So’nggi yangiliklar

12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  1 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  2 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  0 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  3 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  6 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  24 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0

​Anzur Ismoilov: "Toshkent derbisini sog'indim" Yangiliklar

​Anzur Ismoilov: "Toshkent derbisini sog'indim"

Superliganing 19-turi doirasida "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan oldin "Lokomotiv" himoyachisi Anzur Ismoilov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- So'nggi marta Toshkent derbisida maydonga tushganingizga 8 yil bo'ldi. O'shanda "Paxtakor"ga qarshi o'yinda maydonga tushgan ekansiz. Poytaxt derbilarini sog'ingan bo'lsangiz kerak.

- Ha, albatta. Oxirgi marta poytaxt derbisida o'ynaganimga ham 8 yil bo'libdi. Bunday emociyalarga boy bahslarda ishtirok etishni juda ham sog'indim. Maydonda ikki kuchli jamoa harakat qiladi. O'yinda g'alaba qozonishga, o'z muxlislarimizni xursand etishga intilamiz. "Bunyodkor"ga qarshi o'yinni intizorlik bilan kutyapman.

- O'zbek futboli 8 yil ichida qanchalik darajada o'zgargan?

- Futbolimiz anchagina o'sgan. Jamoalar tarkibida yaxshi saviyali, iqtidorli yoshlar juda ko'p. Futbolchilarning texnikasi ham, o'yin sifati ham anchagina oshgan. Futbolda bu bo'layotgan o'zgarishlar o'yin sifatiga ham anchagina tasir qilgan. CHempionatimiz ham kuchli bo'lsa, milliy termaning o'yinlariga ham tasir qiladi. Umid qilamanki, shunday kuchli o'yinlar ko'paysa, futbolchilarimiz kuchli legioner maqomida o'ynay olishadi.

- O'yinga tayyorgarlik qay tarzda ketmoqda?

- Tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Oldimizdagi ikki muhim uchrashuv ko'p narsani hal qiladi. Bizda katta tajribaga ega jamoa bor. Superligada oson o'yin yo'q. Ushbu bahslarda maksimal natijalar olishga va kuchli jamoa ekanligimizni isbotlashga harakat qilamiz.

"Lokomotiv" matbuot xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика