Anvar Solievdan gol, "Paxtakor" stadionida 45 ming tomoshabin, 2003 yil "Piruzi" mag'lub etilgan bahs
20 apr 2021 12:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/632273_original.jpg)
![](/upload/storage/632273_220.jpg)
Anvar Solievdan gol, "Paxtakor" stadionida 45 ming tomoshabin, 2003 yil "Piruzi" mag'lub etilgan bahs
O'shanda CHempionlar Ligasining yangi formatdagi ilk turnirida chorak final bahslari guruh bosqichi tarzida o'tkazilgan. "Paxtakor" joy olgan guruh o'yinlari Toshkentda bo'lib o'tib, Eronning "Piruzi", Turkmanistonning "Nisa" va Iroqning "Al-Talaba" jamoalari bilan bir davrali tizimda bellashuvlarga muxlislar guvoh bo'lishgan. 2-turda deyarli hal qiluvchi bellashuvda "Piruzi" bilan to'qnash kelgan "Paxtakor" 22-daqiqada Anvar Solievning boshi bilan urgan yagona goli evaziga g'alaba qozongan. Unga to'pni burchakdan Mirjalol Qosimov etkazib bergan.
Quyida o'sha tarixiy uchrashuvning barcha xavfli vaziyatlari va golni tomosha qiling hamda yaqin o'tmishning ijobiy xotiralari og'ushiga g'arq bo'ling.
"PAXTAKOR" - "PIRUZI" - 1:0 (1:0)
2003 yil 11 mart. "Paxtakor" stadioni. 45000 tomoshabin.
Hakam: Masayoshi Okada (Yaponiya).
"Paxtakor": Ignatiy Nesterov, Baxtiyor Ashurmatov, Gochguli Gochguliev, Mirjalol Qosimov (Vladislav Kiryan, 74), Asror Aliqulov, Leonid Koshelev, Server Jeparov, Anvar Soliev, Temur Kapadze, Aleksey Nikolaev, Aleksandr Kroxmal (Baxtiyor Hamidullaev, 67).
"Piruzi": Davud Fanaiy, Yunus Bahonar, Afshin Peyrovani, Yahyo Golmuhammadi, Behruz Rahbarifar, Ali Ansarian, Mehdi Tartar (Orif Muhammadvand), Hamid Estili (Payan Rafat), Pejman Jamshidi (Hasan Xonmuhammadi), Muhammad Barzegar, Rizo Jabbori.
Gol: Soliev, 22 - 1:0.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar