So’nggi yangiliklar

20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 3:0 (матнли трансляция)  41 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  1 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

Anvar Rahimov: “Oliy ligada ham muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz” Yangiliklar

Anvar Rahimov: “Oliy ligada ham muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz”

O'tgan hafta Qo'qonga safar uyushtirib, jamoa mashg'ulotini ham bevosita stadionda kuzatib qaytdik. SHu asnoda jamoa yarim himoyachisi Anvar Rahimov bilan uchrashib, savollarimizga javob oldik.
- Jamoa safiga ikkinchi bosqich arafasida qo'shildingiz. SHunga qaramay qisqa fursat ichida moslashib keta oldingiz. Bunga qanday erishdingiz?
- Bilasizmi jamoadagi deyarli 70 foiz futbolchi bilan bunga qadar ham munosabatlarimiz yaxshi edi. Ayniqsa etakchi o'yinchilar Aziz To'xtaboev va Aziz Ashurov bilan aloqam bor edi. Albatta ular ham yangi muhitga ko'nikib borishimda yordam berdi. To'g'risi bu borada aytarli muammoga duch kelmadim. Muhit yaxshi. Bundan tashqari ilgari ham jamoamni o'zgartirganim uchun yangilik bo'lmadi.

- “Qo'qon-1912”ga kelishingiz bevosita bosh murabbiy bilan bog'liq bo'lsa kerak?

- Ha. Rustam Rahmonovich jamoaga taklif etayotib, maqsad kuchlilar safiga chiqish va kelasi yil ham oliy ligada munosib ishtirok etish ekanligini bildirgach, hech ikkilanmasdan kelishga qaror qildim. Aniq maqsad borligi tufayli bir-birimizga yordam berish uchun kelganman. O'ylaymanki ushbu variantni tanlab adashmadim. SHu fursatdan foydalanib, Abdullaevga ham minnatdorchilik bildirib qolaman. Negaki menga ishonch bildirib, mashg'ulotlarda ham alohida men bilan ishlab, sport formamni tiklanishida bu murabbiyning hissasi katta.

- Dastlabki yig'in haqida fikringiz qanday?
- Yaxshi. Tatildan keyin futbolchilarni o'z formasiga kirib olishi va jismonan tayyor bo'lishi uchun tiklanish jarayoni desa ham bo'ladi. Yanvar oyidan yig'inimiz yanada jiddiy tus oladi deb o'ylayman.

- Kelasi yil endi jamoangiz oliy ligada ishtirok etadi. Bunga siz qanchalik tayyorsiz?
- Xudoga shukur tayyormiz. Har xolda shunga intilyapmiz. Mashg'ulot jarayonida hamma astoydil mehnat qilmoqda.

- SHaxsan o'zingizni bugungi xolatingizdan ko'nglingiz qay darajada to'lmoqda?
- CHempionat boshlanishiga hali yana ikki oy vaqt bor. Oldinda bizni qiyin yig'inlar kutib turibdi. Hozir 60-70 foiz tayyormiz deyishim mumkin. Fevral oyida Turkiyada yig'in tashkil etiladi. Mana shu safardan so'ng o'ylaymanki 90-95 foizga tayyor bo'lamiz. Qolganini esa chempionat ko'rsatib beradi.

- Qo'qonlik muxlislar jamoa birinchi ligada ishtirok etayotganida g'alabalarga ko'nikib qoldi. Oliy ligada esa tan olish kerak, har bir turda zafar quchish juda qiyin bo'ladi. Muxlislarga nima degan bo'lardingiz?
- Avvalambor ishqibozlarimizga bu yil ajoyib qo'llab-quvvatlab turishgani uchun kattakon rahmat aytaman. Ajoyib manzaraga guvoh bo'ldik. Har bir uchrashuvda qarsak chalib ishqibozlik qilishsa bu har futbolchining kuchiga qo'shimcha kuch qo'shadi. Juda ham yoqimli holat. Nasib qilsa oliy ligada ham ularni xursand qilishga xarakat qilamiz. Eng avvalo birinchi navbatda futbolni aynan muxlislar uchun o'ynaymiz. Ularga yoqadigan o'yin ko'rsatadigan bo'lsak, ijobiy natija ham bo'ladi.

- Sir emaski, biror futbolchi viloyat jamoalarida o'ynab yuqori saviyaga ko'tarilganida darrov poytaxtning grand klublariga o'tib ketish xolatlari uchramoqda. Bu esa muxlislarda ko'pincha etiroz paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. SHuning uchun aytingchi, Qo'qon-1912 ham siz uchun tramplin vazifasini o'tab bermaydimi?
- Yo'q. SHaxsan men Qo'qon-1912da shunchaki o'ynab yurganim yo'q. Bu erda o'zimga yarasha niyatlarim bor. Qo'qonda futbolni juda ardoqlashadi. SHaroitlar yaxshilanib borilsa, hech bir futbolchi ketmaydi. Lekin bu degani butun futbolchilik faoliyatimni shu erdam o'tkazaman degani ham emas. Ko'plab o'yinchilar kabi mening ham xorij klublarida o'ynash niyatim yo'q emas.


Islombek Rustambekov.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика