So’nggi yangiliklar

19:11Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Олимпик-MobiUz", "Хоразм" – "Навбаҳор"  1 18:50Куртуа Трент ҳақида: "Унинг жарима зарбалари ва бурчак тўплари – бошқа даражада, бундай техникaни ҳеч қачон кўрмаганман"  1 18:27Эшитдик-да! Шацких "Пахтакор"дан икки андижонлик футболчини "Андижон"га олиб келмоқчи  13 17:49Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Opta жавоб берди  10 17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  2 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  1 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  4 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  7 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  4 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  10 12:15Гёкереш инглиз клуби билан келишиб олди  2 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  10 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  7

Anvar Berdiev: "Musobaqaning finaliga etib kelishimizni ko'pchilik kutmagandi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Musobaqaning finaliga etib kelishimizni ko'pchilik kutmagandi"

"Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2021" musobaqasining "Bunyodkor"-"Istiqlol" (4:1) jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvidan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Anvar Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"To'g'risini aytsam, jamoamizning musobaqaning final bosqichiga qadar etib kelishini ko'pchilik kutmagandi. Fursatdan foydalanib jamoamiz futbolchilariga minnatdorchilik bildiraman, ular maydonda borlarini berib harakat qilishdi. To'g'ri final uchrashuvida yirik hisobda yutqazib qo'ydik, lekin biz bunday fojea yasash niyatimiz yo'q. Musobaqa davomida kamchiliklarimizni ko'rib oldik, albatta bular ustida ishlaymiz. Nasib bo'lsa yangi mavsumda "Istiqlol" o'z o'rniga ega bo'lgan jamoa sifatida namoyon bo'ladi. SHu yo'nalishda ishlashda davom etamiz.

Ushbu turnir jamoamiz mavsumoldi tayyorgarlik doirasida juda zarur edi. Musobaqa davomida bir qator nomdor va kuchli jamoalar bilan o'yin o'tkazish orqali xato va kamchiliklarimizni ko'rib oldik. Bizga eng keraklisi mana shu turnir orqali futbolchilarning o'z-o'zlariga, xususan g'alabaga bo'lgan ishonchlarini shakllantirib oldik. Musobaqani ikkinchi o'rin bilan tugatdik, aytish joiz bo'lsa bu jamoamiz uchun yaxshi natija.

Endilikda 3-4 kun jamoamiz futbolchilariga kichik tatil beramiz, ular har ikki-uch kunda o'yinlar o'tkazishdi, charchoq bo'lishi tabiiy xol. Bu yilgi turnir avvagilaridan ko'ra ancha ko'tarinki ruhda o'tdi, ishtirokchi jamoalarga nazar tashlasangiz ham bu yaqqol ko'zga tashlanib turibdi. Tez orada mashg'ulotlarga kirishib, yangi mavsumda PRO-Ligada ham shu kabi munosib etishga harakat qilamiz" - deydi Anvar Berdiev.


Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика