So’nggi yangiliklar

20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  0 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  1 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  13 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  7 18:46"Манчестер Сити" — "Вест Хэм". Таркиблар маълум  12 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  20 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  3 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  5 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  4 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0

APL. Lyakazettning samarali harakatlari "Arsenal"ga "Liverpul" ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

APL. Lyakazettning samarali harakatlari "Arsenal"ga "Liverpul" ustidan g'alaba keltirdi

Angliya chempionati 36-turidan o'rin olgan "Arsenal" - "Liverpul" uchrashuvi matnli translyaciyasini shu erda kuzatib bordingiz.


Arsenal – Liverpul 2:1 

«Emireyts»

Gollar: 0:1 – 20 Mane, 1:1 – 32 Lyakazett, 2:1 – 44 Nelson.

Arsenal – Martines, David Luis, Xolding, Tirni, Soaresh (Meytlend-Naylz, 76), Torreyra (Sebalos, 57), Jaka, Nelson (Obameyang, 58), Pepe, Lyakazett (Uillok, 58), Saka (Kolashinac, 85).

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Robertson, van Deyk, Gomes, Fabino, Oksleyd-CHemberlen (Keyta, 61), Veynaldum (SHakiri, 83), Mane, Saloh (Origi, 83), Firmino (Minamino, 61).

Ogohlantirishlar: Torreyra (46), Aleksander-Arnold (48), Jaka (81), Sebalos (90).


Uchrashuv yakunlandi. "Arsenal" muxlislarini g'alaba bilan muborakbod etamiz. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona uchrashguncha!

90+4. David Luis raqib hujumini bartaraf etdi. 

90+1. Sebalos Minaminoni yiqitgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Obameyangning ajoyib harakatlaridan keyin Uillokning zarbasi! Ammo vaziyat besamar, aniqrog'i noaniq zarba bilan tugadi. 

88. Uillokning ichkariga oshirgan uzatmasini Fabino qaytarishga erishdi.

85. "Arsenal"da o'zgarish: Saka o'rniga Kolashinac maydonga tushdi.

84. Arnoldning uzatmasidan keyin Luis to'pni qaytarib yubordi. 

82. "Liverpul"da 2 ta o'zgarish: Saloh o'rniga Origi, Veynaldum o'rniga SHakiri tushirildi.  

81. Jaka Keytaga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

78. Jaka tibbiy yordamga muhtojlik sezdi, shifokorlar tomonidan yordam ko'rsatildi, hammasi yaxshi. 

76. "Arsenal"da o'zgarish: Soaresh o'rniga Meytlend-Naylz tushdi. 

74. Davom etamiz. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 33% - 67%

72. Hakam "time-out" elon qildi. 

70. Uuuux! Manening havodan uzatilgan pasi himoyachilardan o'tib ketib Salohga etib keldi, Muhammadning bosh bilan yo'llagan zarbasini darvozabon Martines ushlab oldi. 

67. Manening uzatmasini himoyachilar qaytarishdi, to'p van Deykka etib keldi, u to'pni tepdi, shundan so'ng Minamino allanimalardir qildi va Tirni yiqitdi deya yotib oldi.  

64. Granit Jaka Fabinoni yiqitdi va jarima zarbasi o'yinga kiritildi. 

62. Zarba! Minaminoning erlatib yo'llagan zarbasi xavfli ko'rinish oldi, ammo noaniq. 

61. "Liverpul"da 2 ta o'zgarish qilindi: Oksleyd-CHemberlen o'rniga Minamino, Firmino o'rniga Keyta tushirildi. 

59. Uillok hujumchi ortida, Obameyang esa o'ng qanot hujumchisi sifatida o'ynamoqda. 

57. "Arsenal"da 3 ta o'zgarish:  Torreyra o'rniga Sebalos, Lyakazett o'rniga Uillok, Nelson o'rniga Obameyang tushdi. 

54. ZARBA! Arnoldning uzatmasidan keyin Saloh yaqin masofadan zarba yo'lladi, Martines to'pni qaytardi. 

51. David Luis "Liverpul" hujumini to'xtatishga erishdi. 

50. Turli pala-partishliklardan so'ng, "Liverpul" burchak to'piga ega bo'ldi va uni Arnold ijro etdi. 

48. Arnold Sakaga nsibatan qo'polligi uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

46. Torreyra Gomesni yiqitdi va ogohlantirish oldi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

LIVE  A Seriya. "Sassuolo" - "Yuventus" 0:2 (matnli translyaciya) 

Birinchi bo'lim tugadi.  Tanaffus!

45+2. Mane Xoldingni itarib yubordi, jarima to'pi. 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.

44. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Alisson xato qildi. Uning xatosidan unumli foydalanildi - Lyakazettning pasidan keyin Nelson hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi!  

42. "Arsenal" futbolchisi xato qildi, bundan unumli foydalanmoqchi bo'lgan Salohning yo'llagan zarbasi Tirni tomonidan to'sib qo'yildi. 

39. Xolding "Liverpul" hujumini to'xtatish uchun to'pni maydondan chiqarib yuborishga majbur bo'ldi. 

35. Hakam qoida buzish qayd etdi.  Bukayo Saka Arnoldni yiqitdi.  

32. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! van Deykning xatosidan so'ng, Aleksandr Lyakazett ishonchli ravishda gol urdi - 1:1! 

30. "Arsenal" raqibdan to'pni olib qo'ygan holda ichkariga intildi, ammo Nelsonga sovuqqonlik etishmadi. 

28. "Arsenal" hujumga o'tishda qiynalyapti, mehmonlar raqiblarini xato qilishga majbur etmoqdalar. 

26. Uchrashuv davom etadi. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 43% - 57%

24. O'yin to'xtatildi. Futbolchilar suv ichib olishlari mumkin. 

22. Oksleyd-CHemberlenning uzatmasini himoyachilar "bloklashdi". 

20. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sadio Mane Robertsonning pasidan keyin qiyinchiliksiz "Arsenal" darvozasini ishg'ol etdi! 0:1! 

19. Pepe markazda to'pni oldirdi, endi "Liverpul" hujumga o'tadi. 

16. Lyakazett Firminoni aldadi va van Deykdan o'tib ketayotganida yiqitildi. 

15. Muhammad Saloh ofsaydd qolib ketgani malum bo'ldi. 

12. Uuxxx! Sal qolsa Martines jamoasiga pand berishiga oz qoldi... uning pasidan keyin "Liverpul" futbolchisi to'pni olib qo'yishi mumkin edi, yaxshiyamki, to'p darvoza ustuniga tekkan holda maydon tashqarisiga chiqib ketdi.  

11. Robertson jarima zarbasidan to'pni havolatib ichkariga oshirdi. Martines o'z vaqtida darvozadan chiqib kelib, to'pni qo'liga ilib oldi.

9. "Liverpul" burchak to'pini o'yinga kiritdi. "Arsenal" himoyachilari to'pni qaytarib yuborishdi.  

7. Saka ortga Tirniga pas berdi, Tirni esa David Luisga, keyinchalik to'p yo'qotildi. 

6. Uuuxx! Sedrik Soareshning uzatmasi rejadagidek chiqmadi, "Liverpul" uchun xavf ortda qoldi. 

4. Obameyang bugun zaxirada qoldirilgan, "Arsenal"ga esa Aleksandr Lyakazett sardorlik qilmoqda.

3. Robertsonning ichkariga oshirgan pasi xavfli ko'rinish olishi mumkin edi, ammo mezbonlar vaziyatni oldini olishdi. 

1. O'yin boshlandi! 

- "Arsenal" maydonga chiqib keldi va "Liverpul" uchun chempionlik yo'lagi tashkil etib berildi.  Demak, biz boshlaymiz. 

O'yin oldi fotosuratlar

"Emireyts" o'yingohi bugungi o'yinni qabul qilishga tayyor!

Tarkiblar elon qilindi

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:15da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun sizlar bilan birgalikda Londonga, "Emireyts" stadioniga sayohat qilamiz. Bizgi oldinda "Arsenal" va "Liverpul" o'rtasidagi ajoyib to'qnashuv kutmoqda. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика