Liverpul" bugun o'ziga o'xshamayapti.

39. GOOOOOL!! Ha, bu yana Uotkins! "Aston Villa" navbatdagi golini standartdan urdi.

38. Ilk sariq kartochka! Van Deyk Barklining oyog'iga o'ynab yubordi va sariq kartochka bilan "siylandi".

35. GOOOOOL! Rikoshet va hisob 3:1 (!). Gol muallifi - Makginn. To'p yo'l-yo'lakay van Deykka tegib darvoza to'ridan joy oldi.

33. GOOOOOOOOLL!! Salah gol muallifi. "Aston Villa" o'yinchisi maydonga markaziga yaqin joyda to'pni oldirib qo'ydi va yakunda "Liverpul" hisobni qisqartirdi.

31. "Aston Villa" uchinchi golni urishga yaqin edi, ammo Barklining zarbasi biroz noaniq ketdi.

28. Jotaning ajoyib zarbasi. "Vulverxempton"ning sobiq o'yinchisi jarima maydonchasi tashqarisidan ayyorona zarba berdi, ammo Martines bu to'pni qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

22. GOOOOOOOLLLLLL! Uotkins dubl qayd etmoqda! Gomesni osongina aldagan Uotkins to'pni "Liverpul" darvozasiga joylab qo'ymoqda. 

21. Martinesdan seyv! Firmino jarima maydonchasi ichiga kirib zarbar bergandi.

19. Xato qilish navbati "Aston Villa" darvozaboniga. Ammo "qizillar" vaziyatdan foydalana olishmadi!

15. Firmino! Braziliyalik hujumchi birga-bir vaziyatdan gol ura olmadi. Darvozabondan ajoyib seyv!

11. Keyta jarima maydonchasi ichida Martines darvozasi tomon zarba berib ko'rdi, ammo mezbonlar posboni o'z o'rnida.

10. "Liverpul" negadir hozircha juda passiv o'ynamoqda.

8. Barkli! Angliyalik xavbek "Liverpul" jarima maydonchasi ichida qulay vaziyatdan gol ura olmadi.

4. GOOOOOOOOLLLLL! Uotkins "Liverpul" o'yinchilarining xatosidan so'ng hisobni ochdi, bosh aybdor Adrian!

3. Dastlabki daqiqalardanoq maydon egalari, yani "Aston Villa" futbolchilari mersisaydliklar jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyat uyushtirishga urinishmoqda.

1. O'yinga start berildi!

- Assalom alekum. Tez orada Angliya chempionati doirasidagi "Aston Villa" va "Liverpul" jamoalari o'rtasidagi o'yin boshlanadi va bu bahsni sizlar bilan birgalikda kuzatib boramiz.


Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика