So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

APL. 25-tur prevyusi Yangiliklar

APL. 25-tur prevyusi

Teglar :  APLPrevyu
Bugun Angliya Premer-ligasida 25-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Bugun Angliya Premer-ligasida 25-tur uchrashuvlariga start beriladi.Turning markaziy o'yini hisoblangan "Liverpul" - "Tottenxem" bahsiga bag'ishlangan alohida prevyuni keyinroq saytimizda o'qishingiz mumkin. Hozir esa qolgan bellashuvlarga atalgan prevyuni etiboringizga havola etamiz.

APL, 25-tur
"Arsenal" – "Xall Siti"

11.02.2017, 17:30
"Emireyts stedium"
Bosh hakam:
Mark Klattenburg (Nyukasl-apon-Tayn)

"Arsenal" oxirgi ikkita o'yinda engildi, "Xall Siti" esa MYU va "Liverpul"dan 4 ochko oldi. Birinchisi favorit, lekin formada emas, ikkinchisi autsayder, lekin formada.

"Arsenal"ning markazdagi muammolarini hisobga olsak, yaqinda Afrikadan qaytgan Elneni garchi to'liq tayyor bo'lmasada, maydonga tushishi mumkin. Sababi, o'tgan safar uning joyida o'ynagan Oksleyd-CHemberlen markazda o'zini erkin his qila olmagan edi.

Qiziq:

- "Kanonirlar" APL doirasida 2008 yil "Xall" bilan o'tkazilgan birinchi o'yindagi mag'lubiyatdan keyingi sakkizta o'yindan ettitasida g'alaba qozongan (7 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat);
- "Yo'lbarslar" fevral oyida o'tkazilgan ikkala o'yinda ham o'z darvozalari dahlsizligini saqlab qolishdi. Bu ularning APLda undan oldingi 26ta o'yindagi natijasiga teng degani;
- Aleksis Sanches chempionatda "Xall"ga qarshi o'tkazilgan uchta o'yinda 5ta gol urgan va 1ta golli pas bergan.



"Manchester Yunayted" – "Uotford"
11.02.2017, 20:00
"Old Trafford"
Bosh hakam:
Robert Medli (Yorkshir)

"Manchester Yunayted" ketma-ket duranglardan keyin o'tgan tur "Lester"ni yirik hisobda taslim etdi. "Uotford" esa so'nggi ikki o'yinni o'z foydasiga hal etgan.

Jamoalarning 1-davradagi bahsida "Uotford" 3:1 hisobida g'alaba qozongan, Mour va futbolchilar o'sha mag'lubiyatni unutishmagani aniq. MYU o'yinga deyarli yo'qotishlarsiz keldi, faqatgina Fil Jonsda jarohat bor va murabbiy uning ishtirok etmasligini aytib o'tdi.

Qiziq:

- "Yunayted" APLda "Uotford"ga qarshi oldingi uchta uy uchrashuvida ham g'alaba qozongan;
- Pol Pogba va Zlatan Ibragimovich bu mavsum bir-birlariga 27ta golli vaziyat yaratishgan, bu boshqa istalgan duetdan ko'proq;
- Troy Dini chempionatda oxirgi uchta o'yinda gol urdi.



"Midlsbro" – "Everton"
11.02.2017, 20:00
"Riversayd"
Bosh hakam:
Mayk Din (Xesvoll)

"Midlsbro" ettita o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmayapti, bu esa ularni jadvalning xavfli hududiga yaqinlashtirib qo'ydi. "Everton" esa hozir juda yaxshi formada. SHu sababli, bu uchrashuv favoriti "irislar".

Lukaku o'tgan tur to'rtta gol urdi va bugungi uchrashuvda ham asosiy etibor unga qaratiladi. Lekin, "Midlsbro" uyda kam gol o'tkazib yuboradigan jamoalardan hisoblanadi.


Qiziq:

- "Irislar" APLda "Midlsbro"ga qarshi oxirgi 12ta o'yindan faqat bittasida mag'lub bo'lishgan, ettita o'yinda esa g'alaba qozonishgan (7 g'alaba, 4 durang, 1 mag'lubiyat);
- Romelu Lukaku yana bitta gol ursa, "Everton"ning Premer-ligadagi to'purari Dunkan Fergyusonga etib oladi. Ayni paytda Lukaku hisobida 59ta gol bor, Fergyuson esa 60ta gol urgan.



"Stok Siti" – "Kristal Pelas"
11.02.2017, 20:00
"Britannia"
Bosh hakam:
Martin Atkinson (Lids)

"Stok Siti" o'z maydonidagi oxirgi 10 o'yindan faqat bittasida engilgan. Bu ularni Ellardaysning barqaror o'ynay olmayotgan klubiga qarshi favoritga aylantiradi.

"Pelas" tarkibida bugun nihoyat, Sako va Milivoevichlar debyut qilishlari mumkin. Asosiy himoyachi Dann esa kichik jarohat olgan.

Qiziq:

- "Burgutlar" APL doirasida "Stok"ka qarshi oxirgi oltita o'yindan beshtasida g'alaba qozonishgan (5 g'alaba, 1 durang);
- Kristian Benteke Premer-ligada "Kristal Pelas"ning bir mavsumda 10tadan kam gol urmagan uchinchi futbolchisiga aylanishi uchun bittagina gol etmayapti. Ayni  paytda belgiyalik hisobida 9ta gol bor.



"Sanderlend" – "Sautgempton"
11.02.2017, 20:00
"Stadium of Layt"
Bosh hakam:
Pol Tirni (Lankashir)

"Sanderlend" so'nggi pog'onada bormoqda, lekin oldingi turda "Kristal Pelas"ga safarda qaqshatqich zarba berdi. Mezbonlarning yana bir ustunligi jarohatlar ancha kamayib qoldi.

"Sautgempton"da Van Deyk jiddiy jarohat olgan, Fonte "Vest Xem"ga o'tib ketdi. Bu esa himoyani yaxshigina kuchsizlantirib qo'ydi.

Qiziq:

- Ayni raqiblar 1978 yildan beri yoki 37 o'yindan beri o'zaro nursiz durang qayd etishmagan;
- Devid Moyes murabbiy sifatida "Sautgempton"ga oxirgi 11ta uchrashuvdan faqat bittasini yutqazgan (6 g'alaba, 4 durang, 1 mag'lubiyat).



"Vest Xem" – "Vest Bromvich"
11.02.2017, 20:00
"Olimpiya"
Bosh hakam:
Maykl Oliver (Nortumberlend)

Turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan jamoalar bahsi. "Vest Xem" oxirgi paytlarda o'z o'yinini topib oldi. Yanvar oyining eng chiroyli goli muallifi bo'lgan Endi Kerrollning o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida. SHuningdek, Kuyate va Kressuellar ham fitness test topshirishgan. Test natijalari yuqoridagi uch futbolchining bugun o'ynay olishi masalasini hal qiladi.

"Vest Bromvich"da ham kadrlar bilan bog'liq muammolar deyarli yo'q.

Qiziq:

- "Vest Xem" "Bromvich"ga qarshi Premer-liga doirasida oxirgi ettita uy uchrashuvida mag'lub bo'lmagan (2 g'alaba, 5 durang);
- Endi Kerroll "bolg'aurarlar"ning APLda 30ta gol urgan beshinchi o'yinchisi bo'lishi uchun bitta gol etmayapti. Hozir Kerroll hisobida 29ta gol bor.



"Bernli" – "CHelsi"
12.02.2017, 18:30
"Terf Mur"
Bosh hakam:
Kevin Frend (Lestershir)

"Bernli" bu mavsum "Terf Mur"da fantastik natijalarni qayd etmoqda. Har safar mezbonlar ochko yo'qotishlari kutilgan o'yinda aksi bo'lib chiqayapti. Lekin, SHon Daych jamoasida markazda harakatlanuvchilardan Marni, Defur va Xendrikda jarohat bor. "CHelsi" o'tgan tur markazida muammosi bor klubni qay ahvolga tushirib qo'yishini "Arsenal" misolida ko'rsatib bergan edi. Kante va Matichning hozirgi holatidan kelib chiqilsa, "CHelsi"ning markazi raqibnikini oldida fantistikadek gap.

Qiziq:

- "Bernli" APLda "ko'klar"ni hech qachon mag'lub etmagan (1 durang, 4 mag'lubiyat);
- Faqatgina "Tottenxem" (32) va "CHelsi" (33) bu mavsum uyda "Bernli" (28)dan ko'proq ochko jamg'arishgan.



"Suonsi" – "Lester"
12.02.2017, 21:00
"Liberti stedium"
Bosh hakam:
Jonatan Moss (Yorkshir)

"Suonsi" "Lester"ga qarshi oxirgi o'yinlarda juda yomon natijalarni qayd etishgan. Lekin, Klement bosh murabbiy bo'lgach, jamoa o'yinida ham, natijalarida ham o'sish kuzatildi. APLda yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi amaldagi chempionlarni ham taslim etishga urinadi.

Qiziq:

- Gulfi Sigurdsson oxirgi 11ta golidan ettitasini standart vaziyatdan urgan (4ta jarimadan, 3ta penaltidan);
- "Suonsi" "Lester"ga qarshi oxirgi 4ta o'yinda mag'lub bo'lgan, to'plar nisbati 1:1.



"Bornmut" – "Manchester Siti"
14.02.2017, 01:00
"Vitaliti Stedium"
Bosh hakam:
Nil Suorbrik (Lankashir)

"Bornmut" bu turdagi raqibiga qarshi so'nggi uchrashuvlarda ayanchli natijalarni qayd etgan. Boz ustiga, "Bornmut" himoyasining asosiy "figura"laridan bo'lgan Frensis, Deniels va Smitlar hafta davomida mashg'ulotlarda ishtirok etishmadi. Himoyadagi bunday muammolar Gvardiola jamoasiga qarshi qimmatga tushishi mumkin.

"Siti" o'ziga kelib oldi va natija bilan birga o'yinini ham o'stirdi.

Qiziq:

- "SHaharliklar" APLda "Bornmut"ga qarshi uchchala o'yinda ham g'alaba qozongan, to'plar nisbati - 13:1;
- Raxim Sterling "Bornmut"ga qarshi ikkita Premer-liga o'yinida 4ta gol urgan.



Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Tolibjon Qosimov

Eplmanager.com saytida bugun yangi sovrinli liga ishga tushadi. Jamoa tuzing va sovrinlarni yutib oling. Jamoa tuzishga o'tish

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика