So’nggi yangiliklar

18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  2 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  4 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 2:0 (матнли трансляция)  9 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  26 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18

Anzur Ismoilov: "Birinchi o'yin uchun hammasi yaxshi" Yangiliklar

Anzur Ismoilov: "Birinchi o'yin uchun hammasi yaxshi"

Iordaniyaga qarshi bahs Anzur Ismoilov uchun yubiley o'yin bo'ldi.
“Paxtakor”dagi o'yinlari bilan ilk marotaba terma jamoamizdan joy olgan markaziy himoyachi BAAda bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida faoliyatidagi 60-o'yinida maydonga tushdi. SHu munosabat bilan Anzurdan o'yindan keyingi fikrlarini oldik.

“Albatta terma jamoa sharafini himoya qilish barchamiz uchun sharaf. Biz bilan shug'ullanayotgan yangi avlod himoyachilariga ham mana shunday marrallarni zabt etib borishlarini tilagan bo'lar edim. Futbolchining hayotida har xil kunlar bo'ladi, ammo MTJ yo'lida har qanday vaziyatda mehnat qilish kerak deb o'ylayman. Yillar davomida menga ishonch bildirayotgan murabbiy va muxlislarimizga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. JCHda ham O'zbekiston milliy terma jamoasi safida maydonga tushish nasib etsin”, - deydi Anzur Ismoilov



- Bugun himoyada katta o'zgarishlar kuzatildi. Markazda Krimec bilan birga o'ynadingiz. Qanotlarda Sayfiev va Muhammadiev harakat qilishdi. Bunday holatda o'zingizni qanday his qildingiz?
- Albatta biroz qiynaldim. Sababi o'zingiz aytganingizdek, bu yigitlar bilan birinchi marta birga o'ynadik. Masalan, SHavkat Mullajonov qaysi vaziyatda qanday harakat qilishini deyarli yoddan bilaman. Qiyin bo'lishi sababi, ularni tajribasizligi emas, men uchun yangi o'yinchi bo'lishganida. Yani, yoshlar qanday qarorga kelishlarini men bilmas edim. SHu bois biroz qiyinchilik kuzatildi. SHunday o'yinlar orqali ularga o'rganib olamiz. Qisqa baho bersam, birinchi o'yin uchun hammasi yaxshi deya olaman.

- Siz endi terma jamoda deyarli faxriy futbolchiga aylanib bo'ldingiz. O'z vaqtida Suyunov, Inomov, Aliqulov va Ashurmatov kabi himoyachilar o'ynashgan. Bugungi yoshlar haqida nima deya olasiz, ular muhim musobaqaga tayyormilar?
- Barcha ham bir kun kelib terma jamoada o'ynashni boshlaydi. Misol uchun, SHuhrat Muhammadiev juda chaqqon va kuchli futbolchi. Biroz o'ziga bo'lgan ishonchni oshirsa barchasi yaxshi bo'ladi. SHunday o'rtoqlik uchrashuvlar orqali tajriba ortib boraveradi.

- SHuhrat haqida gapirdingiz, Falastin bilan bahsda Muhammadiev juda faol o'ynagandi. Iordaniya bilan o'yinda esa bazi xatolarga yo'l qo'ydi. Bu borada nima deya olasiz?
- Iordaniya juda kuchli raqib, ular jangovor tarkib bilan maydonga tushishdi. Bizga o'ylash uchun deyarli vaqt berishgani yo'q. Falastin bilan uchrashuvda esa ochiqroq o'yin bo'lgandi. Bundan tashqari raqibning saviyasida ham biroz farq bor.



- Hisob 1:1 bo'lib turgan vaqtda biz durangni saqlab qolish uchun harakat qilsak ham bo'lar edi. Lekin ko'rdikki, o'yin oxirigacha hujumlar tashkil etilaverdi. Bu futbolchilardan ancha jismoniy kuch talab qilinadi. Osiyo Kubogidagi barcha o'yinlar shunday bo'ladi...

- Biz ikki mahal mashg'ulotdan so'ng o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. Murabbiylarimiz jismoniy holatimizni yaxshilash uchun shunday qarorga kelishmoqda. Osiyo Kubogiga shu yo'sinda tayyorgarlik ko'rib boramiz. Mashqda qiyin bo'lsa, jangda oson bo'ladi deyishadiku. Mehnat qilishda davom etamiz, o'zingiz guvohi bo'lganingizdek, bu o'z samarasini berayapti.

- Iordaniya saviya jihatdan biz bilan deyarli bir xil desak bo'ladi. Himoyada yaxshi harakat qilmoqda, darvozaboni juda kuchli. Bugun so'nggi nuqtani qo'yadigan futbolchilar topilmadi. 5-6ta vaziyat sodir etildi 2ta gol urildi. Qita chempionatida bunday xatolar kechirilmaydi.
- Dubaydagi bu yig'inda asosiy urg'u jismoniy holatni yaxshilash ustida ishlashga qaratilmoqda. SHu sababli ham o'yinimiz u qadar yaxshi shakllanmagan. Menimcha aynan shu o'yindan so'ng to'p bilan mashg'ulotlar ko'payadi. Hujumkor futbolchilar darvozaga ko'proq zarba berishlari kerak. Iroqqa qarshi o'yinlarda yanada ishonch bilan o'ynashimizga ishonaman.

- Oldin asosan qanotlardan hujum tashkil qilardik. Bugun esa raqibni istagan nuqtasidan yorib kiryapmiz, himoyachilar ham hujumga qo'shilishyapti?
- Yangi Zelandiya, BAA va Falastin bilan bahslarda aytib o'tganingizdek katta kuch bilan, turli nuqtalardan hujum uyushtirdik. Barcha bir-birini o'rnini to'ldirib turyapti. Natijada, bir kishining xatosini ikkinchisi yopyapti. Bir kishi tashkil qilgan hujumni ikkinchisi ham tuza olyapti. Qanot himoyachilari oldinga o'tsalar, markazdagilar uni o'rnini bilintirmayaptilar. Bu futbolchilardan katta jismoniy kuch talab qiladi. Quvonarlisi, buni jamoadoshlarim uddalayaptilar.  



- Iordaniya bilan o'yinda biz deyarli xavfli jarima to'piga ega bo'lmadik. Raqiblarda esa ikkita shunday imkoniyat bo'ldi. Yaxshiki Nesterov bugun ikki bor jamoamizni goldan qutqardi. Osiyo chempionatidagi raqiblar bunday holatda jiddiy jazolashlari mumkin.

- Raqib hujum qilsa himoyachilarga qiyin bo'lishi aniq. Qo'polliklar esa himoyachilarning biroz oldinroq, yoki aksincha kechroq to'pga intilishi tufayli sodir bo'ladi. Albatta Avstraliyadagi qita chempionatida bunday xatolar qilmaslikka urinamiz.

- Hozirgi tarkibga yana 5 nafar etakchi futbolchimiz qo'shilsa o'yinimiz yanada kuchaysa kerak?
- To'g'ri, bir qator yigitlar jarohatlarini davolashmoqda. Jeparov, Ahmedov, Haydarov kabi futbolchilarning terma jamoada tutan o'rinlari juda salmoqli. Ular safga qaytishsa o'yinimiz yanada jozibador va hujumkor bo'ladi.


Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика