APL. 19-tur o'yinlari uchun prevyu
26 dek 2019 11:38
Yangiliklar


APL. 19-tur o'yinlari uchun prevyu
26.12 17:30 (Toshkent vaqti) "Tottenxem" - "Brayton"
Joze Mourinyuning yangi jamoasiga tasiri tobora bilinib bormoqda. Masalan, kuchli oltilik klublariga qarshi o'ynash nuqtai nazaridan bu seziladi.
O'tgan turda "Tottenxem"ning o'yini Sonning chetlatilishi bilan esda qoldi. Mour o'z shogirdlarini o'z maydonida o'tadigan o'yinga jiddiy tayyorlagani aniq. O'yinning boshidanoq jamoadan shiddatli o'yinni kutish mumkin.
"Brayton" to'p bilan ko'proq muomila qiladigan jamoa, biroq ular mehmonda o'ynashini unutmasligimiz lozim. O'tgan turda jamoa o'z maydonida "SHeffild"dan engildi (0-1). Grem Potter shogirdlari Londonga jiddiy niyatlar bilan keladi. Ular katta raqiblarga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatishlarini hamma biladi. Jumladan, "Liverpul", MYU va "Arsenal"ga qarshi uchrashuvlar bunga misol bo'la oladi.
Tottenham Hotspur Harry Kane - 53', Dele Alli - 72' |
Premier League . 19-tur 26/12/2019, 17:30 1
:
2
Tugadi
|
Brighton & Hove Albion Adam Webster - 37' |
Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 56308 tomoshabin
Bosh hakam: Graham Scott
O'yinga oid faktlar:
- "Tottenxem" barcha turnirlarda o'z maydonida kechgan "Brayton"ga qarshi oxirgi 4ta o'yinning hammasida yutgan.
- "Tottenxem" o'z uyida barcha musobaqalardagi "Brayton"ga qarshi oxirgi 3 o'yinda gol o'tkazmagan.
- Barcha musobaqalardagi o'zaro kechgan oxirgi 3 o'yinda kamida 2,5 gol urilgan.
Taxminiy tarkiblar
"Tottenxem" (4-2-3-1): Gassaniga, Ore, Alderveyreld, Sanches, Rouz, Uinks, Dayer, Alli, Sessenon, Moura, Keyn
"Brayton" (4-3-1-2): Rayan, Montoyya, Uebster, Dank, Bern, Muy, Stivens, Pryopper, Gros, Mope, Konnolli
26.12 20:00 "Bornmut" - "Arsenal"
O'yinning asosiy intrigasi Mikel Artetaning debyuti bo'ladi.
"Bornmut" oxirgi o'yinlarda juda oqsayapti. Jamoaning zarba berishdagi va gol kiritishdagi ko'rsatkichi juda past. SHunga qaramay, ular o'z maydonida "to'pchilar"ga munosib qarshilik ko'rsatadilar. Ajablanarli tarafi, jarohatlangan futbolchilar "Arsenal"dan ko'ra "Bornmut"da ko'proq. Vaqt qisqa bo'lsa-da, Arteta ham o'z jamoasi bilan mashg'ulotlarda astoydil ishlashga harakat qildi. Asosiy vazifa – stabil o'yin va palapartishliklarga yo'l qo'ymaslik ekani malum qilindi.
Bugun ehtiyotkorona, ammo chiroyli o'yin bo'lishi kutilmoqda.
AFC Bournemouth Dan Gosling - 35' |
Premier League . 19-tur 26/12/2019, 20:00 1
:
1
Tugadi
|
Arsenal Pierre-Emerick Aubameyang - 63' |
Stadion: Vitality Stadium, 10234 tomoshabin
Bosh hakam: Stuart Attwell
O'yinga oid faktlar:
- "Bornmut" Premer-liga doirasidagi oxirgi 7 o'yinning 6tasida mag'lubiyatga uchragan.
- "Arsenal" barcha musobaqalarda "Bornmut"ga qarshi kechgan so'nggi 3 o'yinda g'alaba qozongan.
- "Arsenal" APLda oxirgi 10ta o'yindan 9tasida g'alaba qozona olmagan.
Taxminiy tarkiblar
"Bornmut" (4-4-1-1): Ramzdeyl, Steysi, Frensis, Mefam, Simpson, Kuk, Lerma, Billing, Freyzer, King, Uilson
"Arsenal" (4-3-3): Leno, Naylz, Luiz, Sokratis, Saka, Genduzi, Jaka, Torreyra, Pepe, Lyakazett, Obameyang
26.12 20:00 "CHelsi" - "Sautgempton"
Lempard jamoasi o'tgan turda “Tottenxem”ni mag'lub etgan va jamoaning kayfiyati alo darajada. “Stemford Brij”da bo'lib o'tadigan navbatdagi uchrashuv oxirgi paytlar chiroyli o'yin ko'rsatayotgan Ralf Xazenxyuttl shogirdlariga qarshi o'tadi. Ularning tarkibida to'purar Denni Ingz bor va u “CHelsi” himoyachilariga bosh og'riq bo'lishi mumkin.
“Ko'klar” ko'pincha quyi pog'onalardagi jamoalarga qarshi o'ynashga qiynaladi. “Sautgempton” aynan shunday jamoadir. Yana kim bilsin, oldinda bizni qiziqarli qarama-qarshilik kutib turgani aniq.
Chelsea |
Premier League . 19-tur 26/12/2019, 20:00 2
:
0
Tugadi
|
Southampton Michael Obafemi - 31', Nathan Redmond - 73' |
Stadion: Stamford Bridge, 40651 tomoshabin
Bosh hakam: Jonathan Moss
O'yinga oid faktlar:
- "CHelsi" barcha musobaqalardagi so'nggi 9 o'yindan 8tasida g'alabaga erishgan.
- "Sautgempton" ishtirokidagi Premer-liganing oxirgi 9 o'yinida kamida 2,5 gol kiritilgan .
- "CHelsi" barcha musobaqalarda "Sautgempton"ga qarshi oxirgi 3 uy o'yinida gol o'tkazib yubormagan.
- "CHelsi" oxirgi 5 o'yinda "Sautgempton"ga mag'lub bo'lmagan.
Taxminiy tarkiblar
"CHelsi" (4-2-3-1): Arrisabalaga, Jeyms, Ryudiger, Tomori, Emerson, Jorjino, Kante, Villian, Maunt, Xadson-Odoi, Abraxam
"Sautgempton" (4-4-2): Makkarti, Suaresh, Stivens, Bednarek, Bertran, Armstrong, Uord-Prouz, Xyoyberg, Redmond, Ingz, Long
26.12 22:30 "Manchester Yunayted" - "Nyukasl"
MYUning “Uotford”dan mag'lubiyatga uchragani butun Angliya futbol jamoatchiligini hayron qoldirdi. “Nyukasl” MYUning tushkun holatidan foydalanib qolish niyatida.
Bu o'yinda kutilayotgan yangilik – Pol Pogbaning maydonga tushishidir. “Qizil iblislar” Pogba orqali chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qiladilar. SHuningdek, bugungi uchrashuvda De Xeadan ham ko'p narsa kutilmoqda yani chiroyli seyvlar va “quruq o'yin”. “Nyukasl” himoyaga “yotib olishi” ekspertlar tomonidan aytilmoqda. Ko'ramiz, xulosalarimiz o'zini oqlarmikin. Bu o'yinni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.
Manchester United Anthony Martial - 24', Mason Greenwood - 36', Marcus Rashford - 41', Anthony Martial - 51' |
Premier League . 19-tur 26/12/2019, 22:30 1
:
4
Tugadi
|
Newcastle United Matthew Longstaff - 17' |
Stadion: Old Trafford, 73206 tomoshabin
Bosh hakam: Kevin Friend
O'yinga oid faktlar:
- "Manchester Yunayted" barcha musobaqalarda "Nyukasl"ga qarshi o'tgan oxirgi 19 uy o'yinidan 18tasida mag'lub bo'lmagan.
- Premer-liga doirasida "Nyukasl"ning mehmonda kechgan so'nggi 3 o'yinida 2,5tadan ko'p gol urilmagan.
- "Manchester Yunayted" APLda o'z maydonidagi oxirgi 7ta o'yinda mag'lubiyatga uchramadi.
Taxminiy tarkiblar
"Manchester Yunayted" (4-3-3): De Xea, Uan-Bissaka, Lindelyof, Maguayr, Yang, Pogba, Maktominey, Fred, Grinvud, Marsyal, Reshford
"Nyukasl" (3-5-2): Dubravka, SHer, Fernandes, Lejen, Mankilo, Xeyden, SHelvi, Almiron, Villems, Kerroll, Joelinton
27.12 01:00 "Lester" - "Liverpul"
Boxing Day’ning markaziy o'yini deb bemalol ayta olamiz.
Rojers Vardiga Boxing Day’da dam berishini aytgan, ammo bu bugun sodir bo'lmasa kerak. Murabbiy katta ehtimol bilan o'tgan galgi tarkibni maydonga tushiradi.
“Liverpul”da jarohatdagilar ko'p, ammo “fantastik trio” bor – nima g'am bor? Brendan Rojers sobiq jamoasiga qarshi yohud u Klopp uchun muammo tug'dira oladimi? Bugun tunda dahshatli o'yin orqali bunga guvoh bo'lamiz.
Leicester City |
Premier League . 19-tur 27/12/2019, 01:00 4
:
0
Tugadi
|
Liverpool Roberto Firmino - 31', James Milner - 71', Roberto Firmino - 74', Trent Alexander-Arnold - 78' |
Stadion: King Power Stadium, 32211 tomoshabin
Bosh hakam: Michael Oliver
O'yinga oid faktlar:
- "Liverpul" Premer-ligada 34 o'yindan buyon yutqazmayapti.
- "Liverpul" Premer-ligada so'nggi 8 uchrashuvda kamida 2ta gol kirityapti.
- "Lester" APLda oxirgi 11 uy uchrashuvlarida mag'lub bo'lmagan.
- "Liverpul" barcha musobaqalardagi oxirgi 5 o'yinda "Lester"ga yutqazmagan.
Taxminiy tarkiblar
"Lester" (4-5-1): SHmeyxel, Pereyra, Evans, Syoyundjyu, CHiluell, Peres, Tilemans, Ndidi, Meddison, Barns, Vardi
"Liverpul" (4-3-3): Alison, Arnold, Gomes, Van Deyk, Robertson, Milner, Xenderson, Keyta, Mane, Firmino, Salah
28.12 00:45 "Vulverxempton" - "Manchester Siti"
“Lester” mag'lub etilgach, “Siti” yana o'ziga keldi. Endi Gvardiola shogirdjlarining xato qilishga haqqi yo'q. CHempionlik masalasi qiyin, ammo kataloniyalik murabbiy qoyilmaqom kambekka ishonmoqda. Bu natijaga to'sqinlik qilish yo'lida “Vulverxempton” bo'sh kelmasa kerak.
Maydon egalari safida jarohatlangan futbolchilar ko'p emas. Murabbiyda hech qanday muammo yo'q. “Siti”da esa Aguero safga qaytgan, biroq maydonga baribir Jezus tushirilishi kutilmoqda.
Nunu Eshpiritu Santu shogirdlari "shaharliklar"ga qarshi qanday o'yin ko'rsatishini, aynan shu o'yinda yani turning so'nggi uchrashuvida ko'ramiz.
Wolverhampton Wanderers Adama Traore - 55', Raul Jimenez - 82', Matt Doherty - 89' |
Premier League . 19-tur 28/12/2019, 00:45 2
:
3
Tugadi
|
Manchester City Raheem Sterling - 25', Raheem Sterling - 50' |
Stadion: Molineux Stadium, 31737 tomoshabin
Bosh hakam: Martin Atkinson
O'yinga oid faktlar:
- "Manchester Siti" Premer-ligadagi oxirgi 19 o'yindan 16tasida 2tadan ko'p gol urib kelmoqda.
- "Bo'rilar" APLda so'nggi 13 o'yindan 12tasida yutqazmagan.
- "Bo'rilar"ning Premer-ligadagi oxirgi 3 uchrashuvida kamida 2,5ta gol kiritilgan.
Taxminiy tarkiblar
"Vulverxempton" (3-4-3): Patrisiu, Dendonker, Koudi, Saiss, Doerti, Nevish, Moutinyu, Xoni, Traore, Jota, Ximenes
"Manchester Siti" (4-3-3): Ederson, Uoker, Otamendi, Fernandino, Mendi, Foden, De Bryoyne, Rodri, B. Silva, Jezus, Sterling
SHuningdek, bu turda (bugun 20:00da):
"Aston Villa" "Norvich"ni qabul qiladi.
"Kristal Pelas" "Vest Xem" bilan o'ynaydi.
"Everton" "Bernli" bilan bellashadi.
"SHeffild" "Uotford"ga qarshi saf tortadi.
ANGLIYA PREMER-LIGASI JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI
SHerzod Nurmatov tayyorladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar