So’nggi yangiliklar

20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 2:0 (матнли трансляция)  10 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" 1:1 (матнли трансляция)  3 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1

Anzur Ismoilov: "Bugun "Paxtakor" "Bunyodkor"dan bir bosh ustun o'ynadi" Yangiliklar

Anzur Ismoilov: "Bugun "Paxtakor" "Bunyodkor"dan bir bosh ustun o'ynadi"

"Paxtakor" poytaxt derbisida "Bunyodkor"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

O'yinda ustunlikni qo'liga olgan va buni hisobda ham aks ettirgan "sherlar" haqli tarzda g'alabani tantana qildi. Uchrashuvdan so'ng esa mezbonlarning tajribali himoyachisi Anzur Ismoilovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Bugun ochiq va hujumkor o'yin bo'ldi. Ikki jamoa ham futbol o'ynadi. Tezkor gol urib oldik. Stadionda barchasi alo darajada, chim holati ham yaxshi. Biz qatori "Bunyodkor" futbolchilari ham g'alaba uchun maydonga tushgandi. Bugun raqibdan bir kalla kuchliroq o'ynadik. O'yin tashkil qilish tomonidan, vaziyatlardan foydalanish borasida ham ustunlik biz tomonda bo'ldi. Jizzaxda qiynalgandik. Boisi maydonga shu kuni suv sepilmagandi. SHuningdek havo soat oltida ham issiq edi. Endi u mag'lubiyatga bahona bo'lolmaydi. Hamma ayb o'zimizda bo'ldi. "Bunyodkor"ga tezkor gol urishimizni kutmagandik. "Paxtakor" o'ziga yarashadigan birinchi o'ringa qaytishi kerak deb o'ylayman. 

Ko'rgan bo'lsangiz "Bunyodkor" ham himoyaga yotib olmadi. To'pni nazorat qildi, hujumlar uyushtirdi. Biz shunchaki o'zimiz yaratgan vaziyatlarni gol bilan tugatdik, xolos. Hisob yiriklasha boshlagach o'yin nazorati ham jamoamiz tomonga o'ta boshladi. Endi mehmonlarda ham goldan so'ng oldinga o'tishdan boshqa chora qolmagandi. SHuning uchun himoyasi buzilib ketdi",- deydi Anzur Ismoilov.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика