So’nggi yangiliklar

15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  4 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  0 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  6 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  11 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4

Anvar Berdiev: "Futbol shunaqa, o'z imkoniyatidan unumli foydalangan jamoa g'alaba qozonadi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Futbol shunaqa, o'z imkoniyatidan unumli foydalangan jamoa g'alaba qozonadi"

Pro-liganing 13-turidan o'rin olgan "G'ijduvon" - "Turon" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Avvalo "Buxoro" ahliga alohida salom yo'llayman. O'yin haqida aytadigan bo'lsam, oddiy bo'lmagan bahsda g'alabaga erishdik. "G'ijduvon" jamoasi uy o'yinlarida juda yaxshi harakat qiladi. Futbolchilarimizga ham rahmat aytaman, ular bugun maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Bugungi g'alabani uzoq masofa bosib kelib bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga bag'ishlaymiz. O'ylayman-ki, bugun ular jamoamiz ko'rsatgan o'yindan xursand bo'lishdi. 

- Belgilangan penalti haqida fikringiz qanday?

- Hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdimi, demak bunga etarlicha asoslari bo'lgan. Vaziyatga yaqinroq joyda edim, menga ham bu vaziyatda o'yin qoidasi buzilgani yaqqol ko'rindi. Fikrimcha, penalti 100% haqli belgilandi.

- "G'ijduvon" jamoasidan shunday o'yin kutganmidingiz?

- "G'ijduvon" bilan uyda o'ynaganimizda ham qiyinchiliklarga duch kelgandik. Jamoa tarkibida tajribali futbolchilar etarlicha. Fikrimcha, "G'ijduvon" turnir jadvalida o'ziga yarashmagan o'rinda turibdi. O'ylayman-ki, jamoaning g'alabalari hali oldinda. Keyingi o'yinlarda "G'ijduvon"ga omad yor bo'lishi tilayman.

Qo'shimcha fikrlarim? Men "Buxoro"da birmuncha vaqt ishlaganman, ularning non-tuzini eganman. Buxoro viloyati jamoalariga hamisha omad va g'alabalar yor bo'lishiga tilakdoshman.

- Bugun "G'ijduvon"dan Yaypanda bo'lib o'tgan o'yin kabi qarshilik kutganmidingiz?

- "G'ijduvon" bilan uyda o'ynaganimizda mavsum endigina boshlangandi. Bu vaqtda hohlaysizmi, yo'qmi, jamoalarning kuchlari deyarli teng bo'ladi. 7-8 turlarga kelib jamoalar o'rtasidagi farq sezila boshlaydi. Demoqchiman-ki, shu kabi sabablar tufayli biz uyda "G'ijduvon" bilan o'yinda qiyinchiliklarga duch kelganmiz. Takror aytaman, jamoa safida tajribali futbolchilar etarlicha. "G'ijduvon" oldinda hali ko'p jamoalarga boshog'riq bo'ladi. Futbol shunaqa, imkoniyatdan unumli foydalangan jamoa yutadi. Bugungi g'alabamizning sababi o'z imkoniyatlarimizdan to'g'ri foydalanganimiz bo'ldi deb o'ylayman.

- Xumoyun Murtozaev ayni damda Pro-liga to'purari hisoblanadi. Unga Superliga jamoalaridan takliflar bo'layaptimi?

- Bu savolni o'tgan matbuot anjumanida ham berishdi. Bizga nafaqat Xumoyun Murtozaev, balki jamoaning har bir futbolchisi alohida qadrli. Futbolchilarimizning klub bilan shartnomasi bor va ularni qo'yib yubormoqchi emasmiz.

Hali oldimizga qo'yilgan vazifani bajarganimiz yo'q. Oldinda bizni ko'plab uchrashuvlar kutib turibdi. Har bir o'yinga g'alaba uchun maydonga tushib zimmamizdagi masuliyatli vazifani ado etishimiz kerak. Mavsumning yarmi hali oldinda. Har bir o'yinni oxirgi imkoniyat deb hisoblagan xolda maydonga chiqamiz. Bo'shashishga haqqimiz yo'q va men bunga yo'l qo'ymayman.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика