Anzur Ismoilov: "Men "MatchTV"ga intervyu bermadim"
17 mar 2016 15:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/201783_original.jpg)
![](/upload/storage/201783_220.jpg)
Anzur Ismoilov: "Men "MatchTV"ga intervyu bermadim"
Suhbat juda uzun chop etilgan va undagi aksar gaplarga muxlislarda etiroz bo'lyapti. Bu borada futbolchining o'zi biz bilan bog'lanib, intervyuni u bermaganligini aytib o'tdi:
- Intervyuda juda xunuk gap-so'zlar mavjud. Qanday qilib o'zim to'p tepib yurgan chempionat borasida yomon fikr bildirishim mumkin? Qolaversa, MTJ tomon aytilgan gaplar ham to'g'ri emas. Aftidan "MatchTV" meni qidirgan-u, menga yaqin biron kishidan intervyu olgan. Bu borada bugun ular bilan gaplashdim, ular "Anzur bilan gaplashdik" deyishyapti. "Anzur menman, men bilan suhbatlashdinglarmi desam", "yo'q" deyishdi. Aksar malumotlarni internet saytlaridan olganliklarini aytib, intervyuni o'chirib tashlashga vada berishdi. Ulardan nomimdan kim intervyu bergani va o'sha kishining telefon raqamini so'radim, uni topib berishga vada berishdi, kutyapman. SHunda barchasi oydinlashsa, ajab emas, - deydi Anzur Ismoilov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar