So’nggi yangiliklar

15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  2 14:18⚡️Сречко Катанец Париж-2024да иштирок этган Ўзбекистон олимпия терма жамоаси ҳақида қандай фикрда?   13 13:53ЖЧ-2026 саралаши. БАА терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати маълум  3 13:24ЖЧ-2026 саралаши. Эрон бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда клубсиз футболчилар ҳам бор  6 12:49Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" ўйини ҳақида: "Кечирасизлар, аммо тушунинг, мен Гарри Поттер эмасман"  12 12:23ЖЧ-2026 саралаши. Қатар бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда Испания клубидан чақирилган футболчи ҳам бор  5 11:54Футзал. Марокаш футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 11:40Жейдон Санчо: "Тўғрисини айтсам, ёшлигимда Дидье Дрогба ва Фрэнк Лэмпард кумирларим эди"  5 11:11Карикатура: Каземиро "Олд Траффорд"да "Ливерпул"га эшикларни очиб берди  6 10:33Муҳаммад Салоҳ келаси ёзда "Ливерпул"ни тарк этиши мумкинлигини маълум қилди  0 09:51Эрик тен Хаг: "Мен сиздек инсонларга ачинаман"  15 09:20Арне Слот 88 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди  4 08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  5 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  2 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  7

APL. 17-tur markaziy o'yini (prevyu) Yangiliklar

APL. 17-tur markaziy o'yini (prevyu)

Angliya Premer-ligasi 17-turida "Arsenal" – "Manchester Siti" uchrashuvi o'tkaziladi.

APL jadvalidagi joylashuv

SHanba kuni "Liverpul" o'z maydonida "Uotford" ustidan xotirjam g'alabaga (2:0) erishdi va yaqin taqibchilari bilan oradagi farqni yanada yiriklashtirdi. 17-tur boshlanguniga qadar, "Manchester Siti" mersisaydliklardan 14 ochkoga ortda qolayotgandi, endi esa 17 ochko. Hozir Xosep Gvardiolaga kichik vazifa sifatida "Lester" klubini quvib o'tish qo'yilishi kerak. "Tulkilar" kecha o'z maydonida kutilmaganda "Norvich" qarshiligini enga olmadi — 1:1. Agar "shaharliklar" bugun zafar quchsa, Brendan Rojers boshqarayotgan jamoaga ancha yaqinlashib oladi (farq 4 ochkogacha qisqaradi). 

"Arsenal" jadvalning o'rtasida bormoqda va kuchli to'rtlik uchun davogarlik qilyapti. "CHelsi"ning ishlari ortga ketgan chog'i, kecha "Stemford Brij"da "Borntmut"ga imkoniyatni boy berildi va bu qatorasiga 5 ta turda to'rtinchi mag'lubiyat sifatida qayd etildi. Londonliklarda hamshahri bilan oradagi farqni 4 ochkogacha kamaytirish imkoniyati mavjud. 


To'liq jadval bilan tanishib oling>> APL, 17-tur



Mikel Arteta va "Arsenal"

So'nggi paytlarda Xosep Gvardiolaga yordamchi bo'lib kelayotgan mutaxassis "Arsenal"ga bosh murabbiy bo'lishi mumkin, degan xabarlar ko'payib ketdi. Mikel Arteta nomi "kanonirlar" boshqaruvini qo'lga olishi to'g'risidagi muhokamalar Unai Emeri istefosidan avval avjiga chiqib ulgurgan edi. Bir necha mavsum Pep Gvardiola shtabida ishlagan Arteta sezilarli o'sishga erishdi va o'zi mustaqil ish boshlashga tayyor bo'lib qoldi. Savol tug'iladi, u hozir boshqa klubga o'tishni istaydimi?

Turli xil gap so'zlarga tayanadigan bo'linsa, Gvardiola "Manchester Siti"dan ketishi mumkin va uning o'rniga Mikel Arteta birinchi raqamli nomzod sifatida ko'rilmayapti. 

Mikel Artetaga "Arsenal" begona emas, u erda futbolchi sifatida Arsen Venger qo'lostida 2011-2016 yillar davomida o'ynagan. 

"Arsenal" 13 ta o'yindan beri gol o'tkazib yubormoqda. Ammo, shunga qaramay g'alaba qozonishni ham kanda qilayotgani yo'q.

6 oktyabr kuni londonliklar uyda "Bontmut"ni yutishdi (1:0). O'sha uchrashuvdan buyon, har o'yinda kamida bitta gol o'tkazib yuborilmoqda. Oxirgi 7 o'yinda esa faqat "Vest Hem" jamoasi "Arsenal"ga ikkita gol ura olmadi. Albatta, himoyadagi bunday qo'rqinchli o'yin bilan, Bernd Leno mo'jiza ko'rsata olmaydi. 

O'tgan turda, hujum vakillari birdan uyg'onib qolishdi shekilli, "Vest Hem" darvozasiga 9 daqiqa ichida 3 ta golni tahlab qo'yishdi. Lekin, "Arsenal" Evropa ligasida ham kichik g'alabali seriyalarga erisha olmayapti. So'nggi turda "Standart" bilan 2:2 hisobidagi murosa... Barcha musobaqalardagi umumiy oxirgi 11 o'yinda bitta g'alaba qayd etilgan. Falokatmi bu? SHubhasiz. 


"Manchester Siti" yanvarga qadar yo'qotishsiz yashay oladimi?

"Manchester Siti" va Xosep Gvardiola qishki transferlar oynasi ochiladigan davr, 1 yanvarni intizorlik bilan kutishmoqda. Klub va murabbiy pulning etishmovchiligi va kashfiyotlar qilish zarurligi haqida har qancha gapirishmasin, himoyachilar o'rtasida yuzaga kelayotgan jarohatlar – yangi futbolchilarni sotib olish kerakligidan darak bermoqda. 

16 turdan so'ng, "Manchester Siti" 16 ochko yo'qotdi. Taqqoslash uchun, o'tgan mavsum "shaharliklar" butun mavsum davomida shuncha ochko yo'qotishgandi! Hozir "Liverpul" bilan chempionlik poygasi, ular uchun orzu bo'lishi mumkin. Hatto endi o'tgan mavsumda bo'lganidek, g'alabalar seriyasi ham "Manchester Siti" uchun hech nimani kafolatlamaydi. 

Nikolas Otamendi va Fernandino mudofaa markazida hech qachon yuqori darajada barqaror o'yin ko'rsata olmaydi, ayniqsa APL o'yinlari taqvimida. Emerik Laport hamon jiddiy jarohatidan forig' bo'lish bilan band, Jon Stounz esa doimiy jarohatlanganlar ro'yxatiga tushib qolmoqda. 

Darvozada Ederson bo'ladimi yoki Bravo, farqi yo'q: "Manchester Siti" ketma-ket 10 o'yindan beri gol o'tkazib yubormoqda.  


Taxminiy tarkiblar

"Arsenal" bugungi o'yinda 4-2-3-1 taktikasida harakat qilishi kutilmoqda. Maydonga tushmaydi, bular: Ektor Belerin, Rob Xoldin (so'roq ostida), Kiran Tirni, Dani Sebalos va Granit Jaka. Lekin, Nikolya Pepe safda. Uning tezligidan qarshi hujumlarda albatta foydalanish kerak. Freddi Yungbergda hujumdagi tanlov etarlicha. Ko'ramiz, shveciyalik mutaxassis nechta hujumkor futbolchilarni tushirib, tavakkal qilarkin.

"Arsenal"ning taxminiy asosiy tarkibi: Leno – Meytland-Nayls, CHembers, Sokratis, Kolashinac – Genduzi, Torreyra – O'zil, Pepe, Martinelli – Obameyang. 


"Manchester Siti"  4-3-3 da o'ynashi odat tusiga kirib bo'lgan. Xosep Gvardiolani jarohatlar xavotirga solmoqda va har o'yin undan maxsus o'zgarishlarni kutish qiyin. Serxio Aguero, Jon Stounz, Leroy Sane va David Silvada jarohat bor. Etibor Gabriel Jezusga qaratilishi mumkin. Braziliyalik hujumchi "Byornli" va "Dinamo" (Zagreb)ga 5 ta gol urdi. 

"Manchester Siti"ning ehtimoliy asosiy tarkibi: Ederson – Uoker, Otamendi, Fernandino, Anxelino – Rodrigo, Gyundogan, de Bryuyne – Bernardu, Sterling, Jezus.



Statistika

– "Manchester Siti" ham bir bo'lim va ham uchrashuvda "Arsenal"ga qarshi so'nggi 5 o'yinning barchasida g'alaba qozongan. 

– "Manchester Siti" so'nggi 7 o'yinda kiritgan gollari soni 2.5 taga teng bo'lmoqda (APL).

– "Arsenal" barcha musobaqalarda "Siti"ga qarshi oxirgi 11 bahsning to'qqiztasida 2.5 tadan ko'proq gol kiritgan.  

– "Manchester Siti" jamoasi ham "kanonirlar" darvozasini so'nggi 10 o'yinning to'qqiztasida kamida 2 marta ishg'ol qilgan. 

– "Emireyts"da o'tkazilgan ushbu qarama-qarshilikning oxirgi 3ta to'qnashuvida "Siti" gol o'tkazib yubormagan. 



Eslatib o'tamiz, APL 17-turining markaziy o'yini bugun Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.

Arsenal

Premier League . 17-tur

15/12/2019, 20:30

3
:
0
Tugadi

Manchester City

Kevin De Bruyne - 2', Raheem Sterling - 15', Kevin De Bruyne - 40'

Stadion: Emirates Stadium, 60031 tomoshabin

Bosh hakam: Paul Tierney

45'
90'
40'  Sead Kolasinac (Bukayo Saka)
59'  Mesut Ozil (Emile Smith Rowe)
72'  Sokratis Papastathopoulos
81'  Lucas Torreira (Joseph Willock)
2'  Kevin De Bruyne
2'  Gabriel Jesus
15'  Raheem Sterling
17'  Fernandinho
35'  Rodri
40'  Kevin De Bruyne
40'  Phil Foden
56'  Phil Foden (Bernardo Silva)
61'  Ilkay Gundogan
62'  Benjamin Mendy
70'  Ilkay Gundogan (Riyad Mahrez)
85'  Benjamin Mendy (Oleksandr Zinchenko)


Nodir Abudurasulov tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика