So’nggi yangiliklar

14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  0 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  0 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  6 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  23 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  33 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  9 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9

Anvar Berdiev: "Murabbiy sifatida barcha aybni o'z zimmamga olaman" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Murabbiy sifatida barcha aybni o'z zimmamga olaman"

PRO-Liga 7-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Oq-tepa" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.





"Bugun teng kuchga ega ikki jamoa o'rtasida qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik. O'yin haqida nima deyish mumkin? Jamoamiz futbolchilari birinchi bo'limda yuzaga kelgan yaqqol vaziyatlardan foydalana olishmadi. Bilasizmi, birinchi bo'limning o'zida 4-5 ta golli vaziyatlarni yo'qqa chiqardik. Murabbiy sifatida bugungi natija uchun barcha aybni o'z zimmamga olaman.

Har doim aytganman, vaziyatlardan foydalanish borasida oqsayapmiz. Bugun ham ko'rganingizdek, o'zimizda yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalanganimizda boshqa o'yin bo'lardi.

Mo'ydin Mamazulumov nega asosiy tarkibda tushmadi? Endi etibor bergan bo'lsangiz Mamazulumov avvalgi o'yinlarimizda zahiradan maydonga tushib o'yinimizni kuchaytirgan. Aynan u gol kiritgan uchrashuvlarimizda zahiradan o'yinga qo'shilgan. To'g'risi, Mo'ydinning yoshini ham inobatga olish kerak. Bugungi o'yinga tayyorlagan rejamizda ham ikkinchi bo'limda Mo'ydin Mamazulumovni zahiradan tushirib, o'yinimizni kuchaytirish edi" - deydi Anvar Berdiev.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика