Anzur Ismoilov: "Men "MatchTV"ga intervyu bermadim"

Narzulla Saydullayev
17 mar 2016, 15:18
Kuni kecha "MatchTV" kanalining rasmiy saytida O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov bilan intervyu chop etildi.

Suhbat juda uzun chop etilgan va undagi aksar gaplarga muxlislarda etiroz bo'lyapti. Bu borada futbolchining o'zi biz bilan bog'lanib, intervyuni u bermaganligini aytib o'tdi:

- Intervyuda juda xunuk gap-so'zlar mavjud. Qanday qilib o'zim to'p tepib yurgan chempionat borasida yomon fikr bildirishim mumkin? Qolaversa, MTJ tomon aytilgan gaplar ham to'g'ri emas. Aftidan "MatchTV" meni qidirgan-u, menga yaqin biron kishidan intervyu olgan. Bu borada bugun ular bilan gaplashdim, ular "Anzur bilan gaplashdik" deyishyapti. "Anzur menman, men bilan suhbatlashdinglarmi desam", "yo'q" deyishdi. Aksar ma'lumotlarni internet saytlaridan olganliklarini aytib, intervyuni o'chirib tashlashga vada berishdi. Ulardan nomimdan kim intervyu bergani va o'sha kishining telefon raqamini so'radim, uni topib berishga vada berishdi, kutyapman. Shunda barchasi oydinlashsa, ajab emas, - deydi Anzur Ismoilov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia