APL: 17-tur prevyusi
21 dek 2013 13:51
Yangiliklar


APL: 17-tur prevyusi
CHempionlik Boxing Dayda qo'lga kiritilmas balki, ammo aynan mana shu kunlarda o'sha chempionlikdan mosuvo bo'lib qolish hech gapmas. Ko'p narsa qo'ldan boy berilishi mumkin. “Manchester Siti”ni ng o'z raqiblari, chempionlik baxsidagi raqobatchilari ustidan o'z uyida qozonilgan g'alabalar, mehmondagi, bir qarashda oddiy kechishi kutilayotgan, uch ochkoni boy berib qo'yilmaydigandek tuyulgan baxslardagi muvoffaqiyatsizliklar sabab yo'qqa chiqishi, qilingan mehnatlarni bekor ketishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun ham, “Siti” sardori Vensan Kompani aytgan gaplarga qo'shilmasdan ilojimiz yo'q. “Biz “Etixad”da istalgan raqibni enggishimiz mumkin. Biroq faqat keyingi turda, mehmonda “Fulxem”ni enggibgina, biz barcha raqiblarimizga CHempionlik uchun asosiy davogarlardan ekanimizni ko'rsatib qo'yishimiz mumkin”, degandi o'shanda belgiyalik futbolchi. Haq gap. Ko'ramiz, bu gaplar isbotini amalda ko'rarmikanmiz?
“Siti”
to'purari Serxio Aguero jarohati tufayli bu o'yinda ishtirok etmasligini takidlash
kerak. Biroq bu “shaxarliklar” uchun ko'p ham muammo to'g'dirmasa kerak. Hozir juda
yaxshi sport formasiga chiqib olgan Negredo argentinalik futbolchining yo'qligini
bilintirmasa kerak. Bu yoqda Jeko ham o'yin amaliyoti kutib charchagan...
“SA” taxmini: “Fulxem” 40 % - 60 % “Manchester Siti”
“Liverpul”– “Kardiff Siti”
Stiven
Jerrard hamda Daniel Starrijning safdan chiqishi ko'pchilik taxmin qilganidek “Liverpul”ga
katta tasir o'tkazmadi o'tgan turdagi “Tottenxem”ga qarshi uchrashuvda. Jordan
Xenderson londonliklarga qarshi o'zining “Liverpul”dagi eng yaxshi o'yinlaridan
birini o'tkazdi, deya qo'rqmasdan aytish mumkin. Kechagina “Bitlz”ga hamshaxar bo'lgan
klub bilan yangi shartnoma imzolagan Luis Suares esa yana o'z uslubida! Ikkita
golga mualliflik va qolgan barcha gollarga hammualliflik qilgan hujumchini hech
qaerga qo'yib yubormagani, yozgi transfer mavsumida “Liverpul” amalga oshirgan eng
muvoffaqiyatli ish bo'lgani yana va yana isbotlanishda davom etmoqda. Xullas, Luis va
uning sheriklari “Tottenxem” bosh murabbiyi Andre Villash-Boashning ishsiz qolish jarayonini tezlashtirib berishdi.
Bu turda
endi “Liverpul” huddi o'sha uslubda “Kardiff”ni enggishi kerak bo'ladi. Birinchidan,
klub uchun taqvimning eng qiyin davri yaqinlashib kelyapti. Kelasi turlarda ular “Siti”
va “CHelsi”ga qarshi o'yinlar o'tkazishlariga to'g'ri keladi. Bu o'yinlar oldidan ochko
yo'qotilishi qimmatga tushishi mumkin. Ikkinchidan esa, bu uchrashuvdagi g'alaba “qizillar”ni
hech bo'lmasa dushanba oqshomigacha birinchi o'ringa olib chiqadi.
“SA” taxmini: “Liverpul” 65% - 35% “Kardiff”
“Suonsi Siti”– “Everton”
Evrokuboklardagi ishtiroki “Suonsi” o'yiniga tasir qilyapti. Buni inkor etib bo'lmaydi. Mikael Laudrup jamoasi hali ham chiroyli o'yin namoyish etishda davom etayotgan bo'lsada, jamoaning ijobiy natijalar qayd etishiga buning o'zi etarli bo'lmayapti. “Oqqushlar” etakchilaridan biri, jamoaning eng asosiy yulduzi – Michu, masalan, bu mavsumda “Suonsi” ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda umumiy hisobda faqatgina oltita gol urishga muvoffaq bo'ldi xolos.
Uelsliklar va uning muxlislari uchun yaxshi xabar ham yo'q emas. Nihoyat Vilfrid Boni o'yinni to'liq o'tkazishga tayyor.
Bonining
to'la sog'ayganligi mavsumni ajoyib o'tkazayotgan “Everton”ga qarshi o'yinda qay
darajada yordam berarkin? Kutamiz. Ko'ramiz.
“Sanderlend”– “Norvich Siti”
Gus Poyet boshchiligidagi “Sanderlend” – bu, albatta, Paolo Di Kanio boshchilik qilgan “Sanderlend” emas. “Qora mushuklar” hujumda ancha mazmunli o'yin ko'rsatishni boshlashdi. Bu ko'p jihatdan Kattermolning safga qaytgani bilan ham bog'liq. Lekin bir “lekin”i bor: hali ham natijalar o'sha-o'sha. Yaxshilanib qolmadi.
Buni
himoyadagi rasvo o'yin bilan izohlanishi mumkin. Axir “Sanderlend” avtogollar
bo'yicha chempionat etakchisi hisoblanadi. Vaziyat yaxshilanishi, jamoa sal bo'lsada
o'ziga kelib olishi, botqoqdan chiqishga umid paydo bo'lishi uchun tezroq, shu turdayoq ochko
olish shart. “Norvich”ga qarshi kechajak ushbu tur baxsi har neki qilib bo'lsa ham
g'alaba qozonish shart bo'lgan o'yinlar toyifasiga kiradi.
“SA” taxmini: “Sanderlend” % 55 – 45 % “Norvich”
“Manchester Yunayted”– “Vest Xem Yunayted”
“Aston Villa” ustidan
qozonilgan g'alabadan keyin Moyes har bir g'alabadan keiyn aytishni odat tusiga
aylantirgani, “qizil iblislar”ning inqirozdan chiqqani haqidagi gaplarini yana
bir bor aytib o'tdi. SHotlandiyalik mutaxassisning fikricha, turnir jadvalida
yuqoriroqqa chiqib olish uchun “MYU” raqiblarning har bir muvoffaqiyatsizligidan
foydalanib qoladi. Umuman olganda, so'zlarni amal bilan isbotlash vaqti kelib
bo'ldi. Tez orada “Yunayted” Londonning “CHelsi”siga qarshi maydonga tushishiga to'g'ri
keladi. Ungacha esa “Vest xem” kabi jamoalarni enggib turish kerak. Bu o'yin Moyes
va shogirdlari uchun “Old Trafford”gi g'alabasiz seriyaga yakun yasash uchun yaxshi imkoniyat.
“Vest Xem”ning bu mavsumdagi ishlariga esa havach qilib bo'lmaydi. “Katta Sem” jamoasi katta muammolarini hal qilishi kerak. Hujumdagi ishonchsiz harkatlar, maydon markazida o'yinning umuman yo'q ekani va doimiy jarohatlar londonliklarga ochkolar yig'ish, barqaror ravishda gollar urish va so'nggi o'rinlardan ko'tarilib olishga halal beryapti. Hafta o'rtasida “Vest Xem” Liga Kubogi doirasida “Tottenxem” ustidan g'alaba qilib, keiyngi bosqichga yo'l olishni uddalagan bo'lishsada, ularning mehmonda “Yunayted”ni engga olishiga juda oz sonli futbol muxlislari ishonsa kerak. Umuman olganda, “Nyukasl” va “Everton”ga ham ishonganlar ko'p emasdi...
“SA” taxmini: “MYU” 60%- 40% “Vest Xem”
“Arsenal”– “CHelsi”
Va nihoyat turning markaziy uchrashuviga navbat!
Aynan shu o'yin turnir jadvalining eng yuqori qismidagi vaziyatni butunlay o'zgartirib yuborishi mumkin. “Kanonirlar” va “aristokratlar” o'rtasidagi London derbisi dushanbadan seshanbaga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.
“Ko'k”larning portugaliyalik
murabbiyi Joze Mourino o'z jamoasi futbolchilariga yangi yil munosabati bilan
bayram tadbirlari uyushtirishni va tashkillashtiriladigan ziyofatlarga borishni
taqiqlab qo'ydi. Bunga javoban “CHelsi”ning ayrim futbolchilari “kanonir”lar
tashil etgan ayrim ziyofatlarga tashrif buyurishdi. Bunga Mourino qay tarzda
munosabat bildirgani hozircha malum emas. SHunisi aniqki, boshlanajak ish haftasining
ilk kunidayoq Mourino shogirdlari butun jamoasi bilan futbol mydonida
munosabatlarni oydinlashtirib olish uchun Arsen Venger jamoasi mehmoni bo'ladi. “Arsenal”
o'tgan turda “Manchester Siti”ga mag'lub bo'lgan ersa-da, hamon turnir jadvali peshqadami bo'lib turibdi. “CHelsi” esa
qiyinchilik bilan “Kristal Pelas”ni mag'lub etdi va bu turda ham g'alaba qozonsa,
jadvalda Venger jamoasidan o'zib ketish uchun imkon hosil qildi.
Mourino o'yin oldidan o'z jamoasi butun hafta davomida qattiq ishlaganlari va “Arsenal”ga qarshi o'yinga to'liq tayyor ekanini aytgan bo'lsada, jamoada bir qancha muammolar borki, vaqti kelib, muhim pallada o'z so'zini aytishi va pad berib qo'yishi mumkin. Bu muammolar qatoriga hujumchilarning sermaxsullik ko'rsatkichlari haddat tashqari past ekaniligini, himoya chizig'i azolari ketma-ket jarohatlanishi, Jozening doimiy tarzda jamoaning ayrim futbolchilari bilan janjallashib yurishi kabilarni kiritish mumkin.
Nima bo'lgan taqdirda ham, ushbu o'yin ko'p narsaga oydinlik kiritadi va uni o'tkazib yuborish maslahat berilmaydi.
“SA” taxmini: “Arsenal” 55% - 45% “CHelsi”
17-tur o'yinlari
21 dekabr
17:45 Liverpul - Kardiff Siti
20:00 Kristal Pelas - Nyukasl Yunayted
20:00 Fulxem - Manchester Siti
20:00 Manchester Yunayted - Vest Xem Yunayted
20:00 Stok Siti - Aston Villa
20:00 Sanderlend - Norvich Siti
20:00 Vest Bromvich Albion - Xall Siti
22 dekabr
18:30 Sautgempton - Tottenxem Xotspur
21:00 Suonsi Siti - Everton
24 dekabr
00:00 Arsenal – CHelsi
17-tur oldidan turnir jadvali
#
Jamoa
O'yin
G'alaba
Durang
Mag'lubiyat
T-N
Ochko
1
Arsenal
16
11
2
3
33-17
35
2
Liverpul
16
10
3
3
39-18
33
3
CHelsi
16
10
3
3
32-18
33
4
Manchester Siti
16
10
2
4
47-18
32
5
Everton
16
8
7
1
27-15
31
6
Nyukasl
16
8
3
5
21-22
27
7
Tottenhem
16
8
3
5
15-21
27
8
Man. Yunayted
16
7
4
5
25-19
25
9
Sautgempton
16
6
6
4
20-15
24
10
Suonsi Siti
16
5
5
6
22-21
20
11
Aston Villa
16
5
4
7
16-21
19
12
Xall Siti
16
5
4
7
13-19
19
13
Stok Siti
16
4
6
6
15-20
18
14
Norvich Siti
16
5
3
8
15-29
18
15
Kardiff siti
16
4
5
7
12-22
17
16
Vest Bromvich
16
3
6
7
17-22
15
17
Vest Xem
16
3
5
8
13-19
14
18
Kristal Pelas
16
4
1
11
11-24
13
19
Fulhem
16
4
1
11
15-30
13
20
Sanderlend
16
2
3
11
12-30
9

Fikrlar