So’nggi yangiliklar

13:53Артета: "Арсенал"да эканлигимдан фахрланаман"  0 13:24Жибриль Сиссе панжара ортида ўтириши мумкин  0 12:55"Манчестер Сити" январь ойидаги трансфер мақсадини белгилаб олди  1 12:30Украина футзал терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:532016 йилги жаҳон чемпиони Аргентина терма жамоасининг "Ҳумо Арена"даги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:25"Насаф" легионери 3 та ўйинга дисквалификация қилинди, Иван Бошкович ва Рўзиқул Бердиевга интизомий чора кўрилди  29 10:51Роналду кейинги йилларда "Олтин тўп"га асосий даъвогарлар кимлар бўлишини маълум қилди  11 10:15Бразилия термаси устози ваъда берди  4 09:42ЦСКА голеадор ҳужумчи билан шартнома тузди  3 09:05«Динамо» легионер футболчиси билан шартномани узайтирди  2 08:32Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси Жаҳон чемпионатидаги илк учрашувда оқ либосда майдонга тушади  3 07:56Икки нафар футболчимиз Осиёда ЖЧ-2026 саралаши 2-тур рамзий жамоасидан ўрин олди  2 07:27Суперлига. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  25 01:22Эрик тен Хаг: "Биз жамоани қайта қуряпмиз"  9 00:45"Барселона", ниҳоят, "Боруссия" Д билан ҳисоблашди  4

APL, 20-tur. "CHelsi" Uayt Xart Leynda taslim etildi Yangiliklar

APL, 20-tur. "CHelsi" Uayt Xart Leynda taslim etildi

Angliya chempionati 20-tur doirasidagi "Tottenxem" - "CHelsi" uchrashuvi tafsilotlari bilan ushbu sahifa orqali tanishib borishingiz mumkin.
APL, 20-tur.

Tottenxem – CHelsi 5:3

Uayt Xart Leyn

Gollar
: Diego Kosta (18), Keyn (30, 52), Rouz (44), Taunsend (45-penaltidan), Azar (61), SHadli (78), Terri (87)

Tottenxem
– Loris, Rouz (Devis, 76), Uoker, Fasio, Vertongen, Bentaleb, Meyson (Dembele, 14), Eriksen, Taunsend (Paulino, 66), SHadli, Keyn.

CHelsi
– Kurtua, Ivanovich, Terri, Keyxill, Aspilikueta, Fabregas, Matich, Oskar (Ramires, 46), Villian (Salax, 72), Azar, Kosta.

Ogohlantirishlar
: Bentaleb (66), Paulino (72), Fabregas (82), Keyn (87).                                 
                                           
                                 MATNLI TRANSLYACIYA
                                            YANGILASH


SHu bilan "Tottenxem" - "CHelsi" uchrashuvidan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, Aziz futbol muxlislari!
Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


O'YIN TUGADI!


90` Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi.


90` "CHelsi" hujumda...


89` Sakkizta gol! Kam emasmi? Yana gol ko'rmaymizmi?


88` Diego Kostada imkoniyat! Zarba va Loris!


87` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JON TERRI! "Tottenxem" futbolchilari g'alabani nishonlash bilan ovora bo'lib qoldilar shekilli. Jon Terri osonlik bilan Loris qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etib qaytmoqda, 5:3!



85`
Eden Azar - uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi derdim, agarda Keyn bo'lmaganida. Lekin shunga qaramay fikrimni o'zgartirmagan bo'lardim. Yana belgiyalik sehrgar o'zining zargarona o'yinlari va fintlari bilan raqib himoyachilarini sarson qildi va to'pni Salahga oshirdi. Biroq hujumchi golli vaziyatdan foydalana olmadi.


83` Ramires qulay vaziyatni ko'kka sovurmoqda... Agarda gol bo'lganida "CHelsi"da imkoniyat paydo bo'larmidi...?


82` Qolgan daqiqalar ichida "CHelsi" uchta gol ura oladimi? Buni bilmadimku, ammo Eden Azar kamida bitta gol urishiga ishonsa bo'ladi. Qolgani FANTASTIKA...


81`
Maydonda ikkala jamoa futbolchilari kichik tushunmovchilikka oydinlik kiritib o'tishdi. "CHelsi" futbolchilari ancha asabiylar. Ularni tushunsa bo'ladi...


80` O'yin davomida tinib-tinchimagan SHadli ham Kurtuani ranjitishga erishdi. Joze Mourino jamoasi tor-mor etilmoqda...


79` Bo'ldi, o'yin tamom! Londonda esa Yangi yil bayramini "shporlar" nishonlashda davom etishadi!


78` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHADLI! 5:2!


76` Eden Azarga tasanno! Barakalla! "CHelsi"ning chiroyli kombinacion hujumi. Azardan Aspilikueta tomon super pas! Aspilikueta ham juda chiroyli tarzda darvozaning pastki uzoq burchagini nishonga olgandi. Ammo Loris ham chiroyli "seyv"ni amalga oshirdi!


75` FANTASTIKA!!!!!!!!! EDEN AZAR!!!!!!!!!!! ASPILIKUETA! LORIS!!!!!!!!!!!!


74`
"CHelsi" safidan Eden Azar, "Tottenxem"dan esa Keyn bugun juda yaxshi harakat qilishmoqda.


72`
"CHelsi"da o'zgarish. Villian o'rniga hujumchi Salah tushirildi.


70`
"Tottenxem"dan xavfli hujum, ammo masala golgacha etib bormadi. "CHelsi" ham tezkor javob qaytardi. Eden azar bu vaziyatda faollik ko'rsatdi. Uni raqib himoyachisi ushlab qolganiga qaramasdan Eden Azar yiqilib olmadi va kurashni davom ettirdi. Lekin to'pga birinchi bo'lib Loris egalik qildi.


69`
Keyn nimalar qilmoqda? "Tottenxem" hujumchisi sal qolsa xet-trik qayd etishi mumkin edi...


67`
"Tottenxem" safida o'zgarish ruy berdi. Taunsend o'z o'rnini Paulinoga bo'shatib berdi.


65`
Bentaleb hakam tomonidan ogohlantirish oldi.


64` "Tottenxem" hisobda oldinga borayotganiga qaramasdan hujum qilishda davom etmoqda. Qoyil! Maydon egalari himoyaga yotib olishganicha yo'q...


62`
Hali kurash davom etadi?!


61` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! EDEN AZAR!! Eden Azar! Ha, o'sha tinib-tinchimas Eden Azar! Belgiyalik futbolchi Fabregas bilan juda chiroyli kombinaciya o'ynadi va to'pni darvozaga aniq yo'lladi, 4:2!


58`
Sesk Fabregasning tepgan to'pi "jonli-devor"ga tegib qaytdi. Ikkinchi urinishda tashkil etilgan hujum ham samara bermadi. Bu safar ham Fabregasning zarbasi noaniq chiqdi.


57`
Eden Azar jarima zarbasi ishlab oldi. To'p oldida Fabregas.


55`
"CHelsi" futbolchilari kecha oqshom bayramni yaxshi o'tkazishgan ko'rinishadi. Qo'shnilari "Tottenxem" esa bugun bayramni nishonlashmoqda...


54` Garri Keyn bugun "Qorbobo" kiymida harakatlanmoqda.


53` Uayt Xart Leynda Yangi yil bayrami davom etmoqda...


52` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KEYN!!!!!!!!!!!!! "Tottenxem" hujumchisi to'pni jarima maydonchasi atrofida qabul qilib oldi va Kurtua qo'riqlayotgan darvozaning pastki uzoq burchagiga to'pni joylab qo'ydi, 4:1!


51` Eden Azar! Kuchli va noaniq zarba!


50`
Aspilikueta Azarga to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi. Belgiyalik futbolchi to'pga bormadi, chunki etib bora olmasdi...


49`
"Tottenxem" to'pni raqibidan olib qo'ydi. Eriksen jamoasi hujumini rivojlantirmoqchi edi. Jarima maydonchasi ichida "CHelsi" himoyachilari uni zararsizlantira olishdi.


48`
Diego Kostaning urinishi besamar ketdi.


47`
"CHelsi" ancha faollik bilan bo'limni boshlamoqda.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- Tanaffusda bekor o'tirmang. Yangiliklardan boxabar bo'ling. Yilning ilk shov-shuvli transferini Oliy liga jamoalarimizdan biri amalga oshirishga ulgurdi. Ishonmasangiz mana bu sahifaga bir ko'z yugirtiring. Qaynoq xabar!

- Dahshatli kechgan birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


45` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! TAUNSEND!
Muorino kiyinish xonasiga yo'l oldi. Kurtua tepilgan zarba yo'nalishini topdi, ammo to'pni qaytara olmadi, 3:1!

45` YANGI YIL MUBORAK! PENALTI! KURTUA o'zini ko'rsatishi kerak, aks holda hisob 3:1ga aylanishi mumkin...


45`
"CHelsi" tanaffusga mag'lub holda chiqib ketishga yaqin turibdi. Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.


44` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ROUZ! "CHelsi" himoyasida muammolar ko'paygandek. SHadli yana ulardan "qochib" ketmoqda. Zarba va yana darvoza ustuni! Lekin qaytgan to'pga birinchilardan bo'lib etib kelgan Rouz qiyinchiliksiz hisobni jamoasi foydasiga oshirdi, 2:1!


42` Gol! SHadli!!!!!!
SHadli raqib himoyachilaridan uzib ketdi va to'ni Kurtuaning oyoqlari orasidan o'tkazdi. Lekin to'p darvozaga borib tushishni istamadi.


40`
Fabregas to'pni qabul qilib olishda xatoga yo'l qo'ydi va jamoasining hujumi uzilib qoldi.


37` Branislav Ivanovich!!!!! Ajoyib!
Diego Kosta bilan bir-birini juda yaxshi tushunib harakat qilgan "CHelsi" himoyachisi Branislav Ivanovich raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi. Biroq "Tottenxem" himoyachi ham o'zini ko'rsatdi va so'nggi lahzada to'pni raqibidan olib qo'ydi.


34`
"CHelsi" himoyalanishga majbur bo'lmoqda. Ivanovich hozir yaxshi harakat qildi va xavfni bartaraf etdi.


32`
O'yin boshqattan boshlanadi endi. "CHelsi" buyog'iga yana katta kuch bilan o'ynashi, "Tottenxem" esa g'ayratini ishga solishi zarur bo'ladi. London-derbisi!


30` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KEYN!

"Tottenxem" uyg'ondi! Keyndan esa super-gol! Uzoqdan yo'llangan kuchli va aniq zarba oldida Tibo Kurtua ojiz qoldi, 1:1!


28` "Oltin to'p-2015" uchun kurash boshlandi! Eden Azar o'zini asosiy davogar sifatida ko'rsatishlarini istamoqda! Azar juda faol!


26`
Ustunlik "CHelsi" tomoniga o'tdi. Tibo Kurtua darvozasi oldida vaziyatlar kuzatilmayapti.


24`
Hisob 0:2ga aylanishi mumkin edi. Diego Kostaning to'p uzatishidan so'ng Oskar qulay vaziyatdan foydalana olmadi.


21`
Kiritilgan goldan so'ng mezbonlarning faolligi ancha susayib qoldi. To'p bilan ko'proq mehmonlar muomalada bo'lmoqda.


19`
Hujumlar yomg'irini uyushtirgan maydon egalari, gol urgan "CHelsi" bo'ldi. Gol kiritilishida Eden Azarning xizmatlari siz tasavvur qilgandan ham kattaroq. Eden birin-ketin raqib futbolchilarini ortda qoldirdi va to'pni darvozaga yo'lladi. (SHu vaziyatda Kosta o'yindan tashqari holatda qolib ketgani takroriy lavhada ko'rindi). To'p esa darvoza ustuniga tegib Oskarga bordi. Oskarning zarbasini esa Diego Kosta bo'sh qolgan darvozaga to'g'irlab qo'ydi, 0:1.


18` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DIEGO KOSTA!!!!!!


17`
"Tottenxem" ancha faol!!!!!!!


15` Xavfli vaziyat!!!! "Tottenxem"ning hujumi! SHadlidan chiroyli zarba! CHalqancha uslubda SHadli Kurtuani ojiz qoldirmoqchi bo'ldi. Ammo Tibo Kurtua yilni bunaqangi gol o'tkazish bilan boshlashga uyaldi va to'pni bartaraf etdi! Qoyil SHadli! Barakalla Kurtua!

Joze Mourino Uayt Xart Leynga tashrif buyurmoqda. Yilning ilk o'yini oldidan ancha jiddiy kayfiyatda mister "Special one"


13`
Maydon egalari tezkor hujum tashkil etishdi. SHadli bu vaziyatda biroz shoshmashosharlikka yo'l qo'ydi.


11` Diego Kosta jamoasi hujumini o'zining zarbasi bilan muvaffaqiyatli yakunlamoqchi bo'ldi. To'p yo'l-yo'lakay Vertongenning qo'liga tegdi. Kosta hakamga: "Yangi yilni penalti bilan boshlaylik", - degandek gap qilgandi. Hakam esa unga:  "Men senga qorbobo emasman", - dedi shekilli. Penalti belgilanmadi. To'g'ri, to'p qo'lga tekkandek bo'ldi, ammo bu penalti uchun etarli emas. Masofa juda yaqin edi va himoyachi to'pni qo'li bilan o'ynamadi, balkim to'p qo'lga tegdi.


9`
"CHelsi" o'z jarima maydonchasi atrofida uralashib qoldi. Maydon egalari ancha tetik o'ynashmoqda.


7`
"CHelsi"ning hujumi davom etmoqda. Ammo Diego Kostaning bir o'zi raqib himoyachilari oldida hech narsa qila olmadi. Unga yordam beradigan jamoadoshi ham topilmadi.


6`
Villian maydon markazida to'pni yo'qotdi. Keyinchalik esa qoidani buzishga majbur bo'ldi.


5`
"SHporlar" gol urishni juda istashmoqda. Lekin ilk zarba qarshisida Tibo Kurtua o'zini yo'qotib qo'ymadi. 


4`
Tegirmon ham navbati bilan degandek... Endi hujum qilish navbati maydon egalariga keldi. "Tottenxem" raqib himoyasini yorib o'tmoqchi bo'ldi. Ammo Jon Terri boshchiligidagi himoya qo'rg'oni yaxshi harakat qildi.


3`
"CHelsi" 2015 yildagi o'zining ilk hujumini uyushtirgandi. Ugo Loris bu vaziyatda to'pni osonlik bilan egallab oldi.


2`
Hozircha to'p maydon markazida o'ynalmoqda.


1` Uchrashuv boshlandi! Yangi yildagi ilk sharhimizni boshladik unda...


- Bugun bir yildan buyon mag'lubiyat nimalagini bilmay kelayotgan jamoalar o'zaro bellashishadi... Qiziq o'yin bo'lishini kutib qolamiz!


- Jamoalar maydonga saf tortishmoqda. Ular futbolni sog'inishgan. Hamma futbolni sog'ingan. Futbolchilar yashil maydonni qumsashgani aniq. Futbol o'ynanashmaganiga ham bir yil bo'ldida...

-
Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Avvalambor barchangizni yangi yil bayrami bilan muborakbod etamiz! Yangi yilning ilk kunidayoq Angliya yashil maydonlarida shiddatli futbol uchrashuvlari boshlanib ketgan. Birozdan so'ng London-derbisida "Tottenxem" hamda "CHelsi" jamoalari o'zaro bahs olib borishadi. Ushbu bellashuvdan saytimiz orqali matnli translyaciyani olib boramiz. Xizmatingizda kamina SHahboz Beg'amov bo'ladi. Endi bosh og'rig'i qolib uyqudan turganlar, mehmonga borishga shoshilmang! Kech tushib qoldi, kamiga futbol boshlanay demoqda. 


- Uchrashuv soat 22:30da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика