So’nggi yangiliklar

11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  0 10:50Нима учун Лени Йорони «Реал»га эмас, МЮга ўтгани маълум  4 10:21«Реал Мадрид» яна бир афсонаси билан шартномани узайтирди  3 09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  2 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  18 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  5 08:25Расман. «Боруссия» тўпурар ҳужумчи билан шартнома тузди  1 07:59Расман: Европа лигаси тарихидаги энг яхши тўпурар фаолиятини Саудияда давом эттиради  3 07:30Бугун «Мираброр Усмонов кубоги» старт олади  1 00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  3 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  4 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  6 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  5 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  1 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  19

APL. "Arsenal" o'z maydonida "Nottingem Forest"ni mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Arsenal" o'z maydonida "Nottingem Forest"ni mag'lub etdi

Angliya chempionati 1-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

APL. "Arsenal" – "Nottingem Forest" 2:1

Gollar: Eddi Nketia (Gabriel Martinelli) 26', Bukayo Saka (Vilyam Saliba) 32', Tayvo Avoniyi (Entoni Elanga) 82'

"Arsenal": 1. Aaron Remsdeyl, 5. Tomas Partey, 4. Ben Uayt, 2. Vilyam Saliba, 12. Yurrien Timber (18. Takexiro Tomiyasu 50'), 8. Martin Edegor, 41. Deklan Rays, 29. Kay Xaverc, 7. Bukayo Saka, 14. Eddi Nketia (19. Leandro Trossard 74'), 11. Gabriel Martinelli (6. Gabriel Magalyayns 86').

Zaxira: 31. Karl Xayn, 15. Yakub Kivior, 10. Emil Smit Rou, 20. Jorjino, 21. Fabiu Vieyra, 24. Ris Nelson.

"Nottingem Forrest": 1. Mett Terner, 30. Villi Boli, 4. Jo Uorell (11. Kris Vud 90'), 26. Skott Makkenna, 24. Serj Ore, 22. Rayan Yeyts, 5. Orel Mangala (8. SHeyxu Kuyate 90'), 43. Ola Ayna (7. Neko Uilyams 72'), 28. Danilo (9. Tayvo Avoniyi 71'), 20. Brennan Djonson (21. Entoni Elanga 83'), 10. Morgan Gibbs-Uayt.

Zaxira: 34. Itan Xorvat, 19. Mussa Niakate, 32. Lyuis O'Brayen, 23. Remo Froyler.

Ogohlantirishlar: Ola Ayna 28', Yurrien Timber 45+4', Orel Mangala 81'

Arsenal

Edward Nketiah - 26', Bukayo Saka - 32'

Premier League . 1-tur

12/08/2023, 17:00

1
:
2
Tugadi

Nottingham Forest

Taiwo Awoniyi - 82'

Stadion: Emirates Stadium, 59984 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
26'  Edward Nketiah
26'  Gabriel Martinelli
32'  Bukayo Saka
32'  William Saliba
45'  Jurrien Timber
50'  Jurrien Timber (Takehiro Tomiyasu)
73'  Edward Nketiah (Leandro Trossard)
86'  Gabriel Martinelli (Gabriel)
90'  Ben White
28'  Ola Aina
71'  Danilo (Taiwo Awoniyi)
72'  Ola Aina (Neco Williams)
80'  Brennan Johnson (Anthony Elanga)
81'  Orel Mangala
82'  Taiwo Awoniyi
82'  Anthony Elanga
90'  Joe Worrall (Chris Wood)
90'  Orel Mangala (Cheikhou Kouyate)


90+8. O'yin yakunlandi!

90+7. Edegorning darvoza tomon tepgan to'pi noaniq bo'ldi.

90+5. Bahsning so'nggi daqiqalari juda qiziqarli o'tmoqda. Ikki jamoa ham qator hujumlar uyushtirmoqda, biroq ulardan naf chiqmayapti.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.

86. Mehmonlar gol urib olgach yanada faollashdi. O'yin yakuni juda qiziqdigangan o'xshaydi.

Elanga katta tezlikda oldinga o'tdi va to'pni Tayvo Avoniyiga uzatdi, uning zarbasi golga aylandi!

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Nottingem Forest" hisobni qisqartirdi!

81. Yana bir zarba Raysdan! Darvoza tomon erga sapchitib tepgan to'pini Terner arang qaytardi.

76. Raysdan xavfli zarba!!! Erlatib tepilgan to'p darvozabonning qo'li va darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi...

70. Aynaning zarbasi kichik rekoshetga uchrab maydonni tark etdi, mehmonlar dastlabki burchak zarbasini amalga oshiradi.

64. O'yin tempi yomon emas. Hozircha biror xavfli hujum ko'rmadik, shunday bo'lsa-da, o'yinni "zerikarli o'tyapti" deb ham aytib bo'lmaydi.

56. Jonson juda qulay vaziyatdan darvozaga zarba berdi, Remsdeyl qaytardi! Ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat ham bo'lgani malum bo'ldi.

51. Tomiyasuning erlatib bergan zarbasini Terner qiyinchiliksiz ushlab oldi.

48. Timberning birinchi bo'limda olgan jarahoti yana bezovta qildi va buyog'iga o'yinni davom ettira olmasligi malum bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+6. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+4. Yurrien Timberga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. Raysning chamasi 25 metrlardan tepgan to'pini Terner ushlab oldi.

38. Martinelli raqibning ikki futbolchisidan ajoyib tarzda o'tib ketib, to'pni uzatdi, biroq hujumni yakunlaydigan futbolchi topilmadi.

37. "Nottingem Forest" ham oldinga o'tdi. Orening uzatmasi omadsiz chiqdi.

34. "Emireyts"ga yig'ilgan muxlislar yanada jonlandi, "Arsenal"ning hujumlari ko'payib bormoqda.

Saka o'ziga kelib tushgan to'pni to'g'rilab olib jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi va ajoyib gol muallifiga aylandi!

32. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sakadan super gol!

31. "Kanonirlar" gol urgach ham tinmayapti. Havercning chap qanotdan jarima maydonchasi tomon uzatgan to'pini raqib himoyachilari arang qaytarib yuborishdi.

Martinelli super harakatlar bilan raqib jarima maydonchasiga kirdi va to'pni Nketiaga uzatdi, Eddining darvoza tomon bergan zarbasi golga aylandi!

26. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Nketia uchrashuvda hisobni ochdi!

21. Terner to'pni tepayotgan vaqtda Nketia oyoq qo'ydi va to'p qaytib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

19. O'yin tempi yuqori emas. Bahs asosan maydon markazida o'tmoqda.

13. Edegor Nketiani bitta uzatma bilan ajoyib vaziyatga chiqardi, biroq ushbu vaziyatda Eddi o'yindan tashqari holatda qolgani malum bo'ldi.

11. Jonson darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, biroq bu zarba noaniq bo'ldi.

10. Sakaning o'ng qanotdan havolatib uzatgan to'pini sheriklari darvozaga aniq yo'llay bilmadi.

5. Bahsning ilk daqiqalari mezbon jamoa ustunligi bilan boshlandi.

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanishi reja qilingan uchrashuv "Emireyts" stadionidagi yangi turniketlarda paydo bo'lgan muammo tufayli 30 daqiqaga kechiktirildi!

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика