So’nggi yangiliklar

08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  0 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  1 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  3 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0

Antonio Oliveyra: "Raqibga nisbatan biz yaxshiroq o'ynadik" Yangiliklar

Antonio Oliveyra: "Raqibga nisbatan biz yaxshiroq o'ynadik"

"Nasaf" - Traktorsozi" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Antonio Oliveyra ishtirok etdi va OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

"Birinchi bo'limda "Nasaf"ga qaraganda yaxshi o'ynadik va raqibga gol urishga umuman imkoniyat bermadik. Lekin ikkinchi bo'limdagi dastlabki 15 daqiqa mezbonlar katta kuch bilan oldinga borishdi va bizni qiynab qo'yib, ikkita gol urishga erishishdi. Keyinchalik biz o'yin tizginini o'z qo'limizga olishda biroz qiynaldik. Ammo uchrashuv so'nggida va umuman olganda, biz raqibga nisbatan yaxshi sifatli o'yin ko'rsatdik deya olaman. SHu o'rinda "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman. Osiyo chempionlar ligasi endi boshlandi va hammasi yaxshi bo'lishiga ishonaman. Hakamlar bahsni yaxshi boshqarib borishdi. O'yindagi eng yaxshi jamoa bu - hakamlar bo'lishdi", - deya o'z so'zini boshladi Antonio Oliveyra.

- Murabbiy almashgani jamoa o'yinida qanchalik tasir ko'rsatdi?

- Mag'lubiyatni bu bilan bog'lamagan bo'lardim. Garcha yangi jamoaga kelgan bo'lsamda, jamoa bilan yaxshilab tanishib olganmiz va bir qator o'yinlarni o'tkazishga ham ulgurgandik.

- "Nasaf"ning qaysi futbolchisini alohida takidlagan bo'lardingiz?

- Men raqib o'yiniga emas, balki o'z jamoa haqida qayg'uraman va fikr yuritaman. "Nasaf" yaxshi va kuchli jamoa. Ulardan hech bir futbolchini alohida ko'rsatmoqchi emasman. SHunchaki jamoa yaxshi o'ynadi.

- Ikkinchi bo'limning debyutida qo'yib yuborilgan gollar nima bilan bog'liq?

- Jamoaning biroz etiborsizligi qimmatga tushdi. Futbolda birinchi va ikkinchi taymlardagi dastlabki 15 daqiqa juda muhim sanaladi va shu daqiqalarda qaysi jamoa yaxshi harakat qilsa, aynan o'sha klub g'alaba qozonadi odatda. Statistika shuni ko'rsatadi. Uchrashuvning so'nggi 15 daqiqasida biz katta ustunlik bilan o'ynadik. Biroq o'ylagan maqsadimizga etisha olmadik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика