So’nggi yangiliklar

10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  3 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  5 08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  5 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  17 08:02МЮ яна бир топ ҳимоячи билан келишувга эришди  3 07:35«Андижон» икки нафар футболчиси билан хайрлашди  3 01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  1 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  1 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  1 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  6 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  5 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  19 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  3

Antuan Grizmann: yangilangan "Atletiko"ning qahramoni (mutolaa uchun) Yangiliklar

Antuan Grizmann: yangilangan "Atletiko"ning qahramoni (mutolaa uchun)

Francuzning yangi muvaffaqiyatlarini baholaymiz.

O'tgan mavsum "Atletiko" uchun unchalik zo'r o'tmadi. "Matraschilar" milliy birinchilikda nostabil harakat qilishdi, CHempionlar ligasidagi ishlar esa undan ham yomonroq. Madridliklar ilk o'yinda "Portu"ni mag'lub etishdi va shu bilan o'sha CHLda ortiq g'alaba qozona olishmadi. "Atletiko" yakunda 5 yil ichida ilk bor bahorgi evrolarsiz qoldi. Va bu "matraschilar"ning o'tsa bo'ladigan, aniqrog'i "Portu", "Bayer" va "Bryugge" bilan bir guruhda joylashganida ro'y berdi. Jamoada jiddiy pasayish bo'ldi, bu esa bosh murabbiy Diego Simeonening kelajagini shubha ostiga qo'ydi.

"Atletiko" ustozi raqiblarning "matraschilar"ga qarshi o'ynashni o'rganib olganini tan oldi. Yoki ketish, yoki nimanidir o'zgartirish kerak edi. Mutaxassis ikkinchi variantni tanladi va jamoaning o'yin uslubini himoyaviydan hujumkorlikka o'tkazgan holda tubdan o'zgarish qildi. "Atletiko" o'tgan mavsumning ikkinchi qismida yaxshi manoda o'zgardi. "Matraschilar" jasurroq, yorqinroq o'ynashdi va asosiysi natijaga ega bo'lishdi. Yangilangan jamoaning bosh qahramonlaridan biri Antuan Grizmann bo'ldi. Francuz Madridga qaytdi va yana Simeonega yordam bermoqda.



Grizmannda qiyin davr bo'ldi. Barchasi uning 2019 yilning yozida "Barselona"ga o'tishga qaror qilganidan boshlandi. Transfer narxi 120 mln evroni tashkil etdi. Antuanga hamma narsa bosim o'tkazdi: o'tishdan so'ng "Atletiko"ga bo'lgan sadoqatini aytgan bayonoti, yuqori narx va yangi klubdagi qiyin adaptaciya. Muntazam ravishda kataloniyaliklarning francuzni unchalik ham yaxshi qabul qilmagani haqida malumotlar chiqdi. "Kamp Nou"dagi ilk mavsum muvaffaqiyatsiz bo'ldi: hujumchi La Ligadagi 35ta o'yinda atigi 9ta gol urdi. U "Real Sosedad"dagi vaqtlaridan beri bunchalik kam gol urmagandi.

Keyingi mavsum Grizmann uchun biroz yaxshiroq o'tdi. U bu safar Ispaniya chempionatidagi 36 o'yinda 13ta to'p kiritdi. Antuan shartnomada ko'zda tutilganidek 2021/22 yilgi mavsumni "Barselona" tarkibida boshladi, ammo o'sha paytda ijara asosida "Atletiko"ga qaytish imkoniyati paydo bo'ldi. Francuz Madridga qaytishga qaror qildi. U erda ham boshida oson bo'lmadi. Muxlislar sotqin deb hisoblagan futbolchini qabul qilishmadi. O'yinchining o'zi aybini maydonda yuvish ishtiyoqida edi. Unchalik ham muvaffaqiyatli chiqmadi. Forvard butun mavsum davomida La Ligada faqatgina 3ta to'p kiritdi.

O'tgan mavsum butun "Atletiko" uchun bo'lgandek Grizmann uchun ham qiyin boshlandi. U CHempionlar ligasida 1ta gol urdi va La Ligada samarali harakatlarsiz paytlar bo'ldi. Ammo, Antuan murabbiyi kabi o'zgarishlarga qaror qilgandi. Futbolchi o'tgan mavsumni Ispaniya chempionatidagi 38ta o'yinda 15ta gol va 16ta assist bilan yakunladi. U La Ligada golli vaziyatlarga jalb qilinish bo'yicha eng yaxshi o'yinchi bo'ldi. Simeone avvaliga "Barselona"dan pastroq narxga sotib olish uchun Grizmanning o'yin vaqtini chekladi. SHu bilan birga faqatgina Nauel Molina o'tgan mavsum La Ligada Grizmanndan (2859)dan ko'proq (2871) daqiqalarni o'tkazdi.



Antuan yana "Atletiko"ning bosh zarba kuchiga aylandi. Bu safar o'tgan mavsum La Ligada 13ta gol urgan Alvaro Morata bilan. SHu bilan birga, francuzning hisobida 16ta assist, ispanda esa 2ta edi. O'tgan mavsum Grizmann uchun gol+pas tizimi (31 ochko) bo'yicha eng yaxshisi bo'ldi. U bungacha 5 yil davomida ketma-ket mavsumda 15tadan ortiq o'yin o'tkazgan bo'lsa ham buncha ochko yig'magandi. Antuan joriy mavsumda ham yuqori darajada o'ynashda davom etmoqda. Uning hisobida 14ta o'yinda 9ta gol bor. Bu francuzning 2013/14 yilgi mavsumdan beri eng yaxshi starti.


P.S. - Maqola 2 kun oldin bo'lib o'tgan La Liga doirasida "Atletiko" - "Almeriya" o'yinidan oldin tayyorlangan.


Grizmann maydonning so'nggi uchinchi qismida "Atletiko"ning eng muhim o'yinchisi hisoblanadi. U 2023 yilda darvoza tomon zarba bilan yakunlagan 227ta hujumda va 39ta golli hujumlarda ishtirok etgan. Bu ligadagi eng yaxshi ko'rsatkichlar. U Madrid klubining barcha o'yinchilari orasida eng ko'p darvoza tomon zarba berish foiziga ega (30,2%). Antuan o'tgan mavsum Ispaniya chempionatining eng yaxshi to'purarlari beshligiga kirdi. U hozirda faqatgina Jud Bellingemga imkoniyatni boy bergan holda reytingda 2-o'rinni egallab turibdi. Francuz o'tgan mavsum yakuniga ko'ra Vinisius va Mikel Merinoni 7ta samarali uzatmaga ortda qoldirgan holda La Liganing eng yaxshi assistenti bo'ldi.

Grizmann hujumning yakunlanish qismidan tashqari ham o'z jamoasiga aqlbovarqilmas kuchni bermoqda. U quyiroqqa tushishdan qo'rqmaydi va sheriklariga to'pni egallab olishda va vaziyatning keyingi rivojlanishida yordam bermadi. Antuan joriy mavsum jamoasiga raqib darvozasi tomon yurishni taminlagan 71ta uzatma ijro etdi. U bu ko'rsatkich bo'yicha o'z klubidagi eng yaxshisi. U o'tgan mavsum 81ta ehtimoliy golli vaziyat yaratdi. SHu sabab ham assistlar bo'yicha yuqori ko'rsatkich bor. Joriy mavsum esa uning hisobida hozircha La Ligada faqatgina bitta samarali uzatma bor.



"Atletiko" joriy mavsum 30ta gol urdi. Undan ko'proq faqatgina Madridning "Real" klubi (33) va "Jirona" (34) urgan. "Matraschilar"ning bunday hujumkor mashinaga aylanganida Grizmanning katta xizmati bor. Francuz katta miqdordagi ishni bajaradi va shu bilan maydonning turli qismlarida yaxshi ishlaydi. Madridliklarning hujumi Antuan bilan qiziqarliroq va xavfliroq ko'rinadi. U joriy mavsum raqib jarima maydonchasiga 63ta uzatma ijro etdi, bu esa "Atletiko"ning boshqa har qaysi o'yinchisinidan ko'proqdir. Grizmann sxema bo'yicha hujumchi hisoblansada jamoada ko'proq pleymeykerlik qiladi va bu ishni ajoyib bajaradi.

"Matraschilar" Antuanning "Oltin to'p"ga ovoz berish jarayonida atigi 21-o'rinni olganidan hayratdalar. Madridda ularning vakillari ancha yuqori joylashish kerakligiga ishonchlari komil. Agar u shunday samarali harakat qilishda davom etsa va Franciya terma jamoasi Evropa chempionatini yutsa unda "Oltin to'p" uchun kurashish imkoniyati paydo bo'ladi. Grizmann uchun asosiysi to'g'ri-to'g'ri raqobatchi safiga o'tishdagi aybini yuvdi va yana "Atletiko" uchun qadrdon bo'lib oldi.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика