APL. 4-tur prevyusi
13 sen 2014 13:32
Yangiliklar

APL. 4-tur prevyusi
Bugun dunyodagi eng qiziqarli va eng tomoshabop chempionati hisoblangan Angliya premer-ligasining 4-turiga start beriladi.
Quyida ana shu o'yinlarga qisqacha to'xtalib o'tamiz.
“Arsenal” - “Manchester Siti”
SHanba, “Emireyts”, 16:45, hakam: Mark Klattenburg
O'tgan turda har ikkala grand ham kutilmaganda ochko yo'qotgan edi. “SHaharliklar” o'z maydonlarida “Stok Siti”ga yutqazib qo'yishgan bo'lishsa, “to'pchilar” “Lester” bilan durangga imzo chekishgan edi. Tabiiyki, bu safar ular ikki karra ishtiyoq bilan maydonga tushadilar, ahir ketma-ket ikki uchrashuvda ochko yo'qotish grandlarga hos emas.
Arsen Venger shogirdlari o'z uylarida to'p tepishadi, Pellegrini shogirdlari esa mamlakatning amaldagi chempionlari. Turning markaziy o'yini ishqibozlarni zeriktirib qo'ymasligi aniq.
O'yinlan oldin
Arsen Venger (“Arsenal” bosh murabbiyi): “SHanba – bizning jamoa sifatida yaxshi shakllanib ulgurganimiz va keskin kurashga tayyor ekanligimizni isbotlovchi muhim kun”.
Manuel Pellegrini (“Manchester Siti” bosh murabbiyi): “Frenk Lampard o'yinga tayyor, u oxirgi oyda tinimsiz ishladi va unda hech qanday muammolar yo'q. SHuningdek, o'ynashga shay futbolchilar orasida Mangala ham bor. Biz yaqin bir hafta davomida uchta muhim uchrashuvni o'tkazishimiz kerak, shuning uchun ham barchada maydonga tushish imkoniyati bo'ladi. Jarohat olganlar safida Fernando va Yovetich bor.”
Jarohat olganlar: Gnabri, Uolkott, Jiru – Yovetich, Fernando
So'roq ostida: Remsi (Arsenal)
“Sanderlend” – “Tottenxem”
SHanba, “Stedium of Layt”, 18:00, hakam: Kreyg Pauson
Mezbonlar dastlabki uchta bellashuvda ikki ochko jamg'arishdi, lekin tanqidchilar hozircha “qora mushuklar” sarboni Gustavo Poyetni nishonga olishmayapti. Axir, klub kimsan MYUdan bir pog'ona yuqorida turibdi. “Tottenxem” esa o'tgan turda o'z maydonida “Liverpul”dan uchralgan yirik mag'lubiyat alamini mezbonlardan olishga shay turibdi.
Jarohat olganlar: Uoker (Tottenxem)
So'roq ostida: Soldado (Tottenxem)
“Sautgempton” – “Nyukasl”
SHanba, “Sent-Meri”, 18:00, hakam: Kris Foy
Mavsum boshlanishidan oldin tarkibining katta qismini o'zgartirgan “Sautgempton” hozircha yomon o'ynamayapti, APLda uch o'yinda 4 ochko yig'ish oson emas. Mezbonlar yozgi transfer oynasida o'yinchi sotish borasida etakchi bo'ldilar. O'z navbatida “Nyukasl” ham tarkibini sezilarli tarzda o'zgartirdi, lekin bu holat ijobiy natijalarga kafolat bo'la olmayapti.
Jarohat olganlar: Gallaxer, Isgrouv, Rodriges – Ferreyra, Sisse, R.Teylor, Aarons, Santon
So'roq ostida: Mane - Tiote
“CHelsi” – “Suonsi”
SHanba, “Stamford Bridj”, 18:00, hakam: Kevin Frend
Turning yana bir markaziy bellashuvi. CHempionat boshlanishidan avval kimdir bu uchrashuvni markaziy bo'ladi desa ishonmasdik. Lekin, uchta tur ortda qolgan bir vaziyatda faqatgina shu ikki jamoa yuz foizlik natija qayd etib, turnir jadvalida qo'shhokimlikni o'rnatishgan. Demak, bu uchrashuv faqatgina uch ochko uchun emas, chempionatdagi yakka peshqadamlik uchun ham kechadi. Ajoyib ijrochilarga ega londonliklar qarshi hujumda o'ynovchi uelsliklarga qarshi. Yana bir qiziq jihat, APL ning avgust oyi laureatlari safini aynan mana shu ikki klub vakillari to'ldirishgan. Oyning eng yaxshi murabbiyi nominaciyasida Garri Monk Mourinoni ortda qoldirgan bo'lsa, eng yaxshi futbolchi nominaciyasida Diego Kosta etakchilik qildi. Undan keyingi ikki pog'onani “Suonsi” azolari Natan Dayera va Gulfi Sigurdssonlar egallashdi.
Jarohat olganlar: Britton, Donnelli (ikkisi – Suonsi)
So'roq ostida: Kosta – Boni, Emnes
“Liverpul” – “Aston Villa”
SHanba, “Anfild roud”, 20:30, hakam: Li Meyson
Suaresni “Barselona”ga sotib yuborgan “qizillar” “Manchester Siti”dan safarda uchralgan mag'lubiyatni g'isobga olmaganda yomon boshlashmadi. Afsuski, bu o'yinda Rodjers jamoasining asosiy “snayper”i Starrij jarohati tufayli maydonga tusha olmaydi. SHunga qaramay, mezbonlar favorit sifatida ko'rsatilmoqda. Pol Lambert shogirdlari esa chempionatni kutilganidan ham alo darajada boshlashdi, har holda APL da uchinchi o'ringa tasodif tufayli chiqib ololmaysiz.
Jarohat olganlar: Flanagan, SHkrtel, Jonson, Starrij, Jan – Benteke, Kozak
So'roq ostida: Allen – Okore, Vlaar
“Manchester Yunayted” – KPR
Yakshanba, “Old Trafford”, 19:00, hakam: Fil Daud
Yozgi transferlar paytida etarlicha o'yinchi sotib olgan “mankunianliklar” hali birorta uchrashuvda g'alaba qozonganlaricha yo'q. Ertangi o'yin oldidan ko'pchilikni Lui Van Gaal kimlarni asosiy tarkibda tushirishi-yu, qaysi chiziqda o'ynatishi qiziqtirayotgani aniq. Golland murabbiyining uchta himoyachi bilan o'ynash taktikasi hozircha Angliyada ish bermayapti, lekin u o'z uslubidan voz kechmoqchi emas. Nazarimizda, MYU ga bitta g'alaba etishmayapti, birgina chiroyli g'alabadan so'ng “qizil iblislar”ning o'yini ochi lib ketishiga ishonsa bo'ladi. Har holda tarkib bunga imkon beradi. KPR rahnamosi Xarri Rednapp murabbiy sifatida biror marta ham “Manchester Yunayted”ni mag'lub eta olmagan.
Jarohat olganlar: Karrik, Jons, Fellaini, Smolling, Lingard – Forlin
So'roq ostida: Barton (KPR)
Bundan tashqari, bu turda yana to'rtta o'yin bo'lib o'tadi.
“Vest Bromvich” – “Everton”
SHanba, “Xotorns”, 18:00, hakam: Entoni Teylor
Jarohat olganlar: Kone, Ovedo, Barkli (“Everton”)
So'roq ostida: Anichebe, Foster, Leskott – Kone, Ovedo, Barkli
“Stok Siti” – “Lester”
SHanba, “Britania Stedium”, 18:00, hakam: Maykl Oliver
Jarohat olganlar: Odemvingi, Kemeron – Apson
So'roq ostida: Jeyms (Lester)
“Kristal Pelas” – “Bernli”
SHanba, “Selxerst Park”, 18:00, hakam: Mayk Din
Jarohat olganlar: SHamax – Vouks
So'roq ostida: Ledli (Kristal Pelas)
“Xall Siti” – “Vest Xem”
Dushanba, “KS Stedium”, 23:00, hakam: Martin Atkinson
Jarohat olganlar: Snodgrass – Nolan, Kerroll, Jenkinson
So'roq ostida: Robertson, Ernandes – Nolan, Kerroll
Tolibjon Qosimov

Fikrlar