So’nggi yangiliklar

17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  0 16:55"Бунёдкор" Абдунабиев, Итсуки Урата ва Луис Качоррини рўйхатдан ўтказди   0 16:34"Машъал" 4 нафар футболчини таркибга қўшиб олди  1 16:20"Нефтчи" футболчиси БАА чемпионатига йўл олди  3 16:03"Милан" Италия ўсмирлар футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 15:40Фабрицио Романо: Бугун Эмерсоннинг "Милан"га трнасфери ҳал бўлади  1 14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  22 14:29Эндрик "Реал" 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1 14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  2 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи роль ўйнади"   28 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  5 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  1 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   2 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  3

APL. 11-tur prevyusi Yangiliklar

APL. 11-tur prevyusi

Teglar :  APL
Bugun dunyoning eng qiziqarli va tomoshabop chempionati hisoblangan Angliya Premer ligasining 11-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Quyida tur prevyusini etiboringizga havola etamiz.

"Bornmut" – "Sanderlend"
05.11.2016, 20:00
"Vitaliti Stedium"
Bosh hakam:
Entoni Teylor (Manchester)

"Bornmut" o'tgan turda "Middlsbro"dan (0:2), "Sanderlend" esa "Arsenal"dan o'z maydonida (1:4) mag'lubiyatga uchragan edi. Bu mavsum Eddi Xau shogirdlari o'z maydonlarida yaxshiroq natijalarni qayd etishmoqda. SHu sababdan ham, "Sanderlend" bilan o'yinda mezbonlar favorit hisoblanishadi. Lekin, "Bornmut" bugungi raqibi bilan barcha turnirlardagi oxirgi 8 uchrashuvda faqatgina bitta g'alabani qo'lga kiritgan va 4 bor mag'lub bo'lgan.

O'ynamaydi: L.Kuk, B.Smit – O’SHi, Larsson, Borini, Kattermol, Kirxxoff, Mannone
So'roq ostida: Stanislas, Serman (ikkisi – "Bornmut")



"Manchester Siti" – "Middlsbro"
05.11.2016, 20:00
"Etixad Stedium"
Bosh hakam:
Kevin Frend (Lestershir)

"Manchester Siti" hafta o'rtasida ECHLda "Barselona"ni ishonchli tarzda mag'lub etdi. Ushbu "katta" g'alaba jamoaga malum vaqt davom etgan omadsiz o'yin va qoniqarsiz natijalardan chiqib olishga turtki berishi aniq. "SHaharliklar" safida Ilkay Gyundogan oxirgi ikki o'yinda to'rtta gol urdi va bitta golga assissentlik qildi. Bundan tashqari, De Bryuyne ham jarohatdan keyin sport formasini tiklab oldi. Ushbu o'yinda ham mezbonlarda imkoniyat yuqori.

Qiziq fakt: "Middlsbro" - APLda "Manchester Siti"ni eng ko'p mag'lub etgan jamoa (11 g'alaba).

O'ynamaydi: Sanya, Delf (ikkisi – "Man. Siti")
So'roq ostida: Ture – Ayyala
Diskvalifikaciya: Ramires ("Middlsbro")




"Bernli" – "Kristal Pelas"
05.11.2016, 20:00
"Terf Mur" stadioni
Bosh hakam:
Mayk Din (Xesvoll)

10-turda "Old Trafford"da MYUning darvoza tomon yo'llagan 37ta zarbasidan keyin ham darvoza daxlsizligini saqlab qola olgan "Bernli" bu safar "Kristal Pelas"ni mehmon qiladi. Bu uchrashuvda kichik ustunlikni mezbonlarga bersak bo'ladi. Lekin, mezbonlar "Pelas" bilan ligadagi oxirgi 6 o'yinda faqat bitta g'alabani qo'lga kiritishgan va uch bor maydonni boshlari egik holda tark etishgan.

O'ynamaydi: Uord – Suare, Remi, J.Benteke
So'roq ostida: Defur – Sako



"Vest Xem" – "Stok Siti"
05.11.2016, 20:00
"Olimpik" stadioni
Bosh hakam:
Andre Marriner (Birmingem)

"Vest Xem" bu yil o'ziga o'xshamayapti. Jamoa haligacha o'z o'yinini topa olmayapti. Ehtimol, bu malakali markaziy hujumchi etishmovchiligi bilan bog'liqdir. O'tgan o'yindan Andre Ayyu safga qaytdi va bugun eng oldinda aynan Ayyuni ko'rsak ajab emas. Aynan ganalikning maydonga qaytishi "bolg'aurarlar"ning oldindagi muammolarini hal etsa ne ajab.

"Stok" esa APLda "Vest Xem"ga qarshi so'nggi oltita o'yinda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. G'alabalar soni esa uchta.

O'ynamaydi: Masuaku, Tere, Bayrem, Sako, Kerroll – Ayrlend, Afellay, Jonson,
So'roq ostida: SHakiri, Kameron (ikkisi – "Stok Siti")
Diskvalifikaciyalar: Rid - Arnautovich



"CHelsi" – "Everton"
05.11.2016, 22:30
"Stemford Bridj" stadioni
Bosh hakam:
Robert Medli (Yorkshir)

Antonio Konte shogirdlarining oktyabr oyida ko'rsatgan "daxshatli" o'yinlari ko'pchilikning olqishiga sazovor bo'ldi. Uchta markaziy himoyachi taktikasiga o'tgandan buyon "CHelsi" hali gol o'tkazmadi. "Aristokratlar" Premer ligada "irislar"ga qarshi oxirgi 21ta uy uchrashuvida mag'lub bo'lishmagan. O'tgan mavsum bilan solishtirganda "ko'klar" hisobida ayni paytda ikki barobar ko'proq ochko bor.

O'ynamaydi: Zuma, Fabregas, van Ginkel – Beshich, Brauning, Pennington, Makkarti, Beyns
So'roq ostida: Kone ("Everton")
Diskvalifikaciya: Guye ("Everton")



"Arsenal" – "Tottenxem"
06.11.2016, 17:00
"Emireyts" stadioni
Bosh hakam:
Mark Klattenburg (Nyukasl-apon-Tayn)

"Arsenal" so'nggi paytlarda chiroyli va gollarga boy o'yin ko'rsatayotgan bo'lsa, "Tottenxem" uchta o'yindan buyon faqat durang o'ynamoqda. Lekin, "shporlar" joriy mavsum chempionatda yutqazmagan yagona jamoa bo'lib turishibdi. Bu yoqimli ananaga "kanonirlar" barham berishlari mumkin. "Arsenal"da odatdagidek, tarkibda muammolar bor, ushbu o'yinni Belerin, Monreal, Kasorla va Uolkottlar o'tkazib yuborishlari mumkin. Mehmonlarda esa etakchi Xarri Keyn jarohatdan forig' bo'ldi va maydonga tushishga tayyor. Londonning eng "yovvoyi" derbisini o'tkazib yubormang, zero bu uchrashuvda siz haqiqiy "jang" guvohi bo'lasiz.



"Liverpul" – "Uotford"
06.11.2016, 19:15
"Enfild" stadioni
Bosh hakam:
Maykl Oliver (Nortumberlend)

Premer liganing joriy mavsumidagi eng tajovuzkor jamoasi o'z maydonida eng nostabil "Uotford"ni qabul qiladi. Klopp "Liverpul"ni gol mashinaga aylantira oldi. Jamoa APL tarixida o'zining gol urish borasidagi eng yaxshi startini ko'rsatdi. "Qizillar"ning hujum to'rtligi (Lallana-Koutino-Mane-Firmino) chempionatda eng sermahsul bo'lib turibdi. Bu qarama-qarshilikda yaqqol ustunlik "Liverpul" tomonida.



"Xall Siti" – "Sautgempton"
06.11.2016, 19:15
"Key Si" stadioni
Bosh hakam:
Grem Skott (Oksfordshir)

CHempionatni omadli boshlagan "Xall Siti" keyinchalik o'z o'yinini yo'qotib qo'ydi. Klub oxirgi 5ta uchrashuvda bor yo'g'i ikkita to'p kiritdi va o'z darvozasidan 16ta to'p olib chiqdi. Bir qarashda ayanchli statistika. "Sautgempton" esa oldingi turda "CHelsi"dan uchralgan mag'lubiyatni (0:2) hisobga olmasa maxmunli o'yin namoyish etishmoqda. Himoya markazida Fonte va Van Diyk juftligi "Sautgempton"ni nolga o'ynash imkoniyatlarini oshiradi, oldinda esa Tadich-Redmond-Ostin uchligi uncha-muncha jamoaga bosh og'riq bo'lmoqda. Sofian Bufal ham sport formasini tiklab bormoqda. Uchrashuvda ustunlikni mehmonlar tomonga bersak bo'ladi.


"Suonsi" – "Manchester Yunayted"
06.11.2016, 20:00
"Liberti" stadioni
Bosh hakam:
Nil Svarbrik (Lankashir)

"Qizil iblislar" hafta o'rtasida Evropa ligasi doirasida "Fenerbaxche"ga imkoniyatni boy berishdi (1:2). Bu jamoaning mavsumdagi beshinchi mag'lubiyati bo'ldi. MYUda hammasi unchalik yaxshi emas. Kamiga, Mourino 10-turda "Bernli"ga qarshi o'yinning tanaffusida bosh hakam manziliga "iliq" so'zlarni yo'llagani uchun "Suonsi" bilan o'yinni tribunadan kuzatadi.

Jamoalar o'zaro oxirgi to'rtta uchrashuvda bir xil 2:1 hisobini qayd etishgan. Ulardan uchtasi uelsliklar foydasiga. Lekin, hozir "Suonsi" juda yomon holatda, jamoa oxirgi sakkiz uchrashuvning ettitasini boy bergan. SHu sababli, o'yinda kichik ustunlikni mehmonlarga berish mumkin.



"Lester" – "Vest Bromvich"
06.11.2016, 21:30
"King Pauer" stadioni
Bosh hakam:
Kreyg Pouson (London)

Premer liganing amaldagi chempioni hozircha oyoqqa turib olganicha yo'q. To'g'ri, jamoa CHempionlar ligasida yaxshi ishtirok etmoqda, lekin chempionatda ishlar kutilganidek ketmayapti. Kantening yo'qligi, Marez va Vardining formada emasligi etmagandek, asosiy darvozabon Kasper SHmeyxel jarohat oldi. O'z navbatida, "Vest Bromvich"ning ahvoli ham "tulkilar"nikidan qolishmaydi. 10 o'yin, 10ta gol va 10 ochko jamg'argan "Bromvich" turnir jadvalida 16 pog'onada bormoqda.

Bu o'yinda Klaudio Raneri boshchiligidagi "Lester"ga favorit sifatida qaraymiz.

Angliyada bu tur etakchilarning barchasi o'z maydonida o'ynaydi, bu esa gollarga boy va chiroyli o'yinlar kafolatlanganidan dalolat. "Manchester Siti", "Liverpul", "Arsenal" va "CHelsi" uyda chiroyli va sermahsul o'yin namoyish etishmoqda. Muxlislarni APL 11-tur o'yinlarini CA bilan kuzatib borishga taklif qilib qolamiz.


Tolibjon Qosimov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика