APL: 31-tur prevyusi. Mourino-Venger qarama-qarshiligi va boshqa to'qnashuvlar
22 mar 2014 13:57
Yangiliklar

APL: 31-tur prevyusi. Mourino-Venger qarama-qarshiligi va boshqa to'qnashuvlar
Arsen Vengerning yubileyi fonida “CHelsi” hamda “Arsenal” chempionlik poygasidagi eng muhim o'yinlardan birini “Steford Brij”da o'tkazishadi. Biroq Angliya chempionati 31-turida yuz berishi kutilayotgan qiziqarli voqealar shuning o'zidan iborat emas.
“Arsenal” Veger yubileyiga qanday sovg'a taqdim etadi?
Agar Arsen Venger Mourino uni “muvaffaqiyatsizliklar bo'yicha mutaxassis”, deb ataganini unutmagan bo'lsa, “CHelsi” maydonidagi o'yin bu gapga munosib javob berishning ayni qulay vaqtidir. Ayniqsa bu uning “kanonirlar” bosh murabbiyi sifatidagi 1000-uchrashuvi ekanini hisobga olsak, bundan-da idealroq fursat bo'lmasa kerak.
Agar francuz bosh murabbiyi o'yinni g'olib sifatida yakunlashni uddalasa, unda jamoasi yana chempionlik poygasida asosiy davogarlardan biriga aylanadi, “CHelsi”ning esa etakchi bilan orasidagi farq olti ochkoga etadi.
Boshqa tomondan, o'yin ikki jamoaning birinchi davradagi qarama-qarshiligiga o'xshash scenariy ostida kechishi ham mumkin. Jamoalar tarkib borasida etarlicha muammolarga egadirlar. Mag'lubiyat esa har ikki jamoaning chempionlik ambiciasiga katta zarba berishi mumkin. Bu faktorlarni hisobga olsak, o'yin durang natija bilan yukunlanishi katta ehtimol. SHunday bo'lsa, bundan faqat “Liverpul” hamda “Man. Siti” yutadi xolos.
“Xall”ning “Uembli”ga sayohati oldidan...
Futbol hamjamiyati, ayniqsa ingliz matbuoti Stiv Bryus ushbu mavsumni juda ham omadli o'tkazayotganini takidlayapti. Axir u boshchiligidagi “Xall” Angliya Kubogining yarim finaliga yo'l oldi. Bunday natijaga ushbu klub bir necha o'n yillardan buyon erisha olmayotgandi.
Undan tashqari uning jamoasi mavsum davomida faqatgina bir marotaba turnir jadvalining xavfli zonasiga tushib qoldi xolos. O'shayam birinchi turdan keyin edi. SHunday bo'lsa-da, “yo'lbarslar” chempionat doirasidagi so'nggi to'rt o'yinning uchtasida mag'lub bo'ldi va asta-sekinlik bilan jadvalda quyilab borishyapti. Bemalol “Uembli”ga safar haqida o'ylash uchun “Vest Bromvich”ga qarshi o'yinni ko'ngilli natija bilan yakunlab olishi lozim bo'ladi.
Kompanining yo'qligi “Fulxem” uchun imkoniyat (mi?)
“Nyukasl”ga qarshi o'yin oldidan londonliklar bosh murabbiyi Feliks Magat “Fulxem” futbolchilarining kiyim almashtiradigan xonasini jamoa muxlislari fotolari bilan bezab chiqdi. Bu esa futbolchilarni ruxlantirib yubordi va jamoa uzoq kutilgan uch ochkoni qo'lga kiritdi.
Taklif bor. Bu safar nemis murabbiyi Vensan Kompanining portretini ko'tarib olsin. “Manchester Siti” himoyasi usiz kuchli emas, yorib o'tsa bo'ladi, eplaysizlar”, degan manoda. Balkim bu ham foyda berib qolar.
Hazil hazil bilan-ku, lekin aslini olganda ham belgilalik himoyachi asosiy tarkibda maydonga tushmagan vaqtdlarda “Siti” himoyasida palapartishlik ko'p kuzatilgan. Statistikaga ko'ra ham u o'ynagan o'yinlarda jamoa, o'ynamagan o'yinlarga nisbatan ikki barobar kam gol o'tkazadi o'rtacha hisobda.
Biroq londonliklar shuni unutishi kerak emaski, o'tgan haftada “shaxarliklar” Kompani chetlatilgan bo'lsa ham gol o'tkazmaslik bilan bir qatorda, g'alaba qozonishga ham erishdi. Oson bo'lmaydi-da qisqasi.
Monk – muammoga echim emas
Mikael Laudrupning Garri Monkaga almashtirilishi “Suonsi”ga kutilgan natijalarni bermadi va mavum so'ngiga qadar ham bu qaror bilan uelsliklarning hayoti engillashib qolmasa kerak. Uels derbisidagi go'zal g'alabadan keyingi etti o'yinning birortasida “oq qushlar” zafar neligin bilmay kelishyapti. O'tgan haftada esa chempionatning yaqqol autsayderi bo'lmish “Vest Bromvich” ham ularni engib ketdi. Qolgan barcha turnirlardagi yurushini to'xtatgan Monk jamoasi butun etiborini Premer-ligada jon saqlab qolishga qaratgan. Biroq vaziyatni o'nglash uchun “Everton”ga qarshi safardagi o'yin eng maqbul vaqt emas-ov...
Britancha yo'l tut, “Kardiff”
MYUning “Fulxem”ga qarshi o'yinidan keyin Devid Moyes ustidan butun ingliz matbuoti kulgandi. O'sha o'yinda uning jamoasi faqat qanotdan havolatib to'pni jarima maydoniga uzatavergandi, uzatavergandi, uzatavergandi... Lekin hayron qolarlisi, “Liverpul”ga qarshi o'yinda jamoa shu ishni umuman qilmadi. Tanqidlar tasiri bo'lsa kerak. Rojers jamoasi himoya chizig'ining eng zaif tomoni mana shu krosslar edi.
“Kardiff” liverpulliklarga qarshi o'yinda albatta qanotdan havolatib beriladigan uzatmalardan foydalanadi. Bunga shubha qilmasa ham bo'ladi. Bu ularning doimiy o'yin uslubi. Qanot yarim himoyachilari ham ancha faol. Biroq muammo shundaki, “Liverpul”ga qarshi o'yin uchun ularda boshqa qurolning o'zi yo'q. “Liverpul” qanday formada ekani haqida gapirib, vaqt olishning hojati ham bo'lmasa kerak.
Van Persining jarohati “MYU” o'yiniga qanchalik tasir qiladi?
Robin van Persi “Manchsester Yunayted”ning CHempionlar Ligasi chorak finalga chiqish masalasini hal etib, Moyesning jamoada qolish muddatini uzaytirib berdi. Biroq futbolchi “Olimpiakos”ga qarshi o'yinda jarohat oldi va “Vest Xem”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Katta ehtimol bilan “Bavariya”ga qarshi ikki o'yinda ham ishtirok eta olmaydi. Bu esa bosh murabbiyga yana bir qo'shimcha bosh og'riq yaratgani tayin.
O'tgan mavsumda “Vest Xem”ga qarshi har ikki o'yinda ham MYUni qutqarib qolgadi. “Apton Park”da maydon egalari ikki oydan buyon mag'lubiyatga uchramayotganini hisobga olsak, Moyesga har ehtimolga qarshi yana tanqidlarga tayyor turishini tilaymiz. Bilib bo'ladimi..?
Pochettino bo'lg'usi jamoasiga qarshi?
Maurisio Pochettino “Tottenxem” bosh murabbiyligi uchun asosiy davogarlardan biri hisoblanyapti. Nima uchunligi ham tushunarli. CHeklangan va kamtarona resurslar bilan ham “Sautgempton”ni kuchli, shijoatli, o'yini yo'lga qo'yilgan jamoaga aylantirib qo'ya oldi.
“Uayt Xart Leyn”da bo'lib o'tadigan ushbu o'yin murabbiy uchun yangi ish joyiga joylashish oldidan rahbarlar bilan suhbat (job intrview) vazifasini o'tab berishi mumkin. Biroq hozircha Pochettinoning o'zi bu taklifga rozi yoki yo'q ekanligi nomalum.
31-tur
22 mart, shanba
17:45 CHelsi – Arsenal
20:00 Kardiff Siti – Liverpul
20:00 Everton – Suonsi Siti
20:00 Xall Siti – Vest Bromvich Albion
20:00 Manchester Siti – Fulxem
20:00 Nyukasl Yunayted – Kristal Pelas
20:00 Norvich Siti – Sanderlend
22:30 Vest Xem Yunayted – Manchester Yunayted
23 mart, yakshanba
18:30 Tottenxem Xotspur – Sautgempton
21:00 Aston Villa – Stok Siti
Tur oldidan turnir jadvalidagi holat
Abror Qodirov tayyorladi

# | Jamoa | O'yin | G'alaba | Durang | Mag'. | T-N | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | CHelsi | 30 | 20 | 6 | 4 | 56-23 | 66 |
2 | Liverpul | 29 | 19 | 5 | 5 | 76-35 | 62 |
3 | Arsenal | 29 | 19 | 5 | 5 | 53-28 | 62 |
4 | Manchester Siti | 27 | 19 | 3 | 5 | 71-27 | 60 |
5 | Tottenhem | 30 | 16 | 5 | 9 | 37-38 | 53 |
6 | Everton | 28 | 14 | 9 | 5 | 40-28 | 51 |
7 | Man. Yunayted | 29 | 14 | 6 | 9 | 46-34 | 48 |
8 | Sautgempton | 30 | 12 | 9 | 9 | 43-37 | 45 |
9 | Nyukasl | 29 | 13 | 4 | 12 | 37-40 | 43 |
10 | Aston Villa | 29 | 9 | 7 | 13 | 32-38 | 34 |
11 | Stok Siti | 30 | 8 | 10 | 12 | 32-44 | 34 |
12 | Vest Xem | 29 | 8 | 7 | 14 | 32-38 | 31 |
13 | Xall Siti | 29 | 8 | 6 | 15 | 30-37 | 30 |
14 | Suonsi Siti | 29 | 7 | 8 | 14 | 38-43 | 29 |
15 | Norvich Siti | 30 | 7 | 8 | 15 | 24-48 | 29 |
16 | Vest Bromvich | 29 | 5 | 13 | 11 | 33-43 | 28 |
17 | Kristal Pelas | 29 | 8 | 4 | 17 | 19-38 | 28 |
18 | Sanderlend | 27 | 6 | 7 | 14 | 26-42 | 25 |
19 | Kardiff siti | 30 | 6 | 7 | 17 | 23-52 | 25 |
20 | Fulhem | 30 | 7 | 3 | 20 | 30-65 | 24 |
Abror Qodirov tayyorladi

Fikrlar