So’nggi yangiliklar

03:30U-23 Осиё чемпионати-2020. Стадионни пайҳон қилган атлетлар, кулгига қолган ТВ, туғилган кунида Ўзбекистонга иккита гол урган футболчи, Сон Хён Минга сув ташиттирган мураббий ҳамда кубокни ирғитган Шаҳбоз Беғамов ҳақида ҳикоя қиламиз  3 02:40А Серия. "Ювентус" аутсайдер майдонида ишончли ғалаба қайд этди  0 01:17"Астон Вилла" клуб рекордини такрорлади  2 00:54"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди  12 00:34Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" ғалаба қозониб, 6-ўринга кўтарилди  0 00:23Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди  26 23:59Витинья Гвардиола билан ишлашга қарши эмас  1 23:35FUTSAL AWARDS-2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 23:19Флориан Виртц илк голи ҳақида нималар деди?  0 22:55АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:41"Нефтчи" Убайдуллаев билан икки йиллик шартнома имзолади  4 22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  2 21:51Саудия Арабистони. 10 ўйинда 10 ғалаба: "Ал Насср" ўз майдонида "Ал Уҳдуд"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  9 21:33"Нефтчи" Эргашев, Сайфиев ва Алибоев билан шартномани узайтирди  4

APL. 11-tur prevyusi Yangiliklar

Quyida tur uchrashuvlariga qisqacha to'xtalib o'tamiz.

"CHelsi" – "Liverpul"
31.10.2015, "Stemford Bridj"
Hakam: Mark Klattenburg


Qiziqarli faktlar:
- "CHelsi" "Liverpul"ga qarshi so'nggi olti uchrashuvda mag'lub bo'lmagan, uch g'alaba va uch durang;
- Mourino APL da 12 o'yindan oltitasida engildi. Bungacha u 64 bahsda 6 bor yutqazgan edi;
- Portugaliyalik Klopp bilan to'rtta to'qnashuvning faqat bittasini yutgan, ikki marta yutqazgan.

O'ynamaydi: Kurtua - Ingz, Gomez, Xenderson
So'roq ostida: Ivanovich, Diego Kosta, Pedro - Starrij, Benteke


"Kristal Pelas" – "Manchester Yunayted"
31.10.2015, "Selxert Park"
Hakam: Mayk Jons



Qiziqarli faktlar:
- "Kristal Pelas" APL doirasida MYU ni biror marta ham mag'lubiyatga uchrata olmagan, 12 uchrashuvdan 10 tasida engilgan.;
- "Bo'rilar"ning Yunayted ustidan qozongan so'nggi g'alabasi (3:0) 1990/91 mavsumda sodir bo'lgan;
- "Kristal Pelas" APL uy uchrashuvlarining so'nggi oltitasidan to'rttasida mag'lubiyatga uchragan;
- Mata o'tgan mavsum ushbu jamoalar o'rtasidagi har ikki uchrashuvda ham gol urgan.

O'ynamaydi: Makneyr, SHou (MYU)
So'roq ostida: Kabay, Panchon, Uikxem, SHamax, Suarse (barchasi "Kristal Pelas")


"Manchester Siti" – "Norvich"
31.10.2015, "Etixad stedium"
Hakam: Robert Medli



Qiziqarli faktlar:
- Siti "Norvich" bilan o'tgan 14 uchrashuvning faqat ikkitasida yutqazgan, etti marta maydonni g'olib sifatida tark etgan;
- Yaya Ture "Norvich"ga qarshi o'tgan oxirgi 6ta o'yinda urilgan 6ta golning 5tasida ishtirok etgan (2ta gol 3ta golli pas);
- Germaniya va Angliyada De Bryuyne ishtirok etgan oxirgi 27 uchrashuvda belgiyalik 25 ta foydali harakatni amalga oshirgan (11 gol va 14 golli pas).

O'ynamaydi: Aguero, Delf, Klishi, Nasri (barchasi Man Siti)
So'roq ostida: Sabaleta, David Silva (ikkisi Man Siti)


"Nyukasl" – "Stok Siti"
31.10.2015, "Sent-Jeyms Park"
Hakam: Rodjer Ist

Qiziqarli faktlar:
- "Nyukasl" Stokni oxirgi uchta uchrashuvda mag'lub eta olmagan, ikki marta engilgan. Bungacha beshta o'yinda to'rtta g'alabani qo'lga kiritgan;
- Stok hujumchisi Jonatan Uolters APL da "Nyukasl" darvozasiga 4 gol urgan, irlandiyalik faqatgina "Liverpel" va KPR ga ko'proq (5) gol urgan;
-  Bu mavsumdagi 10 turda "Nyukasl" o'tgan yilgidan etti ochko kam jamg'argan. Faqat "Aston Villa"da bundan ham yomon ko'rsatgich - 8 ochko farq.

O'ynamaydi: Bardsli, Munesa, Kameron (barchasi "Stok Siti")
So'roq ostida: Teylor, Kolbak, River (barchasi "Nyukasl")


"Suonsi" – "Arsenal"
31.10.2015, "Liberti Stedium"
Hakam: Kevin Frend



Qiziqarli faktlar:
- Gomis "Arsenal"ga qarshi o'tgan mavsumdagi har ikki uchrashuvda ham g'alaba to'pini kiritgan;
- "Arsenal" APL safar uchrashuvlarining so'nggi 11 tasidan faqat bittasida mag'lubiyatga uchragan;
- "Kanonirlar" Venger qo'l ostida barcha turnirlarda 1999 ta to'p kiritishgan;
- Sigurdson jamoasining oxirgi 60 uchrashuvida 30 ta foydali harakatni amalga oshirgan (16 gol va 14 golli pas);
- Jiru bu mavsum APL da har 88,8 daqiqada gol urmoqda, bu borada u etakchi;
- Mesut O'zil har 2,71 o'yinda golli pas bermoqda, bu borada u APL tarixidagi eng yaxshi assistentdir.

O'ynamaydi: Uolkott, Uelbek, Uilshir, Rosicki, Ospina, Arteta, Oksleyd-CHemberlen (barchasi "Arsenal")


"Uotford" – "Vest Xem"
31.10.2015, "Vikereyj Roud"
Hakam: Kit Straud

O'ynamaydi: Ekstrand – Song, Rid
So'roq ostida: Xurado


"Vest Bromvich" – "Lester"
31.10.2015, "Xotorns"
Hakam: Entoni Teylor

Qiziqarli faktlar:
- "Vest Bromvich" "Lester" bilan so'nggi 9 uchrashuvning oltitasini o'z foydasiga hal qilgan, ikki bor maydonni boshi egik holda tark etgan;
- Bromvichga qarshi oxirgi 14ta o'yinning hech birida "Lester" o'z darvozasini quruq saqlay olmagan;
- Toni Pulis Bromvichga murabbiy bo'lgandan buyon jamoa bilan 16 ta "quruq" o'yin o'tkazdi.

So'roq ostida: Morrison - Ulloa, SHlupp


"Everton" – "Sanderlend"
1.11.2015, "Gudison Park"
Hakam: Andre Marriner

Qiziqarli faktlar:
- "Everton" oxirgi besh o'yinda faqat bir marta yutgan va 3 marta yutqazgan;
- M'vila oxirgi uch o'yinda uchta golli pas oshirgan;
- Martines Sem Ellardaysga qarshi avvalgi olti bahsning beshtasini  o'z foydasiga hal qilgan.

O'ynamaydi: Jagielka ("Everton")
So'roq ostida: O'SHi, Toyvonen, Borini, Qobul - Koulmen, Beyns, Beshich


"Sautgempton" – "Bornmut"
1.11.2015, "Sent-Meri Stedium"
Hakam: Kreyg Pouson

Qiziqarli faktlar:
- "Sautgempton" "Bornmut"ga qarshi oxirgi beshta uchrashuvda mag'lub bo'lmagan, to'rt bor uch ochkoni o'ziniki qilgan;
- Pelle bu mavsum raqiblar darvozasiga 36 bor zarba bergan va 5 ta gol urgan.

O'ynamaydi: Jey Rodriges, Long, Gardosh - Mings, Uilson, Gradel, Elfik


"Tottenxem" – "Aston Villa"
2.11.2015, "Uayt Xart Leyn"
Hakam: Mayk Din



Qiziqarli faktlar:
- "Tottenxem" "Aston Villa"ga qarshi so'nggi 13 uchrashuvda faqat bir marta mag'lub bo'lgan, 9 g'alaba;
- "SHporlar" APL da to'qqizta o'yindan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda;
- Garri Keyn premer ligada oxirgi to'rt o'yinda to'rtta to'p kiritdi.

O'ynamaydi: Son, SHadli – Okore, Gardner


Tolibjon Qosimov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика