So’nggi yangiliklar

15:27Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  0 15:13ПСЖ Франция чемпионати рекордини ўрнатди  0 14:49"Порту" Сержиу Консейсау билан шартномани узайтирди. Унга "Милан" қизиқаётганди  0 14:21АПЛ жамоалари "Шахтёр" ярим ҳимоячисига даъвогар  0 13:55Ўзбекистон U-23 термасининг Саудия Арабистонига қарши тахминий таркиби билан танишинг  43 13:50Футзал бўйича Осиё Кубоги. Афғонистон Ироқни уйига кузатиб қўйди  6 13:22Шенсни "Ювентус" билан шартномасини узайтиришдан бош тортди  3 12:58"Челси" вингерини маълум шартлар асосида қўйиб юборишга тайёр  3 12:31"Милан" "Штутгарт" етакчисига қизиқиш билдиряпти  0 12:05Ши Таэ Йонг: "Ўзбекистон ва Саудия учрашувини стадиондан томоша қиламан. Корея мусобақани эрта тарк этгани учун бироз хафаман"  9 11:40"Интер" эгалари ўзгариши мумкин  1 11:16"Бавария", ПСЖ ва АПЛ клублари Меньян ва Теога қизиқишмоқда  1 10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   6 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2

APL. SHimoliy London derbisida "Arsenal" "Tottenxem"ni mag'lub etdi Yangiliklar

APL. SHimoliy London derbisida "Arsenal" "Tottenxem"ni mag'lub etdi

Teglar :  ArsenalTottenxem
Angliya chempionati 6-turidan o'rin olgan "Arsenal" - "Tottenxem" uchrashuvi yakunlandi.

"Arsenal" — "Tottenxem" 3:1

20.30, "Emireyts"

Arsenal – Remsdeyl, Tomiyasu, Gabriel, Uayt, Tirni, Djaka (Lokonga, 82), Parti, Edegor, Smit-Rou (Nunu Tavaresh, 88), Saka (Meytlend-Naylz, 87), Obameyang.

Tottenxem – Loris, Tanganga (Emerson, 46), Dayer, Sanches, Regilon, Xeyberg, Alli (Skipp, 46), Ndombele (Xil, 70), Son Xyn Min, Lukas Moura, Keyn.

Ogohlantirishlar: Skipp (67), Edegor (88), Lokonga (90).


YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Arsenal" mag'lubiyatlar ortidan APLdagi ketma-ket uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. 

"Arsenal" muxlislari bugun shahridagi restoranlarni boyitishsa, ajabmas.

90+2. Moura "Ayaks"ga qarshi o'yinni eslab yubordi. Uning mohir zarbasiga Remsdeyl mohirona javob berdi. Hisob o'zgarmadi.

Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi.

87. "Arsenal"da o'zgarish. Jaka o'rniga Lokonga maydonga tushdi, Saka uchun ham bugungi bahs yakunlandi, Nunu-Tavaresh o'yinga qo'shildi.

84. Oq rangli futbolkadagilar kambek amalga oshira olarmikan buyog'iga?

CHap qanotdan boshlangan hujum natijasida to'pni markazda turgan koreyalik hujumchiga uzatdi. Son esa oradagi farqni qisqartirdi. "Tottenxem" ""Arsenal"dan qanday gol urish kerakligini o'zlashtirib oldi hamda xuddi shu usulda "to'pchilar"ni jazoladi.


79. Gooolll! Hisob qisqardi. Son jamoasini "uyqu"dan o'yg'otmoqda.

75. Saka shikastlangan ko'rinadi. Eski jarohatini yangilab olmagan bo'lsa bo'lgani.

73. "Arsenal" maydonda erkin qush misoli harakat qilmoqda. Sakadan ajoyib zarba. Loris jamoasini xo'rlanishini istamadi.

70. "Tottenxem"da o'zgarish. Ndombele o'rniga Xil o'yinga qo'shildi.

68. Standart vaziyat yaxshi amalga oshirildi, biroq Obamenyangning zarbasiga Loris hushyorligini namoyish etdi.

67. OGOHLANTIRISH. Skipp raqibiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun jazolandi.

"Tottenxem" so'nggi 18 yil ichida ilk marta APLda ketma-ket 3 o'yinda o'z darvozasidan 3 va undan ko'p gol o'tkazib yubormoqda

62. KEYN! Uning uchun hammasi muhayyo qilib berilgandi, biroq hujumchi darvozabon ustidan to'pni aniq yo'llay olmadi. Ustiga-ustak ofsayd holati qayd etildi.61. Keyn yana o'z omadini sinab ko'rdi, Remsdeyl esa gol o'tkazmaslikka ont ichib maydonga chiqqan shekilli.

60. "Tottenxem" jarima zarbasi ishlab oldi. Son to'g'ri darvoza tomon zarba bergandi, ammo darvozabon uchun bu qiyinchilik tug'dirmadi.

56. "Tottenxem" nimalardir qilishga urinmoqda. Keyn raqib maydoni ichida yiqitildi, hakam esa hech narsa bo'lmaganini takidladi.

53. Mezbonlardan xavfli hujum! To'pni himoyachilar qiyinchilik bilan qaytardi, "to'pchilar" penalti so'ramoqda.

53. "Arsenal" burchak to'pi ishlab oldi, biroq hujum qaytarildi

Santu: "Arsenal"dan kutmagan edim, men dardimni kimga aytaman...

47. Taymni kutilganidek mehmonlar emas, gol urib to'ymayotgan "Arsenal" hujumlar bilan boshladi.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI. "Tottenxem" uchrashuvning qolgan yarmida nima karomat ko'rsata olishini tomosha qilamiz. Birato'la ikki o'zgarish bilan boshladi "shporlar". Alli o'rniga Skipp , Tanganga o'rnida Emerson harakat qiladi.


BIRINCHI TAYM STATISTIKASI

To'pni egallab turish — 55-45%

Zarbalar — 5:4

Aniq zarbalar — 4:1

Seyvlar — 1:1

Qo'polliklar — 6:7

Burchak zarbalari — 1:2

Ofsayd — 1:2


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. "Arsenal" so'nggi 5 ta o'yinda 2 ta gol urgandi,  "Tottenxem" bilan esa 35 daqiqada 3 ta gol urdi.

42. Tomiyasu Regilonga nisbatan qo'pol o'ynadi.

Arteta yaqin oylar ichida bunchalik xursand bo'lmagan bo'lsa kerak.

39. ZARBA! Burchakdan uzatilgan to'pni o'zini aybdor his qilayotgan Keyn bosh bilan darvozaga joylab qo'ymoqchi edi, ammo uning zarbasi aniq bo'lmadi.

38. Mehmonlar tushkun kayfiyatda. 

Raqib maydonida Keyn to'pni oldirib qo'ydi. Tezkor qarshi hujum natijasida to'p o'ng qanotdagi Sakaga kelib tushdi. Jarima maydoniga yorib kirayotgan futbolchini aynan Garri to'xtatishga harakat qildi, biroq "kanonirlar" vingeri oxirigacha harakat qilib, tabloga o'z nomini yozdirib qo'ydi.

34. Gooolll!!! 3:0! Saka! "Arsenal"dan ajoyib tomosha! "Tottenxem" o'ziga kela olmayapti.


Qarshi hujum natijasida to'p maydon markazidagi Obamenyangga kelib tushdi, u esa zargarona pas bilan chap qanotdagi Smit-Rou oldinga boshladi, dastlabki gol muallifi to'pni sherigiga qaytardi, Erik esa to'pni to'xtatmasdan xuddi birinchi goldagi singari darvozaga joylab qo'ydi. Mashg'ulotlarda ishlangan kombinaciya natijasi.

27. Gooolll! Obameyang! 2:0! "Arsenal"dan ham shunday o'yinlar ko'rar ekanmiz-ku!


26. Sakadan so'ng Jaka diqqat etiborimizda, faqat u raqibga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

25. Saka o'ng qanotdan oldinga borgandi, Regilon uni zararsizlantirdi.

24. Keyn uzoqdan zarba berib ko'rdi, biroq to'p uning o'ylaganidan ancha balandlab ketdi.

22. ZARBA! Son chap qanotdan reyd uyushtirib, chap oyog'ida kuchli zarba berdi. Remsdeyldan dastlabki seyv. 

21. "Tottenxem" o'ng qanotdan hujum uyushtirgandi, Alli to'pni oldirib qo'ydi.

Uchrashuvni Germaniya terma jamoasi murabbiyi Xans-Diter Flik kuzatib bormoqda.

17. "Arsenal" goldan ilhomlanmoqda, ketma-ket zarbalar Lorisni qiynab qo'ymoqda.

O'ng qanotdan oshirilgan to'pga himoyachilardan epchilroq harakat qilgan Smit-Rou zarba berdi hamda hisobni ochdi.

12. Gooolll! Mezbonlar hisobni ochdi! 1:0! Smit-Rou!!!


7. XAVFLI VAZIYAT! Maydon markazidan boshlangan hujum chap qanotga ko'chdi, keyinchalik markazga uzatilgan to'pga Obameyang zarba bergandi, Lorisdan seyv. Biroq hakam ofsayd holatini qayd etdi.

5. Yana maydon markazida qo'pollik, bu safar mezbonlar javob qaytardi.

3. Maydon markazida "Arsenal" futbolchisiga nisbatan o'yin qoidasi buzildi.

"Arsenal" ayni damda 6 ochko bilan 14-pog'onada, "Tottenxem" esa 9 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda. "To'pchilar" bugun g'alaba orqali raqiblariga etib olish imkoniyatiga ega.

1. UCHRASHUVNI MEHMONLAR BOSHLAB BERISHDI.

Jamoalar maydonga tushib kelishdi. Ikkala klub ham g'alaba bilan tashrif buyurgan. Xo'sh, bugun kimning qovoqlari uyular ekan.

"Tottenxem" "Arsenal"ga qarshi so'nggi 8 o'yinning 6 tasida mag'lub bo'lmagan. Ko'ramiz, mehmonlar bu safar ham hamshaharlarining maydonini yaxshi kayfiyatda tark etarmikan.


Jamoalarning so'nggi 33 uchrashuvida "kanonirlar" 11 bor shlyapalarini osmonga otishgan bo'lsa, "shporlar"da atigi bir g'alaba kam. Yana 12 uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. Ko'rinib turibdiki, bu jamoalar o'rtasidagi to'qnashuvlar doimo shiddatli kechgan.



Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Yaqin 90 daqiqa davomida SHimoliy London derbisini birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика