So’nggi yangiliklar

10:20Россиянинг олти карра чемпиони фаолиятини юртимизда давом эттириши мумкин  9 09:46"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолаши мумкин  3 09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  7 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  13 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  3 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  20 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0

Anvar Berdiev: "Zoirov bilan yuzaga kelgan vaziyatda kartochka bo'lmasa, demak men futbolni tushunmas ekanman" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Zoirov bilan yuzaga kelgan vaziyatda kartochka bo'lmasa, demak men futbolni tushunmas ekanman"

Pro-liga 10-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Xorazm" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Xorazm" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Qizil kartochkadan keyin mehmonlarda imkoniyatlar ko'payib ketdi. Goldan so'ng ham hisobni tenglashtrishga intildik. Biroq, ko'p vaziyatlarda omad yuz o'girdi.

- Hojiakbar Yunusovni chetlatilishiga munosabatingiz qanday?

- Vaziyatga hayron qoldim. Yunusovga berilgan vaziyat qizil bo'lsa, Zoirovda jarima maydoni ichkarisida yuzaga kelgan xolatda kartochka bo'lmasa, demak men futbolda hech narsani tushunmas ekanman. Vaziyatni ko'rib chiqish kerak, to'p uchun kurash bo'ldi, qizil beradigan vaziyat emasdi.

- Muhriddin Zoirovga qo'pollik ishlatilganda jarima maydoni ichkarisida edi deb hisoblaysizmi?

- Vaziyatni ko'rib chiqishim kerak. Men aytmoqchi bo'lganim Yunusovning vaziyatida qizil bor, Zoirovdagi xolatda kartochka yo'q. Ochig'i, ushbu xolatlar uchun hakamning qaroridan hayronman. 

- Birinchi bo'lim so'ngida "Xorazm" murabbiylar shtabi vakili bilan tortishib ketdingiz. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Bizning futbolchilardan biri ular bilan tortishib qolgan. SHu bois men vaziyatni tinchlantirishga urindim. Asabiylik xolati yo'q edi.

- "SHo'rtan" nega bitta hujumchi bilan o'ynadi?

- Etibor qaratgan bo'lsangiz, dastlab ikki hujumchi bilan o'ynadik. Bekzod Suvonov, Muhriddin Zoirovlar hujumda edi. 10 kishi bo'lib qolganimizdan so'ng Bekzod Suvonov orqaroqda o'ynashiga to'g'ri keldi. Ikkinchi bo'limda Zafar Polvonovni chiqardik.

- "Xorazm"ning musobaqa jadvalidagi o'rni xotirjamlikka berilishga sabab bo'ldimi?

- Yo'q, bunaqa deb aytmagan bo'lardim. Pro-ligada o'tkinchi o'yinlar bo'lmaydi. Jamoalar har bir ochko uchun jiddiy kurashadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика