So’nggi yangiliklar

03:00Мундиал тарихи. Омадли турклар, 64 соат учган корейслар, қўзғолон бошлаган мағлубият ҳамда допинг қабул қилган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:51Франция. ПСЖ кетма-кет бешинчи ғалабасини қайд этди  0 02:44А Серия. 0:2дан 6:2 - "Интер" пешқадамликни сақлаб қолди  2 01:50"Наполи" футболчисини "Ноттингем"га ижарага берди  1 01:25Артета: "МЮ қарши ҳужумларда "қотил"  0 00:50"Арсенал" "Атлетико"га бир неча таклиф жўнатди  2 00:31Нани "Актобе"да қанча маош олади?  3 00:10"Ливерпуль" футболчиси "Тоттенхэм"га ўтишга яқин  2 23:49"Барселона" Ферминнинг агентлари билан музокаралар ўтказди  1 23:30Назорат ўйини. "Сўғдиёна" Сербия жамоасига мағлуб бўлди  1 23:17"Арсенал" футболчисини "Марсель"га ижарага берди  1 23:14"Ғазалкент" ва "Каттақўрғон" жамоалари назорат ўйини ўтказди  4 22:59U-23 Осиё Кубоги. Вьетнам Жанубий Кореяни мағлуб этиб, бронза медалларига эга чиқди  1 22:43"Металлург" қайтди! Бу қандай эълон қилинди?  0 22:29"Актобе" Халкни ҳам жамоага олиб келиши учун қанча маош тўлаши керак эди?  3

Anvar G'ofurov: "Marat Bikmaevga insof bersin" Yangiliklar

Anvar G'ofurov: "Marat Bikmaevga insof bersin"

Bugun Toshkentda muxlislar poytaxt derbisi guvohi bo'lishdi.

Ushbu turda "Bunyodkor" o'z uyida "Lokomotiv" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Qiziqarli kechgan bahsdan so'ng, "Bunyodkor" jamoasi himoyachisi Anvar G'ofurov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalam bor barchaga insof bersin. Maratga ham. U penalti yo'qligi haqida bosh hakamga aytsa bo'lardi. evropa futbolini barchamiz tomosha qilamiz. Bosh hakam kelib germaniyalik futbolchidan so'raganda penalti yo'qligini aytgandi. Agarda biz takroriy vaziyatlarni ko'rish imkoni yo'q bo'lgan asrda yashayotganimizda mayli edi. Hozircha ko'p kameralar bor. Takroriy vaziyatni ko'rsa bo'ladi. Odam sifatida boshqacha qarashni boshlayman. To'g'ri, u o'zini ishini qilyapti, lekin, bu darajada bo'lish kerak emas. Odam odamligicha qolishi kerak. 

Hakamlar ham xato qiladi. Bu vaziyatda bosh hakam Axror Risqullaev  yon hakamdan borib so'ragani uchun rahmat aytaman. Qanot hakami penalti bo'lgan deb aytdi.  Marat Bikmaev penalti bo'lmagan deb aytsa kerak, deb o'ylagandim. Agarda qoida buzulganida gap bo'lishi mumkin emas edi. 100 foiz Marat Bikmaevni oyog'iga teyganim yo'q. Takroriy vaziyatlar bor, bemalol ko'rib chiqish mumkin. Ikkinchi penalti belgilangan vaziyatda Marat Bikmaevning yoniga borib senga nisbatan qo'pollik ishlatmaganimni aytgin degandim. U esa bunday qilmadi", - deydi Anvar G'ofurov


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

Reyting: +124   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика