So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  3 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  6 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  17

Anzur Ismoilov: “To'rtta xorij tilida bemalol gaplasha olaman” Yangiliklar

Anzur Ismoilov: “To'rtta xorij tilida bemalol gaplasha olaman”

O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov Xitoydagi faoliyatini yana kamida ikki yil davom ettiradi.

Futbolchi “CHanchun Yatay” klubi rahbariyati bilan o'zaro kelishgan holda shartnomasini yana shuncha muddatga uzaytirdi. Anzur 2011 yildan buyon ushbu klub sharafini himoya qilib kelmoqda. “CHanchun Yatay” 2015 yilgi mavsumni Xitoy Superligasida 9-o'rinda tugatdi.

- Yakuniga etgan Xitoy chempionatida “CHanchun Yatay” turnir jadvalida 9-o'rinni egalladi. Mavsum avvalida klub oldiga qanday vazifa qo'yilgandi?
- Kuchli sakkiztalikdan joy olish ko'zda tutilgandi. Ochkolar etarli edi, lekin to'plar nisbatiga ko'ra 9-o'ringa tushib qoldik. Sakkizinchi pog'onadagi “CHuncin Lifan” jamoasi bu borada bizni ortda qoldirdi.


- Mavsumni bir tekis o'tkaza olmadinglar. Ayniqsa, birinchi davrada ko'p ochko yo'qotdinglar. Buning sababi nimada?
- To'g'ri aytdingiz, barqarorlik etishmasligi oqibatida murabbiyimiz istefoga chiqarildi. SHundan so'ng yaxshi o'ynay boshladik. Buning natijasida ikkinchi davrada o'zimizdan yaxshi taassurot qoldirdik. Umumiy qilib gapiradigan bo'lsam, joriy mavsum “CHanchun Yatay” uchun yomon kelmadi. Bundan ham yaxshi qatnashishimiz mumkin edi. Bir nechta o'yinlarda so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gollar evaziga yo mag'lubiyatga uchradik yoki durang bilan kifoyalandik. Biroz omad ham kelmadi.

- Besh yildan beri Xitoy chempionatida o'ynayapsiz.  SHu muddat ichida o'sish ko'zga tashlandimi?
- Xitoy klublarining ketma-ket OCHLning final bosqichiga etib kelayotgani, chempion bo'layotgani ana shu o'sishdan darak berib turibdi. Har bir klub tarkibida 4-5 nafardan legioner bor. Xitoy chempionatida 4+1 limiti amal qiladi. Aynan xorijlik futbolchilar chempionat saviyasining oshishiga xizmat qilishmoqda. Lotin Amerikasi, Afrika, Osiyo davlatlari terma jamoalarining asosiy tarkib o'yinchilari CHin yurtida to'p surishmoqda. Tabiiyki, bu holat o'sishga zamin yaratyapti.

- Xitoy tilini o'rganib olgandirsiz?
- Albatta. Hozir to'rtta - ingliz, portugal, rus va Xitoy tillarida bemalol gaplasha olaman.

- Legioner futbolchi uchun xorij chempionatida 5 yil o'ynash - maqtashga arzigulik yutuq...
- SHunday. Ikki-uchta jamoadan taklif bo'layotganiga qaramay, klub rahbariyati meni qo'yib yuborgisi kelmadi. Buning natijasida yaqinda kelishuvni yana 2 yilga uzaytirdim.


- Takliflarni ko'rib chiqmadingizmi?
- Menimcha, bunga hojat yo'q. CHunki  hozirgi jamoamda barcha sharoitlar qoniqtiradi. Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va muxlislar oldida hurmatim baland. Futbolchi uchun eng muhimi ham shu. O'z vaqtida Turkiya klublaridan taklif tushgandi. Lekin shartnomam borligi uchun muzokaralarni to'xtatdim.

- Bu ketishda faoliyatingizni Xitoy chempionatida yakunlasangiz kerak?
- Bilmadim. Oldindan bir narsa deb bo'lmaydi. Xitoy chempionati Osiyo qitasidagi kuchli birinchiliklar qatoriga kiradi. Legionerlarning uncha-bunchasi klub ko'rigidan o'ta olmaydi. CHempionat yildan-yilga kuchayib boryapti. O'z maydonimizdagi o'yinlarga 30 ming muxlis kiradi. OCHL g'olibi bo'lishga yaqin turgan Guanchjou Evergrand o'yinlarini ko'rish uchun esa 60 ming tomoshabin keladi. Bu yil chempionlik uchun kurashda “Guanchjou”ga asosiy raqobatni SHanxay jamoasi tug'dirdi. Yakunda ikki ochkoga o'zib ketgan “Guanchjou” chempionlikni qo'lga kiritdi. Bu jamoaning tarkibi juda kuchli.


- Lekin Xitoy terma jamoasining o'yinlari chempionatiga monand emas. Buning sababi nimada?
- Fikrimcha, xuddi Angliyada bo'lgan holat. Premer-liga kuchli, lekin Ang­liya terma jamoasi xalqaro musobaqalarda yaxshi natija ko'rsata olmayapti. Lekin o'tgan 2-3 yilga qaraganda, bu safargi natijalarda ijobiy tomonga o'zgarish bor. Yosh futbolchilar etishib chiqyapti. Avlodlar almashinuvi davri barcha terma jamoalarda uchraydi. Bu holat istaysizmi-yo'qmi, o'z tasirini o'tkazadi.

- Xitoyga qachon yo'l olasiz?
- Yamanga qarshi uchrashuvdan so'ng tatilga chiqdim. Yanvar oyidan klubimizning yangi mavsumga tayyorgarligi boshlanadi. SHunga yaqin CHin yurtiga jo'nab ketaman.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика