Antonio Konte: Yuventus 10 yildan beri endi evrokuboklarning yarim finaliga chiqdi
11 apr 2014 08:25
Yangiliklar


Antonio Konte: Yuventus 10 yildan beri endi evrokuboklarning yarim finaliga chiqdi
Yuventus bosh murabbiyi Antonio Konte Evropa ligasining chorak finalida Lion ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Yuventus 10 yil ichida ilk marotaba evrokuboklarning yarim finaliga chiqmoqda. Bu esa bizni xursand qilmasdan qolmaydi. Bo'lajak raqiblarning barchasi kuchli.
Xisob 1:1 ko'rinishga kelganidan so'ng biz o'yinni o'z foydamizga o'zgartira oldik.
Stadionda muxlislarimizdan qo'llab-quvvatlashlarini kutib qolaman, – deb aytib o'tdi Konte.

Fikrlar