Antonio Konte: "Qog'ozdagi MYU ayni damda bizdan kuchli"
20 may 2018 04:01
Yangiliklar


Antonio Konte: "Qog'ozdagi MYU ayni damda bizdan kuchli"
Kecha Angliya kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
"CHelsi" jamoasi "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda kichik 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvdan so'ng "CHelsi" jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz uchun ushbu o'yin oson bo'lmadi, qog'ozdagi MYU ayni damda bizdan kuchli. Mening kelajagim? Mening poziciyam o'zgargani yo'q. Boshqa takliflar haqida eshitishni istamayman. Ikkita mavsumda biz APL g'olibi bo'ldik va mamlakat kubogini qo'lga kiritdik. O'ylaymanki, Angliyada barcha qiyinchiliklarga qaramay ketma-ket g'alaba qozonib, men g'olib bo'lganimni isbotladim", - deydi Antonio Konte
O’xshash yangiliklar

Fikrlar