So’nggi yangiliklar

10:51Анчелоттига Бразилия термасида кимлар ёрдам бериши маълум  0 10:20Педри “Барселона“ рекордини ўрнатди  5 09:53“Реал Мадрид“ ярим ҳимояни кучайтириш учун учта футболчи номзодини кўриб чиқмоқда  1 09:22Forbes. Дунёнинг энг сердаромад спортчилар рейтинги тузилди  1 08:54Жозе Моуринью фаолиятини терма жамоада давом эттиришга яқин  3 08:23Ямал Роналду билан тенглашиб олди  10 07:55Флик мавсум ҳақида: “Мавсумдаги энг ёқимли лаҳзалар? “Реал“га қарши тўртта классико“  13 07:28Суперлига. Бугун 10-турга старт берилади  0 02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  57 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  4 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  9 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6

Anvar Rashidov: “Lobanovda amaliyot va o'yinni o'qiy olish xususiyati mujassam” Yangiliklar

Anvar Rashidov: “Lobanovda amaliyot va o'yinni o'qiy olish xususiyati mujassam”

Bugungi kunni milliy terma jamoamiz uchun bag'ishlaymiz. Zero, Ammanda kechadigan o'yinda vakillarimizning qoniqarli natija qayd etishini butun xalqimiz intizorlik kutmoqda.
Terma jamoamizning sobiq vakillari bilan uyushtirilgan suhbatlarni berishda davom etamiz. Millionlar o'yinida darvozabon yarim jamoa degan gap bor. O'zingizga yaxshi malumki, bosh jamoamizning asosiy posboni Ignatiy Nesterov jarohat sababli bugungi o'yinda vakillarimizga yordam bera olmaydi. Uning o'rnida bugun kimning boshlang'ich tarkibdan joy olishi hozirda barchani qiziqtirmoqda. O'z vaqtida milliy terma jamomizda darvozabonlar murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Anvar Rashidovni ham yo'qlab, dolzarb mavzu yuzasidan mutaxassisning fikrlarini bilishga qiziqdik.

- Kecha internet tarmog'i orqali shogirdim Aleksandr Lobanov bilan suhbatlashganimda, barchaning kayfiyati alo darajada ekanligini takidladi - deya gap boshladi Rashidov. Ammo darvozada kim turishi nomalum ekanligini bildirdi. Bu borada Mirjalol Qosimov ham OAV bilan bo'lgan muloqotda aniq gap aytmagan.

- Nesterovning safdan chiqishi bu juda katta muammo deb ayta olmayman. SHu bois bu mavzuni keng qamrovda muhokama qilish shartmas bugungi kunda. Futbolda shunaqangi kutilmagan xolatlar yuz beradiki, bugun yuqori saviyada o'ynab, ertaga maydon chetiga chiqib qolishing ham hech gap emas. Milliy terma jamoamizning masuliyatli o'yinlarida bungacha asosan Ignat o'ynab kelganlini inobatga oladigan bo'lsak, uning Iordaniyaga qarshi bahsda ham safda bo'lganida tabiiyki bu plyusimiz edi. Lekin endi bugungi uchrashuvda murabbiylar boshqa posbonlarning xizmatidan foydalanishga majbur. Bilasizmi terma jamoa murabbiylari bungacha boshqa posbonlarga ham rasmiy o'yinlarda imkoniyat berib, ularni pishitib borishi kerak edi. Har extimolga qarshi shunday qilinsa, yo'qotishlar o'rni darhol munosib nomzodlar bilan qoplanadi. Futbol jamoviy o'yin, uylaymanki bugun yigitlarimiz jamoaviy o'yin tashkil etishsa, darvozabonlar qo'pol xatolarga yo'l qo'ymasa, hammasi biz uchun ijobiy yakun topadi.

- Bugungi o'yinda darvozani qo'riqlash kimga ishonib topshirilishi xususida men sizga aniq bir nima deyishim qiyin. Faqatgina shaxsiy fikrlarimni aytaman xolos. Demak bugungi o'yinda ishtirok etishi mumkin bo'lgan darvozabonlarning har biriga to'xtalib o'tamiz.
Murod Zuhurov bilan bungacha ishlamaganim uchun uning imkoniyatlarini juda yaxshi bilmayman. Tan olish kerak, Zuhurovda o'yin amaliyoti kam. To'g'ri o'tgan mavsumlarda “Nasaf”da ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ldi, lekin “Bunyodkor”da Nesterovning soyasida qolib ketayotgan edi. Ignat safdan chiqqach, shundagina Zuhurovda asosiy tarkibda o'ynash imkoni yuzaga keldi. Mirjalol Qosimov “Bunyodkor”da Zuhurov bilan birga ishlamoqda, uning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi.  

Aleksandr Lobanovni esa “Paxtakor”da men shug'ullantirganim bois bu shogirdimning ko'rsatkichlarini juda yaxshi bilaman. Lobanov oxirgi ikki yilda etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Xalqaro maydonlarda ham o'zini ko'rsatishga erishdi va bu o'yinlar orqali mahoratini oshirib bordi. Qolaversa o'z kuchiga bo'lgan ishonchni ham orttirdi. Sashada darvozabon uchun kerakli bo'lgan xususiyatlardan biri, o'yinni o'qiy olish qobilyati juda yaxshi shakllangan. Menimcha terma jamoa murabbiylari bugun Lobanovga ishonch bildirishsa, uyaltirib qo'ymaydi.

- “Nasaf” posboni Eldor Suyunov haqida ham ijobiy fikrdaman. Bu yigitni oldindan tanir edim, lekin o'yinini ko'rmagandim. Mamlakat Kubogi doirasidan o'rin olgan “Nasaf”ga qarshi bellashuvlarimizda Suyunovni kuzatdim. Harakatlari shaxsan menga maqul keldi. Ayniqsa Qarshida kechgan bahsda Eldor jamoasining muqarrar gollardan saqlab qoldi. Uchrashuvda Igor Sergeev shunday zarba berdiki, Suyunov reakciya namoyish etib, to'pni qaytarishga erishdi. Ochig'i uning bunday xarakat qilishini kutmagandim. “Nasaf” posboniga nazarimda, hozir milliy terma jamoada unchalik katta etibor qaratishmayapti. Ko'proq zaxira uchun olib ketilgan bo'lsa kerak. CHunki u xali yosh. Bunday xalqaro muhim o'yinlarda tajriba kamligi pand berib qo'yishi hech gap emas. Suyunov mana endi-endi jamoasida birinchi raqamli posbonga aylanib bormoqda. Lekin unda darvozabonlarga xos bo'lgan barcha xususiyatlar mavjud ekanligiga iqror bo'ldim. Kelajakda Suyunovdan juda yaxshi darvozabon etishib chiqishiga shubham yo'q.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика