So’nggi yangiliklar

00:53"Барса" 2016 йилнинг декабридан бери илк бор 7+ тўп фарқи билан ғалаба қозонди  0 00:20АПЛ. Иккита тўп фарқи билан ғалаба қозонаётган "Эвертон" ўйиннинг сўнги дақиқаларида 3 та гўл ўтказиб оғзидаги ошни олдирди  6 00:10Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини 90+2 дақиқадаги гол ҳал қилди  7 00:02РПЛ. "Ахмат" ва "Акрон" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Эсанов 62-дақиқада майдонга тушди  1 23:52РПЛ. "Рубин" ўн киши бўлиб қолган "Спартак"дан тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов ва Раҳмоналиев эса...   2 23:48Расман: Жейдон Санчо янги клуби билан шартнома имзолади  3 23:44Бундеслига. "Байер"нинг Бундеслигадаги 35 ўйинлик мағлубиятсиз сериясига чек қўйилди  4 23:30АПЛ. Холанднинг хет-триги "Ман Сити"га "Вест Хэм"га қарши ўйинда ғалабани тақдим этди  8 23:21Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз майдонида "Қосимпошо"га мағлуб бўлди, Алиқулов 87 дақиқа ўйнади  3 23:00Ла Лига. "Барселона" - "Вальядолид" 7:0, Рафинядан хет-трик  7 22:45ҚПЛ. "Ордабаси" меҳмонда "Қайсар"га мағлуб бўлди, Яхшибоев ва Умаров эса...  2 22:00Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Вальядолид"га жавобсиз 7та гол урди!  56 21:40Расман: "Вест Хэм" ПСЖ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  1 19:30РПЛ. ЦСКА яна ғалаба қозонди  2 18:51Пирс Морган: "Бу нимаси? Райс оёғидан зарба қабул қилиб олгани учун четлатилдими?"  9

AOKAda O'FA mutasaddilari bilan matbuot anjumani bo'lib o'tdi Yangiliklar

AOKAda O'FA mutasaddilari bilan matbuot anjumani bo'lib o'tdi

“2018-2022 yillarda O'zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturi”da belgilangan vazifalarning ijro etilishi mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasining 2019 yil 8 iyundagi 4-sonli bayoni asosida Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Media-rejaga muvofiq bugun AOKA anjumanlar zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan “2018-2022 yillarda O'zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturi”da belgilangan vazifalarning ijro etilishi mavsuzida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda O'zbekiston futbol associaciyasi mutasaddilari – O'FA Birinchi vice-prezidenti – Ravshan Ermatov, O'FA Bosh kotibi – Avaz Maksumov, terma jamoalar bo'limi boshlig'i Azizbek Haydarov, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi – Vadim Abramov, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi – Ravshan Haydarov, shuningdek, O'FAning tegishli bo'lim boshliqlari ishtirok etishdi.

Ochiq suhbat hamda savol-javob tarzida o'tgan matbuot anjumanida turli mavzular, jumladan, futbolimizdagi og'riqli nuqatalar, klublarni xususiylashtirish, bolalar futbolidagi muammolar, turli yoshdagi terma jamoalarimiz uchun futbolchi tayyorlashning yakdil tizimini yaratish, malakali futbol murabbiylarini etishtirish, futbol sohasida faoliyat olib boradigan mutaxassislarni tayyorlash va boshqa qator mavzularda fikr va mulohazalar bildirildi.

- O'zbek futboli haqida gap ketganda, avvalo yutuq hamda muvaffaqiyatlarimiz qatorida bir qancha muammolar, o'z echimini uzoq vaqtdan buyon kutayotgan masalalar ham bor ekanini alohida qayd etish lozim. Yaqinda Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev Osiyo futboli rahbari SHayx Salmon bin Ibrohim al Halifani qabul qildilar va o'sha uchrashuv mobaynida bugungi o'zbek futbolining holati, uning yaqin va uzoq muddatga mo'ljallangan istiqboli mavzusi batafsil muhokama etildi. SHu jarayonda bugungacha bir necha bor yurtimizda futbolni rivojlantirish bo'yicha qaror va farmonlar qabul qilingani, lekin ularning ijrosi taminlanishida kamchiliklar kuzatilganini takidlagan davlat rahbari endilikda chindan futbolning rivojiga turtki beradigan qaror loyihasini tayyorlash va O'zbekistonda futbolning rivojlanishini tizimli tarzda yo'lga qo'yish bo'yicha topshiriqlar berdilar. SHu asosda hududlardagi mavjud muammolarni, bolalar va o'smirlar futboliga etibor va sharoitni, mavjud infratuzilmalarni o'rganib chiqib, kerakli xulosalarga ega bo'ldik va endilikda ushbu kamchiliklarni bartaraf etish ustida ish olib boramiz, - deya takidladi Ravshan Ermatov.



Hududiy futbol associaciyalari faoliyati qoniqarli darajada yo'lga qo'yilmagani bo'yicha berilgan savolga javob berar ekan, O'FAning hududiy futbol associaciyalari bilan ishlash bo'limi boshlig'i Baxtiyor SHirinov mazkur masala bo'yicha muammolar so'nggi vaqtlarga kelib bartaraf etila boshlanganini takidladi.

- Aksariyat viloyatlar futbol associaciyalari nomigagina faoliyat ko'rsatib kelgan. Bu boradagi ahvolni o'nglash maqsadida O'FAda Hududiy futbol associaciyalari bilan ishlash bo'limi tashkil etildi. Natijada har bir viloyatdagi futbol associaciyasining ish-faoliyati o'rganilib, nazorat amalga oshirila boshlandi. Har bir associaciyaga zarur yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar ishga taklif etildi. 2020 yildan boshlab har bir viloyat futbol associaciyasi o'z hududiy chempionatini tashkil etish hamda bolalar futboliga etibor bo'yicha katta hajmda ish olib bora boshlaydi, - dedi Baxtiyor SHirinov.

Klublar hamda futbol idoralarida faoliyat olib boruvchi o'z mutaxassisligi bo'yicha etuk malaka va mahoratga ega kadrlar etishmovchiligi mavjud ekani borasidagi savolga Ravshan Ermatov javob berdi.

- Har bir sohada o'z mutaxassisligi bo'yicha bilimga ega kadrlar faoliyat ko'rsatishi ish jarayonining ham unumli bo'lishini taminlaydi. Xalqimizda “CHumchuq so'ysa ham – qassob so'ysin”, degan naql bor, shu jumladan, futbol sohasida ham ko'proq bu borada malakali mutaxassislar ishlagani maqsadga muvofiq. Bugungi kunda futbolning turli yo'nalishida o'z ishining ustasi bo'lgan malakali mutaxassislarni etishmasligi klublar, hakamlik, bolalar futbol maktablari, futbol akademiyalari, futbol infratuzilmasi, hududiy futbol associaciyalari talab darajasida faoliyat yuritishiga to'sqinlik qilib kelmoqda. Futbol akademiyasi hamda futbol maktablarini tamomlagach, har bir futbolchi ham professional futbol o'ynab keta olmasligini yaxshi bilamiz va ularga futbolda ikkinchi imkoniyatni beradigan, yani murabbiy, selekcioner (skaut), hakam, futbol menejerlari, futbol agentlari, marketing sohasi xodimlari, sport psixologlari kabi futbol mutaxassislarini tayyorlash bo'yicha markaz tashkil etishni bugungi va ertangi kun futboli talab etyapti, - deya takidladi Ravshan Ermatov.



Matbuot anjumanida ishtirok etgan OAV vakillari tomonidan, shuningdek, sport bilim yurtlarini futbol sohasi bo'yicha tamomlab, ammo zarur licenziyasi yo'q ekani sabab murabbiy sifatida faoliyat olib bora olmayotgan bitiruvchilar soni oz emasligi bo'yicha ham savollar berildi.

- To'g'ri, sport bilim yurtlarini futbol sohasi bo'yicha tamomlab ham zarur licenziyasi yo'q ekani bois xatto bolalar jamoalarida murabbiy sifatida ish topa olmagan bitiruvchilar soni ko'pchilikni tashkil etib keladi. SHu muammoga echim topish maqsadida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan birgalikda yangi loyihani yo'lga qo'ymoqdamiz. Unga ko'ra, endilikda 3 hamda 4-kurs talabalari o'qishni tamomlamasdan ham O'FAning “D” hamda “C” licenziyalariga o'qish imkoniga ega bo'lishadi, - dedi Avaz Maksumov.


Bundan tashqari terma jamoalarimizga iqtidorli futbolchilarni tayyorlab berishning yagona tizimini yo'lga qo'yish masalasida O'FA ish olib bormoqdami, degan savol bilan ham murojaat etildi. Bu savolga O'FA Terma jamoalar bo'limi boshlig'i Azizbek Haydarov javob berdi:

- Biz mazkur masalada ish jarayonini boshladik. Turli yosh toifasidagi terma jamoalarimizda bir xil uslubni shakllantirish, bir terma jamoadan ikkinchisiga futbolchi etkazib berishni taminlash maqsadida yagona dastur ishlab chiqyapmiz. Uning asosida yosh hamda zamonaviy futbol ko'nikmalariga ega mutaxassislarni terma jamoalarimizga taklif etishni boshladik. Misol uchun, Server Jeparov ham endilikda o'smirlar terma jamoalarimizdan birida murabbiy sifatida ishlaydi. Sekin-asta barcha terma jamoalarimizda yagona uslubni shakllantirib, yosh terma jamoalardan olimpiya va milliy jamoaga mahoratli o'yinchilar etkazib berish bo'yicha yakdil tizimni yo'lga qo'yamiz, - dedi Azizbek Haydarov.

Ochiq va samimiy ruhda o'tgan matbuot anjumanida yana bir qator masalalar bo'yicha fikr almashildi, jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savol, taklif va mulohazalarni bildirishdi. O'FA vakillari ham savollarga batafsil munosabat bildirib, mavjud yutuq hamda kamchiliklar xususida bafurja to'xtalib o'tishdi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика