Antuan Grizmann: “Oltin to'p”ni francuz futbolchisi olishi kerak”
09 okt 2018 00:48
Yangiliklar
Antuan Grizmann: “Oltin to'p”ni francuz futbolchisi olishi kerak”
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann bu yilgi “Oltin to'p”ni kim olishi kerakligi haqida o'z fikrini bildirdi.
“Bu sovrin men uchun orzu. Agar tarixga nazar tashlasak, ushbu mukofot yaxshilarning eng yaxshisiga berilganini ko'rishimiz mumkin. Bu boshqalarga namuna qilib ko'rsatilishi uchun ham kerak, nazarimda.
Biz Jahon chempionatida g'alaba qozondik. Eng yaxshi futbolchi ham chempion jamoa safidan bo'lishi kerak. Yoki noto'g'rimi? SHaxsan men shunday deb hisoblayman.
Albatta, turli xil fikrlar, muhokamalar hamda yakuniy ovoz berish jarayoni bo'ladi. Fikrimcha, bu yilgi “Oltin to'p” francuz futbolchisiga berilishi shart”, - dedi Grizmann.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar