So’nggi yangiliklar

11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  3 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  3 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  30 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  19 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  24 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  2 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  14 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  17 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  40 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3

APL 2018/19. Rekordlar, raqamlar va qiziqarli malumotlar Yangiliklar

APL 2018/19. Rekordlar, raqamlar va qiziqarli malumotlar

Angliya Premer-ligasining yakunlangan mavsumiga oid qiziqarli raqamlarni etiboringizga havola qilamiz.

Sovrin uchun eng qaynoq kurash

Joriy mavsum APLni ko'rishimiz uchun sabab bo'lgan narsa "Manchester Siti" hamda "Liverpul" o'rtasidagi chempionlik poygasi bo'ldi. G'olib nomi so'nggi tur bahsidan keyin aniqlandi. Bu poyga 2011/12 mavsumdan keyingi eng yorqini bo'ldi, faqat o'sha 7 yil oldingi mavsumda "Siti" to'plar nisbati bo'yicha MYUdan o'tib ketgandi.

Premer-liga yaratilganidan so'ng faqat 5 marta g'olib va ikkinchi o'rinni bir yoki undan kam ochko ajratib qolgan, bunisi oltinchisi bo'ldi.


O'tgan mavsum "Manchester Siti" rekord farq bilan chempionga aylandi, bu safar esa "shaharliklar" quvuvchi rolida bo'lib, dekabr oxirida "Liverpul"dan 10 ochko orqada edi. Ko'rsatilgan iroda, darajani hisobga olsak, ular uchun chempionat muhimroq ahamiyatga ega bo'ldi.

"Liverpul"ga alohida rahmat aytish lozim, chunki jamoa avvalgi mavsumga qaraganda 22 ochko ko'p to'pladi, 16ta kam gol o'tkazdi va 5ta ko'p gol kiritdi. Boshqa mavsumlarda bu natija chempionlik uchun etarli bo'lardi, ammo bunisida emas.


Ikki etakchi

CHempionlik uchun kurash avjiga chiqqanida, ikki jamoa qolganlardan farqni yiriklashtirib olishdi. Mavsum boshida "CHelsi" ular bilan teng kurash olib bordi, biroq keyin pastga tushib ketishdi. "Tottenxem" ham yaqin edi, ammo bu poygani tez tark etdi. Qolganlar ikki etakchiga etib olish uchun harakat ham qilishmadi.

Bu bilan yana bir APL rekordi o'rnatildi. Premer-liga tarixida birinchi marta ikkinchi va uchinchi o'rin o'rtasidagi farq 25 ochkoga etdi. Avvalgi rekord 2011/12 mavsumda bo'lgan. O'shanda farq 19 ochko edi.

Bu raqiblar kuchsizligidan emas, etakchilarning kuchidan dalolat beradi. "Siti" va "Liverpul" birgalikda 195 ochko to'plab, rekord o'rnatishdi.


Katta oltilik

Farq haqida gap ochilgan ekan, demak 6 va 7-o'rin o'rtasidagi "jarlik" haqida ham eslab o'tish lozim. Agar avvallari APLda "katta to'rtlik" mavjud bo'lsa, hozir uning o'rnini katta "oltilik" egalladi: "Manchester Siti", "Liverpul", "CHelsi", "Tottenxem", "Arsenal" va MYU.


Bu mavsum 7-o'rin bir yil oldin CHempionshipda o'ynab yurgan "Vulverxempton"ga nasib etdi. Ular joriy mavsum "kuchli oltilik" jamoalarining deryali barchasidan ochko tortib olishga muvaffaq bo'ldi. Bu jamoa MYUdan 9 ochko ortda qolib ketdi.


Sxemalar evolyuciyasi

Bir necha yil oldin 4-2-3-1 sxemasi ingliz futbolidagi asosiy taktika edi, 2015/16 mavsumda ingliz jamoalarining yarmidan ko'pi undan foydalangan. Asta-sekinlik bilan bunday jamoalar kamayib bordi va endi bu sxema cho'qqidagilarga kerak bo'lmay qoldi.

Joriy mavsum 4-3-3 katta foyda berdi, ammo uning muxlislari hozircha ko'p emas, ammo kelasi mavsumda Klopp va Gvardioladek o'ynashni istaganlar ko'payib qolishi mumkin. To'g'ri, 4-3-3 4-2-3-1 davridagi kabi mashhur emas, chunki hozir jamoalar ko'p tajriba sxemalarini ishlatib ko'rishmoqda va yangi sxemalar soni ko'paygan.


Fulbeklar davri

Qanot himoyachilarining jamoadagi roli yildan-yilga muhimlashib bormoqda. So'nggi besh mavsumda ularning golli uzatmalari sezilarli darajada oshgan. 2013/14 mavsumda ularning assistlari 75tani tashkil qilgan bo'lsa, bu mavsum 135ta golli uzatma bo'ldi.

Yurgen Kloppning "Liverpuli" muvaffaqiyatlariga aynan fulbeklar katta hissa qo'shishdi (23ta golli pas). Ikkinchi o'rindagi "Arsenal"da esa bu natija deyarli ikki baravar past (13ta).

Trent Aleksandr-Arnold va Endryu Robertsonlar APLning eng yaxshi assistentlari beshligiga kirishdi. Trent hamkasbini so'nggi turda quvib o'tdi, unda 12ta uzatma, shotlandiyalikda 11ta. Ulardan keyingi o'rinlarni Xose Xolebas va Rikardu Pereyralar (6tadan assist) egallab turishibdi.

"Byornli" fulbeklari hammani achinarli natija bilan hayron qoldirishdi. CHaqat CHarli Teylor yagona golli pasi bilan ajraldi. O'tgan mavsum CHempionshipda 14ta golga assistentlik qilgan "Vulverxempton" fulbeki Barri Duglas, joriy mavsum chempionatning kuchini his qildi. Bu safar "bo'rilar" fulbeklarining umumiy uzatmalari soni 6ta bo'ldi, chunki Duglas jamoada yo'q edida.


Uzoqdan berilgan zarbalar soni kamaydi

Joriy mavsum uzoqdan zarba berish bo'yicha eng past natija qayd etildi. Bu ko'rsatkich anchadan beri pasayib bormoqda, ammo hozir u eng past nuqtaga etdi. APL futbolchilari bu mavsum jarima maydonchasi tashqarisidan 3644ta zarba berishibdi, 2003/04 mavsumda ushbu ko'rsatkich 5038ta zarbani tashkil qilardi.

Endi esa kutilmagan natija: Bu 3644ta zarbaning 4,2% golga aylangan va bu tarixdagi eng katta natija. Uzoqdan berilgan zarbalar soni kamaydi, ammo futbolchilarning mahorati oshdi.


Mehmonlar muvaffaqiyati oshib, durang kamayib ketmoqda

Joriy mavsum mehmonda qozonilgan g'alabalar foizi tarixdagi eng yaxshisiga aylandi. 380ta uchrashuvning 128tasida mehmonlar uyga uch ochko bilan qaytishdi, bu 33,68% degani. Mezbonlarning muvaffaqiyati mehmonlarnikidan biroz farq qilmoqda.

Hammadan ko'proq "Manchester Siti" (14ta) va "Liverpul" (13ta) mehmonda zafar quchishdi. Bu borada eng yomon natija "Xaddersfild" (1ta) va "Fulxem"da (1ta).

Joriy mavsum Premer-liga tarixida eng kam durang qayd etildi. 71ta yani barcha uchrashuvlarning 18,7%.


Bahorning mart va aprel oylarida ketma-ket 35ta o'yinda durang qayd etilmadi.


O'tgan mavsumning yakuni bilan qo'shib hisoblasak, "Tottenxem" ketma-ket 32ta bahsda birorta durangga erishmadi. Joriy mavsum eng kam durang "Siti" va "shporlar" hisobiga yozildi (2tadan). "Sautgempton" murosa ko'chasini tanlash bo'yicha etakchi bo'ldi.


Evropada hukmronlik

Joriy mavsum Premer-liga klublari evrokubok bahslarida hukmron bo'lishdi. Evropa ligasi va CHempionlar ligasi finallarida faqat ingliz klublari ishtirok etishdi. Avvallari bunaqasi bo'lmagan.


Aytgancha, ikkita ingliz klubi ikkinchi marta Evropa ligasi/UEFA Kubogi finalida to'qnash kelmoqda. Birinchi marta "Tottenxem" va "Vulverxempton" o'zaro kuch sinashishgan.

Bu mavsum ingliz futboli uchun eng yaxshisi bo'ldi. Ular evrokuboklarda finalga chiqish bo'yicha birinchi o'rinni egallashdi. Ingliz jamoalari joriy mavsum bilan qo'shib hisoblaganda 37 marta finalda to'p tepishdi, ispanlarda bu ko'rsatkich 36tani tashkil qiladi.


Gollar

"Tottenxem" hamda "Everton" o'rtasidagi so'nggi tur uchrashuvining 75-daqiqasida Kristian Eriksen o'z jamoasi uchun durang qayd etdi va mavsumdagi so'nggi (1072) golni urishga muvaffaq bo'ldi. Bu 1995 yildan so'ng o'rnatilgan eng yaxshi natija. O'sha yili APL jamoalari soni 20taga kamaytirilgan edi. 20ta jamoa bilan qayd etilgan avvalgi rekord 2011/12 mavsumda (1066ta gol) bo'lgan.

Eng ko'p gol "Manchester Siti" hisobiga to'g'ri keladi (95ta), raqib darvozasini juda kam ishg'ol etgan jamoa "Xaddersfild" bo'ldi. Mavsum to'purari sovrini birdaniga uch futbolchiga topshirildi. Muhammad Saloh, Per-Emerik Obameyyang va Sadio Manelar 22tadan gol urishga muvaffaq bo'lishdi. So'nggi marta 2010/11 mavsumda Karlos Tevas va Dimitar Berbatovlar joriy mavsumdagidan kamroq gol urib (20ta), to'purar sovrinini qo'lga kiritishgan edi.


CHet ellik - muvaffaqiyat kaliti

Ingliz klublari aynan shu qoida bo'yicha murabbiy tanlashmoqda. Qachonlardir Angliya murabbiylar maktabi o'z iqtidorlari bilan nom taratgan edi, ammo hozir ko'proq chet ellik mutaxassislarga ishonch bildirilmoqda. Iqtidorli murabbiylar CHempionshipda etarlicha, ammo APLda bundaylar kam. Agar Angliya chempionati klubida yosh ingliz murabbiy bo'lsa, demak, tez orada u jamoani tark etadi.


Joriy mavsum faqat to'rt angliyalik murabbiy mavsumni boshidan oxirigacha bir jamoada ishladi. 

O'tgan mavsumda o'n besh nafar britaniyalik Premer-klublarida ishlashga muvaffaq bo'lishdi, ularning 7 nafari vaqtinchalik mutaxassis bo'lib, 10tadan ortiq uchrashuv o'tkazishmadi. Ularning faqat uchtasi chempionatni boshidan oxirigacha bir jamoada o'tkazishdi.


Bu vaziyat har yili takrorlanmoqda va ingliz murabbiylari cexidan chiqayotganlar yuqori joylar uchun kurashishmayapti. Britaniyalik murabbiy birinchi oltilikda kamdan-kam paydo bo'ladi. So'nggi marta Brendan Rojers 2013/14 mavsumda "Liverpul" bilan sovringa yaqin kelgandi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика