So’nggi yangiliklar

12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  0 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  2 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  3 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  4 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  7 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5

Antonio Konte operaciya qilinadi Yangiliklar

Antonio Konte operaciya qilinadi

"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte qattiq og'riqlar tufayli jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazadi.

Jamoa ustozi Premer-liganing bir nechta o'yinini o'tkazib yuboradi. Bugun erta tongda Konte qorin qismida qattiq og'riq sezgan. Natijada u operaciya qilinib, o't pufagi olib tashlanadigan bo'ldi. SHu tufayli italiyalik mutaxassis bir necha hafta jamoaga ustozlik qila olmaydi. Uning yordamchisi Kristian Stellini "shporlar"ni yakshanba kuni "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda boshlab tushadi.

Klub rasmiy bayonot bilan chiqib murabbiyga sog'liq tiladi. O't pufagining yallig'lanishi tufayli uning olib tashlanishidan keyin tiklanish jarayoni bir oy vaqtni talab qiladi. 

Konte iloji boricha tezroq safga qaytishga harakat qiladi. Biroq u 14 fevral kuni CHempionlar Ligasi 1/16 final bosqichining birinchi uchrashuvida "Milan"ga qarshi kechadigan safardagi bahsni o'tkazib yuboradi. 

"Tottenxem" "San Siro"ga safar qilishdan avval "Lester"ni sinovdan o'tkazadi. SHundan keyin esa jamoani "Vest Xem" va "CHelsi"ga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi.

Klub yaqin orada Kontening operaciyadan keyingi ahvoli va Stellinining uning vazifasini vaqtincha bajarib turishi borasida rasmiy malumot beradi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика